4 avgust, seshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Siyosat

17 iyul 2020, 19:35

«Aniq ma’lumot, tahliliy materiallar yo‘qligi tufayli qarorlarimiz natijani bermayapti» — prezident

Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha qabul qilingan qarorlar aniq ma’lumot va tahliliy materiallar yo‘qligi tufayli kutilgan natijalarni berayotgani yo‘q, deya ma’lum qildi prezident. «Hokimlar, sektor rahbarlarining, barcha mutasaddi va mas’ullarning miyasi soat mexanizmiday kunu tun, aniq va bexato ishlashi lozim», — deya qo‘shimcha qildi u.

17 iyul 2020, 17:20

«O‘zbekiston sud tizimini hozircha mustaqil deya olmaymiz» — BMT maxsus ma’ruzachisi

O‘zbekistonda sud tizimi doirasida prezident va prokuratura vakolatlarini qisqartirish, bosh prokurorni tayinlashning ob’ektiv mezonlarini ishlab chiqish va advokatlar faoliyatining minimal xavfsizligini ta’minlash. BMTning maxsus ma’ruzachisi tomonidan berilgan mustaqil va xolis sud tizimini yaratish bo‘yicha tavsiyalarni ko‘rib chiqamiz.

17 iyul 2020, 15:42

Chust tumani hokimi o‘zgardi

Namangan viloyati Chust tumani hokimi bo‘lib ishlab kelgan Bahodir Oxunov o‘z lavozimidan ozod etildi va uning o‘rniga Bekzod Hamdamov hokim etib tayinlandi.

17 iyul 2020, 12:50

Prezident maslahatchisining o‘rinbosari tayinlandi

Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori lavozimida ishlab kelayotgan tibbiyot doktori, professor Amrillo Inoyatov prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

17 iyul 2020, 12:44

Farg‘ona tumaniga yangi hokim tayinlandi

Shuhratjon Mo‘minov Farg‘ona tumani hokimi etib tayinlandi. U hozirgi paytga qadar Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

16 iyul 2020, 12:20

MDH xalqaro axborot xavfsizligi bo‘yicha hujjat tayyorlamoqda

MDH mamlakatlari oktyabr oyida xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga to‘g‘ri kelmaydigan maqsadlarda axborot texnologiyalaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qilishni rejalashtirishmoqda.

16 iyul 2020, 09:39

Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

Prezident qarori bilan Abduhakim Xadjibayev Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

15 iyul 2020, 21:29

Prezident Toshkent hokimi va sog‘liqni saqlash vaziriga hayfsan e’lon qildi

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga va sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovga koronavirus tarqalishining oldini olish va davolash bo‘yicha Toshkent shahridagi ishlarni talab darajasida tashkil etmagani uchun hayfsan e’lon qilindi. Sog‘liqni saqlash vazirligiga so‘nggi oyda koronavirusni davolash strategiyasi va taktikasini keskin buzganligi ta’kidlandi.

15 iyul 2020, 18:47

O‘zbekiston Armaniston va Ozarbayjonni sabrli bo‘lish va muzokaralarga chaqirdi

Tashqi ishlar vazirligi Armanistan va Ozarbayjon chegarasidagi to‘qnashuvlar bo‘yicha bayonot bilan chiqdi. Holatning keskinlashishi tinch aholi orasidagi qurbonlar bo‘lishiga olib kelishi, iqtisodiy aloqalarni buzishi va mintaqaviy xavfsizlikka zarar yetkazishi mumkinligi sababli O‘zbekiston tomonlarni o‘ta sabr-toqatli bo‘lishga va siyosiy-diplomatik muzokalarga chaqirdi.

15 iyul 2020, 11:53

Shavkat Mirziyoyev 1 mln dollarlik venchur fondi tashkil etilishini e’lon qildi

Prezident Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat fondi qoshida venchur fond tashkil etish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi. Dastlab uning hajmi 1 mln dollarni tashkil etadi. Har bir viloyatdagi eng yaxshi startap loyihalariga 50 mlndan 200 mln so‘mgacha miqdorda grantlar ajratiladi.

