Siyosat

2 sentabr 2020, 11:55

O‘zbekistonda Birinchi prezident xotirasi yodga olindi

Toshkent, Samarqand va Qarshida O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasi yodga olindi. Prezident Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, parlament va hukumat vakillari poytaxtdagi yodgorlik poyiga gulchambar qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

1 sentabr 2020, 19:10

Mustaqillik — bu katta imkoniyatlar va ulkan mas’uliyatdir

Mustaqillikning 29 yilligi munosabati bilan davlat arboblari Sodiq Safoyev va Aziz Abduhakimov hamda tadbirkor Zafar Hoshimov “Gazeta.uz"ga 1991 yil 31 avgust kunini qanday eslab qolganliklari, o‘sha vaqtda qanday tuyg‘ularni his qilganliklari va mustaqillik ular uchun nimani anglatishi haqida aytib berishdi.

31 avgust 2020, 12:15

Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi

31 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi. Davlat rahbari mamlakat mustaqilligining 29 yillik bayrami munosabati bilan yig‘ilganlarni tabrikladi.

31 avgust 2020, 12:07

Qashqadaryoda hokimlar velopoygada qatnashishdi. Foto

Qashqadaryo viloyatida «Avtomobilsiz 1 kun» loyihasi doirasida viloyat sektor rahbarlari, tuman va shahar hokimlari velopoyga uyushtirishdi. Unda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev va Kitob tumani hokimi Alisher Zokirovlar g‘olib bo‘lishdi.

29 avgust 2020, 17:18

Toshkent yerusti halqa metrosining birinchi bosqichi ishga tushdi

Toshkent yerusti halqa metrosining birinchi bosqichi ishga tushdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev bu yerga tashrif buyurib, jamoatchilik bilan birga poyezdda yurdi.

29 avgust 2020, 13:44

O‘zbekiston va Afg‘oniston 10 yilga elektr energiyasi yetkazib berish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi

Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri hamda investitsiyalar va tashqi savdo vaziri bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Unda Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish, ikki davlat o‘rtasidagi savdo, transport va energetika masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida 10 yillik elektr energiyasini yetkazib berish to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

28 avgust 2020, 20:36

Maktablarda ta’lim jarayoni an’naviy va masofaviy shaklda tashkil etiladi

Maktablarda ta’lim jarayoni bir vaqtning o‘zida ikki xil — an’anaviy va masofaviy shaklda yo‘lga qo‘yiladi. Yangi o‘quv yili esa 14 sentyabrdan boshlanadi. Prezident pandemiya sharoitida ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

28 avgust 2020, 19:41

Prezident COVID-19 bo‘yicha haqiqiy raqamlarni yashirmaslik to‘g‘risida ogohlantirdi

Prezident barcha rahbarlarni COVID-19 bo‘yicha haqiqiy raqamlarni yashirishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ogohlantirdi. Bunga uringanlarga jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralar ko‘rilishi mumkin. To‘y-marosimlarni bir kunda 3−4 marta o‘tkazish holatlariga chek qo‘yish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

28 avgust 2020, 11:38

Farhod Umarov Buxoro hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi

Prezident farmoniga ko‘ra, Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘alchilikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borayotgan Farhod Umarov viloyat hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

28 avgust 2020, 11:01

Bo‘stonliq tumanida alohida ma’muriy-boshqaruv tizimi joriy qilindi

Prezident farmoni bilan Bo‘stonliq tumanida 2022 yil yakunigacha alohida ma’muriy-boshqaruv tizimi joriy qilinadi. Ushbu hududga bosh vazir o‘rinbosari mas’ul shaxs etib tayinlandi. Unga hududni boshqarish Direksiyasi bilan birgalikda tumanni har tomonlama rivojlantirish vazifasi yuklatildi.

27 avgust 2020, 16:39

Bo‘stonliq tumaniga yangi hokim tayinlandi

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining departamenti boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgan Jo‘rabek Ahmedov Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

27 avgust 2020, 12:48

Markaziy Osiyo davlatlari XXI asrda hamkorlik haqida hujjat tayyorlashmoqda — TIV rahbari

Markaziy Osiyoning beshta mamlakati birgalikda XXI asrda mintaqani rivojlantirish uchun do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risida davlatlararo hujjatni tayyorlamoqda, dedi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov.

26 avgust 2020, 15:02

Toshkentning Bektemir va Sergeli tumanlarida IIO FMB boshliqlari tayinlandi

Toshkentning Bektemir va Sergeli tumanlarida ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalariga yangi boshliqlar tayinlandi.

26 avgust 2020, 09:41

MGIMO rektori «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi

Shavkat Mirziyoyev Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) rektori Anatoliy Torkunovni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi.

25 avgust 2020, 23:54

Baxtiyor Rahmonqulov Yashnobod tumani hokimi etib tayinlandi

Toshkent hokimi o‘rinbosari — Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan Baxtiyor Rahmonqulov Yashnobod tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

25 avgust 2020, 23:28

Toshkentning Bektemir tumaniga hokim tayinlandi

Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Jahongir Ibrohimov Toshkentning Bektemir tumaniga hokim etib tayinlandi.

25 avgust 2020, 20:55

Elbek Shukurov poytaxtning Sergeli tumaniga hokim etib tayinlandi

Jismoniy tarbiya va sport vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Elbek Shukurov Toshkentning Sergeli tumaniga hokim etib tayinlandi.

24 avgust 2020, 19:58

Bektemir tumanida 50−60 ming kishi uchun ko‘p qavatli uylar quriladi

Poytaxtning Bektemir tumani hududini Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq va Yuqorichirchiq tumanlari hisobidan kengaytirish rejalashtirilmoqda. Eng kamida 50−60 ming kishi uchun ko‘p qavatli uylar qurish mo‘ljallangan. Prezident Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturidagi shaharda 5 yilda 500 ta uy qurish bo‘yicha va’dasini 2,5 yilda bajarganini ma’lum qildi.

24 avgust 2020, 14:48

Toshkentning Bektemir va Yashnobod tumanlari hokimlari lavozimlaridan ozod qilindi

Toshkentning Bektemir tumani sektor rahbarlari, jumladan, hokim Shohrux Mamajonov lavozimidan ozod qilindi. Prezident tumanga tashrifi vaqtida ular faoliyatini qoniqarsiz deb baholadi. Yashnobod tumani hokimi Xojiakbar Tillashayxov ham lavozimini tark etdi.

22 avgust 2020, 15:04

Buxoro hokimi Karim Kamolov vafot etdi

Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov olamdan o‘tdi. Oldinroq unda koronavirus aniqlanib, u Toshkentda davolanayotgan edi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting