16 oktabr, chorshanba

Siyosat

Prezident turkiy tilli davlatlar investitsion jamg‘armasini tashkil etishni taklif qildi 

Shavkat Mirziyoyev Turkiy kengash sammitida ishtirok etdi. U turkiy tilli davlatlarning qo‘shma investitsiya fondini tashkil etish va Yosh tadbirkorlar forumini ta’sis qilishni taklif etdi.

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi 

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bokuda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi.

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga keldi 

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy kengash sammitida ishtirok etish uchun Bokuga keldi.

«Qurilayotgan uylar tannarxi 30 foizga pasaytirilishi kerak» — Shavkat Mirziyoyev 

Prezident qurilayotgan uylar tannarxini 30 foizga pasaytirishga topshiriq berdi. Qurilishda issiqlik o‘tkazmaydigan materiallardan foydalanishni ko‘paytirish va g‘ishtdan foydalanishni qisqartirish rejalashtirilmoqda.

Oliy Majlis Senati yigirma uchinchi yalpi majlisi yakuniga yetdi 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati yigirma uchinchi yalpi majlisida kun tartibiga kiritilgan 31 masaladan 19 tasi qonun, Vazirlar Mahkamasiga oid 4 ta parlament so‘rovi ko‘rib chiqildi.

Ohangaron tuman hokimiga o‘rinbosar tayinlandi 

Mirzabek Toshboyev Ohangaron tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Namangan va Andijon viloyatlarining ayrim tumanlar chegaralari o‘zgartiriladi 

Senat yalpi majlisida Namangan va Andijon viloyatining ayrim shahar va tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli hamkorlik kengashi sammitida ishtirok etadi 

Bokuda Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tadigan Turkiy tilli hamkorlik kengashi sammitida O‘zbekiston tashkilotning to‘la huquqli a’zosi deb e’lon qilinadi.

O‘zbekiston Grenada bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatdi 

O‘zbekiston Grenada — Karib dengizidagi orol-davlat bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatdi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning MDHga raisligidagi ustuvor vazifalarni sanadi 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda MDH sammitida O‘zbekistonning 2020 yilda Hamdo‘stlikka raisligida e’tibor qaratiladigan ustuvor vazifalarni sanab o‘tdi.

O‘zbekiston mudofaa vaziriga matbuot kotib tayinlandi 

Podpolkovnik Bahrom Zulfiqorov mudofaa vazirining matbuot kotibi — axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga yangi rahbar tayinlandi 

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasida boshqarma boshlig‘i bo‘lib ishlagan Elmurat Xaitmetov Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining direktori etib tayinlandi.