28 may, payshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Siyosat

1 aprel 2020, 16:37

Payariq tuman hokimi karantinga olindi

Samarqand viloyati Payariq tuman hokimi D. Musinov koronavirus infeksiyasi qayd etilgan paytda Turkiyada xizmat safarida bo‘lgani uchun karantinga olingan. Uning sog‘lig‘ida hech qanday salbiy o‘zgarishlar yo‘q va karantin davri tugagandan so‘ng ish faoliyatini davom ettiradi.

1 aprel 2020, 15:18

O‘zbekiston byudjetni qo‘llab-quvvatlash uchun OTBdan 1 mlrd dollar so‘radi

O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi tufayli byudjetni qo‘llab-quvvatlash uchun Osiyo taraqqiyot bankidan 1 mlrd dollargacha miqdorda mablag‘ ajratishni so‘radi. OTB prezidenti O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzoqovga videokonferensiya orqali ushbu jarayonni tezlashtirishini ma’lum qildi.

31 mart 2020, 00:24

Pensiya jamg‘armasi direktori lavozimidan ozod etildi

Baxrom Ashrafxanov Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori lavozimidan ozod etildi. U O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchisi bo‘lishi kutilmoqda.

27 mart 2020, 19:11

Jamshid Qo‘chqorovga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Qayta tashkil etilgan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi rahbariyati tasdiqlandi.

26 mart 2020, 20:33

O‘zbekiston prezidenti koronavirus masalasida xalqqa murojaat qildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha yana bir bor xalqqa murojaat qildi. «Koronavirus menga yuqmaydi deb befarq yurganlar nafaqat o‘zining, balki ota-onasi, farzandlari, atrofidagilar, qolaversa, butun xalqimizning sog‘lig‘i va hayotini katta xavfga qo‘yishini chuqur anglab yetishi kerak», — dedi u.

26 mart 2020, 17:01

Ilk bora ayol kishi soliq inspeksiyasiga rahbar etib tayinlandi

Nargis Islamova Yakkasaroy tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

25 mart 2020, 14:16

O‘zbekistonda biznes «fors-major» rejimiga o‘tmoqda

Koronavirus sababli tadbirkorlarga Yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari sertifikatlarini berish boshlandi. Sertifikatni bir kunda olish mumkin.

25 mart 2020, 13:09

Ichki ishlar vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

Prezident qarori bilan polkovnik Saidkarim Nishanbayev ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

24 mart 2020, 12:33

Bosh prokuror o‘rinbosari tayinlandi

Bosh prokuratura boshqarmalaridan biriga rahbarlik qilgan Shavkatjon Rahimov bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlandi.

24 mart 2020, 11:49

Senatning yalpi majlisi videokonferensaloqa shaklida o‘tkaziladi

Senatning yalpi majlisi karantin sababli videokonferensaloqa shaklida o‘tkaziladi. Senatorlar O‘zbek tili bayrami kunini belgilash, bir qator kodekslarga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi va boshqa qonunlarni ko‘rib chiqadi.

23 mart 2020, 21:08

Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumani tashkil etilmoqda

Xorazm viloyatidagi Hazorasp tumani va Tuproqqal’a maskani hududidagi ayrim mahallalar yangi tashkil etilayotgan Tuproqqal’a tumani tarkibiga o‘tkaziladi. Pitnak shahri tumanning ma’muriy markazi bo‘ladi.

23 mart 2020, 10:19

Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidenti va bosh vazirini tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidenti va bosh vazirini Pokiston kuni bilan tabrikladi.

21 mart 2020, 16:15

Avazbek Xodjimetov TIV matbuot kotibi etib tayinlandi

Tashqi ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i — matbuot kotibi tayinlandi.

21 mart 2020, 12:25

Shavkat Mirziyoyev Sergey Lavrovni orden bilan mukofotladi

O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi.

20 mart 2020, 10:51

AT va kommunikatsiyalar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamshid Egamberdiyev AT va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. U investitsiyalar va moliya masalalariga javob beradi.

19 mart 2020, 16:12

Prokuratura va IIV tuzilmasida yangi lavozimlar joriy etildi

Prezident qarori bilan prokuratura va ichki ishlar organlarida qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha mas’ul lavozimlar joriy qilindi. Bosh prokuratura va IIV tuzilmasida ham ayrim o‘zgarishlar bor.

19 mart 2020, 13:24

«O‘zbekiston 24» telekanali direktori MTRK raisi o‘rinbosari etib tayinlandi

«O‘zbekiston 24» telekanali direktori Madamin Safarov Milliy teleradiokompaniya raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Alisher Xo‘jayev esa MTRK raisi bo‘ldi (bunga qadar vazifasini bajaruvchi edi).

18 mart 2020, 20:59

Prezident «Raqamli Toshkent» dasturini amalga oshirishga ruxsat berdi

Joriy yilda «Raqamli Toshkent» dasturi doirasida transportga chiptalarni onlayn sotib olish, maktablarda onlayn jurnal va kundaliklar, kommunal xizmatlar uchun onlayn to‘lovlar va yagona elektron tibbiy karta yagona tizimi joriy etiladi. May oyidan «Xalq nazorati» portali ish boshlaydi.

17 mart 2020, 18:03

Toshkent hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Durdona Rahimova Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

16 mart 2020, 19:40

Rustam Jo‘rayev Milliy gvardiya qo‘mondoni bo‘ldi

Ikki yildan beri ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Toshkent IIBB boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Rustam Jo‘rayev Milliy gvardiya qo‘mondoni etib tayinlandi. Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aziz Toshpo‘latov uning o‘rnini egalladi. Shuhratjon Sobirov esa IIV rahbarining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.