15 iyul 2020, 11:01

Akmal Burhonov Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori etib tayinlandi

«Yuksalish» umummilliy harakati raisi va Qonunchilik palatasi deputati Akmal Burhonov yangi tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori etib tayinlandi. «Gazeta.uz» ning hukumatdagi manbasi xabar berishicha, u «Yuksalish» umummilliy harakati raisi lavozimini tark etadi.

14 iyul 2020, 22:41

Shavkat Mirziyoyev dori vositalarining uch oylik zaxirasini yaratishga topshiriq berdi

Prezident topshirig‘i bilan viloyatlarda dori vositalarining uch oylik zaxirasi yaratilishi lozim: “Dori vositalari qimmatlashsa, odamlarimizning noroziligiga olib keladi”. U hokimlarga ertalab va kechqurun ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning savollariga javob berishni ham topshirdi.

14 iyul 2020, 22:23

Maktablarda kasbga o‘qitish tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda maktablarda kasbga o‘qitish tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. 2020−2021 o‘quv yilidan boshlab maktab direktori va o‘qituvchilarga o‘quvchilarning oliy ta’limga kirishi, kasb egallab, o‘z ishini topishi darajasiga qarab oshirilgan ish haqi to‘lanadi.

14 iyul 2020, 22:09

O‘zbekiston elektron hukumatlar reytingida 87-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston BMTning elektron hukumatlar rivojlanish darajasi bo‘yicha reytingida 6 o‘ringa pastladi va 193 mamlakat orasida 87-o‘rinni egalladi.

14 iyul 2020, 20:39

«Markaziy Osiyodagi kelishmovchilikning asosiy sababi murosaning yo‘qligi edi»

Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Ilhom Ne’matov «Gazeta.uz» ga bergan intervyusida Markaziy Osiyoda muloqot maydonini yaratish bo‘yicha muvaffaqiyatsiz urinishlarning sabablari, suvdan foydalanish muammolarini yechish, So‘x voqealarining Qirg‘iziston bilan munosabatlarga ta’siri va pandemiya davrida mintaqa davlatlarining bir-birini qo‘llab-quvvatlagani haqida.

14 iyul 2020, 19:19

Prezident koronavirus testini topshirish jarayonini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaldagi test-tahlil topshirish jarayonini qayta ko‘rib chiqib, aholi uchun qulay tizimni ishlab chiqish hamda karantin qoidalarini zaruriyatga ko‘ra kuchaytirish yoki yumshatish bo‘yicha topshiriq berdi.

14 iyul 2020, 10:48

YeTTB sobiq rahbari Suma Chakrabarti “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining sobiq prezidenti Suma Chakrabarti O‘zbekistonning “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi.

13 iyul 2020, 18:56

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondiga direktor tayinlandi

Aleksandra Kolesnichenko Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori etib tayinlandi.

13 iyul 2020, 17:02

Respublika maxsus komissiyasi qarorlar chiqarishga qanchalik vakolatli?

“Maxsus komissiyaning tuzilishi va uning vakolatliligi borasida ikkilanishga o‘rin yo‘q”, — adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov maxsus komissiyaning tuzilishi va pandemiya sharoitida cheklovlar kiritish bo‘yicha qarorlarni qabul qilish vakolati mamlakat Konstitutsiyasi va qonunchiligiga to‘la mos kelishini ma’lum qildi.

11 iyul 2020, 14:25

Karantin davrida 120 mingga yaqin ehtiyojmand oilalar davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi

Karantin cheklovlari davomida 120 mingga yaqin ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat, dori-darmon vositalari va birinchi ehtiyoj mahsulotlari yetkazib beriladi va buning uchun davlat tomonidan 20 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi.