Yangiliklar

19 oktabr 2017, 08:09

130 nafardan ziyod mutaxassislar hududlardagi tibbiyot markazlariga yuborildi

Toshkentdan viloyatlardagi tibbiyot markazlari rahbar lavozimlariga 130 nafardan ziyod mutaxassislar yuborildi. Xorijdan O‘zbekistonga 50 nafardan ortiq sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari qaytib keldi.

19 oktabr 2017, 07:55

Yangi haydovchilik guvohnomalari uchun to‘lov miqdori belgilandi

Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalari uchun to‘lov hajmi eng kam oylik ish haqining 70 foizi miqdorida belgilandi.

18 oktabr 2017, 22:52

«O‘zpaxtasanoateksport» xoldingi tugatiladi

Paxta tozalash va yog‘-moy korxonalarini boshqarishni optimallashtirish maqsadida «O‘zpaxtasanoateksport» xoldingini tugatishga qaror qilindi.

18 oktabr 2017, 22:36

Endilikda barcha notariuslar hujjatlarni tasdiqlay oladi

Legallashtirish lozim bo‘lgan hujjatlarni tasdiqlash uchun endilikda har qanday notarial idoraga murojaat qilish mumkin.

18 oktabr 2017, 22:13

Bektemir tumanida 3,6 kg marixuana olib qo‘yildi

«Bektemir» blokpostida Nexia avtomobilida 3,6 kg miqdoridagi marixuana aniqlandi.

18 oktabr 2017, 22:00

Uchastka soliq inspektorlari terminallar bilan ta’minlanadi

Uchastka soliq inspektorlari fuqarolar mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashlari uchun to‘lov terminallari bilan ta’minlanadi.

18 oktabr 2017, 12:03

O‘zbekiston va Eron TIVlari hamkorlik dasturini imzoladi

O‘zbekiston va Eron TIV rahbarlari 2018−2019 yillarda hamkorlik dasturini imzoladi.

18 oktabr 2017, 11:31

Halqa temir yo‘li o‘rniga halqa metro quriladi

Toshkentda halqa temir yo‘li qurilishi o‘rniga estakadali yer usti metrosini yotqizishga qaror qilindi.

18 oktabr 2017, 10:19

Voyaga yetmaganlarga «energetik"larni sotishni taqiqlash rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda voyaga yetmaganlarga energetik ichimliklarni sotishni taqiqlash va ular reklamasini cheklash rejalashtirilmoqda.

17 oktabr 2017, 21:08

O‘zbekiston va Qatar futbol federatsiyalari memorandum imzoladi

O‘zbekiston va Qatar futbol tashkilotlarining hamkorligi O‘FFning kadrlar bilan bog‘liq muammolarini hal etishda ijobiy yordam beradi, dedi federatsiya rahbari Umid Ahmadjonov.

17 oktabr 2017, 20:44

Asalarichilikni rivojlantirish dasturi qabul qilindi

Asal mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 2017 yildagi 15,4 ming tonnadan 2021 yilga borib 23,7 ming tonnagacha oshadi.

17 oktabr 2017, 19:49

Yana bir huquq himoyachisi ozod qilindi

O‘zbekistonda huquq himoyachilarini hibsdan ozod qilish davom etmoqda. G‘anixon Mamatxonov ozodlikka chiqarildi.

17 oktabr 2017, 17:35

Mol-mulkni musodara qilishga taalluqli o‘zgartishlar kuchga kirdi

Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilgan jinoyatga aloqador bo‘lmagan shaxslarga tegishli mol-mulklarni musodara qilishni taqiqlashga doir o‘zgartishlar kuchga kirdi.

17 oktabr 2017, 12:46

Futzal: O‘zbekiston muddatidan oldin OCH final qismiga yo‘l oldi

O‘zbekiston futzalchilari Turkmanistonni mag‘lubiyatga uchratib, Osiyo chempionati final qismiga chiqdi.

16 oktabr 2017, 22:19

Shavkat Mirziyoyev Ramzan Qodirovni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev va Ramzan Qodirov O‘zbekistonning Checheniston bilan ikki tomonlama hamkorligini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishdi.

16 oktabr 2017, 19:57

Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosarlari tayinlandi

Azizbek Latifjonov va Sohib Qudratov favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosarlari etib tayinlandi.

16 oktabr 2017, 17:57

Shavkat Mirziyoyev Sooronbay Jeenbekovni Qirg‘iziston Prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti Sooronbay Jeenbekovni Qirg‘iziston Prezidenti lavozimiga saylangani munosabati bilan tabrikladi.

16 oktabr 2017, 17:34

Akademik eshkak eshish: O‘zbekiston OCHda to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik eshkak eshuvchilar Singapurda o‘tgan Osiyo chempionati sovrindori bo‘lib, o‘smirlar o‘rtasida 2018 yilgi Olimpiya o‘yinlari litsenziyasini ham qo‘lga kiritdi.

16 oktabr 2017, 16:21

E-hukumat va davlat boshqaruvini rivojlantirish bo‘yicha loyiha ishga tushirildi

Davlat boshqaruvi va raqamli transformatsiyani rivojlantirish bo‘yicha loyiha ishga tushirildi.

16 oktabr 2017, 13:51

Chorshanba kuni havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda

18 oktyabr kuni butun O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi, haroratning tushishi va shamolning kuchayishi kutilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting