21 noyabr, payshanba

Siyosat

Asadjon Xo‘jayev Aloqa bo‘yicha davlat inspeksiyasiga rahbar bo‘ldi 

Bunga qadar Aloqa vazirligi huzuridagi Axborot va jamoat xavfsizligi markazi rahbari lavozimida ishlab kelgan Asadjon Xo‘jayev Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining boshlig‘i etib tayinlandi.

O‘zbekistonlik yana bir bokschi professional boksda faoliyatini davom ettiradi 

O‘zbekistonlik Abdulhay Shorahmatov faoliyatini professional boksda davom ettiradi. U Tayson Fyuri promouteri bilan ishlaydi.

Prezident o‘tkazgan yig‘ilishda haftaning har jumasi «Chorvachilik kuni» deb e’lon qilindi 

Shavkat Mirziyoyev chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va ipakchilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo taraqqiyot banki delegatsiyasini qabul qildi 

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga kelgan Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Takexiko Nakao boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Innovatsion rivojlanish vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi 

Prezident qarori bilan Olimjon To‘ychiyev Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi noyabrda bo‘lib o‘tadi 

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahat uchrashuvi noyabr oxirida Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Nursulton Nazarboyev hal qilinmagan masalalar borligini aytib o‘tdi.

BMT ijtimoiy himoya tizimini isloh qilishda qatnashadi 

Hukumat va BMT ijtimoiy himoya bo‘yicha yagona davlat organini tashkil etish, nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun integratsiyalashgan yondashuvni joriy qilishga qaratilgan qo‘shma dasturni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Rossiya bilan hamkorlikning mavjud salohiyatini to‘liq ishga solishdan manfaatdor — prezident 

Shavkat Mirziyoyev «Valday» xalqaro munozara klubining X Osiyo konferensiyasi ishtirokchilariga qutlovida O‘zbekiston savdo, sanoat kooperatsiyasi, investitsiya, innovatsiyalar, energetika, qishloq xo‘jaligi sohasidagi, yirik transmintaqaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha Rossiya bilan hamkorlikning mavjud salohiyatini to‘liq ishga solishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Siyosiy partiyalar saylovlarda ishtirok etish uchun o‘z nomzodlarini ma’lum qildi 

Siyosiy partiyalar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi uchun nomzodlar ro‘yxtani e’lon qildi.

Hokimlar tadbirkorlarga to‘sqinlik qilmaslikka va’da beradi 

Prezident viloyat va tuman hokimlariga ikki kun ichida tadbirkorlarga murojaat qilib, bundan keyin ular oldida hech qanday to‘siqlar bo‘lmasligiga kafolat berishlarini topshirdi.

MDH maxsus xizmatlari terroristik tashkilotlarning 13 ta bo‘linmasi faoliyatiga chek qo‘ydi 

Yil boshidan buyon MDH maxsus xizmatlari xalqaro terroristik tashkilotlarning 13 ta boshlang‘ich bo‘linmalari faoliyatiga chek qo‘yib, 138 jangarini qo‘lga oldi.

O‘zbekiston prezidenti MDH mamlakatlari maxsus xizmatlari rahbarlarini qabul qildi 

Shavkat Mirziyoyev MDH xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari delegatsiyalari boshliqlarini qabul qildi.