31 may, yakshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Siyosat

26 noyabr 2017, 16:27

Shavkat Mirziyoyev Misrga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Prezidenti Sinayda sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘p sonli qurbonlar bo‘lgani munosabati bilan Misr rahbariga hamdardlik yo‘lladi.

24 noyabr 2017, 23:08

Koreys instituti rahbari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi maslahatchisi bo‘ldi

Koreya personalni rivojlantirish instituti prezidenti O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faxriy maslahatchisi bo‘ldi.

24 noyabr 2017, 14:44

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi strategik hamkorlikni chuqurlashtiradi

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi iqtisodiyot, energetika, moliya, investitsiya va yuqori texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantiradi.

24 noyabr 2017, 14:16

Shavkat Mirziyoyev Seulning faxriy fuqarosi bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga Seulning faxriy fuqarosi faxriy unvoni berildi.

23 noyabr 2017, 14:40

«Men sarmoyangizning ishonchli himoyasini kafolatlayman» — O‘zbekiston Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev janubiy koreyalik sarmoyadorlarning mablag‘lari, mol-mulklari daxlsizligi hamda daromadlarni erkin o‘tkazilishini kafolatlashiga va’da berdi.

23 noyabr 2017, 08:46

Koreya Respublikasida Shavkat Mirziyoyev to‘g‘risidagi kitob chop etildi

Koreya Respublikasida Shavkat Mirziyoyev prezidentligining birinchi yili to‘g‘risida koreys tilida kitob nashrdan chiqdi.

22 noyabr 2017, 09:03

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Seulga yetib keldi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Seulga yetib keldi. Seul aeroportida davlat rahbarini Koreya Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari Kim Don Yo kutib oldi.

22 noyabr 2017, 07:29

Agrippina Shin: «Koreya Respublikasi tajribasi biz uchun juda muhim»

O‘zbekiston maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi arafasida Koreya Respublikasida muzokaralar olib bordi.

21 noyabr 2017, 17:01

Viktor Pak: «Mamlakatlarimiz xalqlari tashrifdan ko‘p natijalarni kutmoqda»

Koreya Respublikasi va O‘zbekiston xalqlari Prezident Shavkat Mirziyoyevning mazkur mamlakatga uyushtiradigan davlat tashrifidan ko‘p natijalarni kutmoqda.

21 noyabr 2017, 16:25

Qoraqalpog‘iston va Toshkent viloyati prokurorlari o‘zgardi

Qoraqalpog‘iston va Toshkent viloyatiga yangi prokurorlar tayinlandi.

20 noyabr 2017, 16:13

Federika Mogerini: «Markaziy Osiyo va mintaqaning har bir davlati — YeIning muhim hamkorlari»

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini «Gazeta.uz"ga bergan intervyusida YeIning mintaqadagi roli va Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha Bryusselning pozitsiyasi to‘g‘risida so‘zlab berdi.

18 noyabr 2017, 16:41

Prezident Sergelidagi yangi qurilishlar bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Sergeli tumanida qurilgan yangi uy-joylar bilan tanishdi.

18 noyabr 2017, 15:38

«Koreys diasporasi — ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining ajralmas bo‘lagi»

Prezident O‘zbekistonda koreys millatiga mansub yurtdoshlarimiz istiqomat qilayotganining 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim ishtirokchilarini tabrikladi.

17 noyabr 2017, 19:59

Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga davlat tashrifi bilan boradi

Shavkat Mirziyoyev 22−25 noyabr kunlari Koreya Respublikasiga davlat tashrifi bilan boradi.

17 noyabr 2017, 11:34

O‘zbekiston mudofaa vaziri Ozarbayjonga tashrif buyurdi

O‘zbekiston va Ozarbayjon mudofaa vazirliklari 2018 yilda ikki davlat o‘rtasida harbiy hamkorlik rejasini imzoladi.

17 noyabr 2017, 11:05

Mudofaa vazirligi rasmiy saytini ishga tushirdi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi ochiqlik sari navbatdagi qadamni tashlab, ilk bor rasmiy saytini ishga tushirdi.

16 noyabr 2017, 16:10

70 yoshni qarshi olgan Abdulaziz Kamilov orden bilan taqdirlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovni «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotladi.

16 noyabr 2017, 12:25

Jinoyatchilik kamaydi, biroq yuqoriligicha qolmoqda

Jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishda Prezident profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirishga topshiriq berib, rahbarlarga o‘z lavozimlariga nima uchun tayinlanganini eslatib o‘tdi.

16 noyabr 2017, 12:05

Bosh prokuror o‘rinbosarlari tayinlandi

Prezident bosh prokurorning ikkin o‘rinbosari vaBosh prokuratura huzuridagi departament rahbarini tayinladi.

15 noyabr 2017, 14:24

O‘zbekiston va Ispaniya aviaqatnovlar to‘g‘risidagi bitimni imzoladi

O‘zbekiston va Ispaniya aviaqatnovlar hamda xalqaro avtomobil tashuvlari to‘g‘risidagi hujjatlarni imzoladi.