2 iyul, payshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Siyosat

17 avgust 2018, 19:12

«Biz hech qachon qo‘shnilarimizni suvsiz qoldirmaganmiz» — Emomali Rahmon

Prezident Emomali Rahmon Tojikiston hech qachon mintaqadagi qo‘shnilarini suvsiz qoldirmaganini ma’lum qildi.

17 avgust 2018, 17:45

O‘zbekiston va Tojikiston Zarafshon daryosida ikkita GES quradi

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Tojikistonda Zarafshon daryosida birgalikda ikkita GES qurish haqida ma’lum qildi.

17 avgust 2018, 14:56

«Ishga solinmagan imkoniyatlar juda ko‘p» — prezident

O‘zbekiston va Tojikiston delegatsiyasi transport va tranzit, energetika va suvdan foydalanish sohalarida kelishuvga erishib, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashni muhokama qildi.

17 avgust 2018, 11:45

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari tor doirada muzokara o‘tkazdi

Ko‘ksaroyda Tojikiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Shundan so‘ng davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari boshlandi.

17 avgust 2018, 09:47

Tojikiston prezidenti Toshkentga keldi

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 17 avgust kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi.

16 avgust 2018, 19:56

Shuhrat Muhammadxonov Shayxontohur tumani hokimi v.b. etib tayinlandi

Shuhrat Sanjarovich Muhammadxonov Toshkent shahar Shayxontohur tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.

16 avgust 2018, 19:48

Yangi tayinlangan Malayziya elchisi ishga kirishdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Malayziyaning qayta tayinlangan elchisi Hendi Assan bilan uchrashdi.

16 avgust 2018, 17:52

O‘zbekiston prezidentining Hindistonga tashrifi oktyabrda amalga oshadi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga davlat tashrifi oktabr oyida amalga oshadi.

16 avgust 2018, 15:34

IIV markaziy apparati va hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi

Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati hamda hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi.

16 avgust 2018, 15:15

Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston prezidentiga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev 16 avgust kuni Kobul shahridagi «Mavaud» ta’lim markazida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Afg‘oniston xalqi va prezidentiga hamdardlik bildirdi.

15 avgust 2018, 15:17

Uychi tumaniga yangi hokim tayinlandi

Namangan viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Muhammadayubxo‘ja Apaqov Uychi tumani hokimi etib tayinlandi.

15 avgust 2018, 14:48

Shavkat Mirziyoyev Italiya prezidentiga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Genuya shahri yaqinidagi avtomobil ko‘prigi qulagani munosabati bilan Italiya prezidentiga ta’ziya izhor etdi.

15 avgust 2018, 12:53

Emomali Rahmonning O‘zbekistonga tashrifi dasturi ma’lum qilindi

Emomali Rahmonning O‘zbekistonga tashrifi doirasida tor va keng doiradagi muzokaralar, ikki tomonlama hujjatlarning imzolanishi va Samarqandga safar ko‘zda tutilgan.

14 avgust 2018, 15:27

«Tolibon» bilan Toshkentda o‘tkazilgan muzokaralar tafsilotlari oshkor qilindi

«Tolibon» harakatining Doxadagi siyosiy idorasi delegatsiyasi vakili Muhammad Soxayl Shaxin O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan muzokaralar tafsilotlarini oshkor qildi.

14 avgust 2018, 14:28

Shavkat Mirziyoyev: «Eng katta xavf — ichki dushman»

«Eng katta xavf, bu — ichki dushman. Ichki dushman, bu — befarq odam», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

14 avgust 2018, 10:56

O‘qituvchilarning maoshi oshirildi

Prezident qarori asosida 2018 yil 1 sentyabrdan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining maoshi 1,1 baravarga, yuqori sinf o‘quvchilari uchun o‘rtacha 1,24 baravargacha oshirildi.

14 avgust 2018, 10:03

Toshkent shahar Xalq qabulxonasiga yangi mudir tayinlandi

Tohir Oxunovich Mullajonov O‘zbekiston prezidentining Toshkent shahar Xalq qabulxonasi mudiri lavozimiga tayinlandi.

13 avgust 2018, 19:04

To‘y va boshqa marosimlarni tartibga solish bo‘yicha komissiyalar tuziladi — Senat

Senat majlisida to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

13 avgust 2018, 15:12

Jaloliddin Rahimov UZINFOCOM rahbari bo‘ldi

2005−2012 yillarda UZINFOCOM markazini boshqargan Jaloliddin Rahimov yana bosh direktor bo‘ldi.

11 avgust 2018, 15:43

«Tolibon» harakati delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi

«Tolibon» harakatining Doxadagi siyosiy idorasi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi.