Yangiliklar

14 sentabr 2021, 17:23

Dollarning rasmiy kursi to‘rt kunlik pasayishdan so‘ng ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 34,93 so‘mga ko‘tarilib, 10 686,62 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

14 sentabr 2021, 17:00

Fermerlar maktabida o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha intensiv kurs boshlandi

«Agrobank» intensiv kurslari tinglovchilari yettita yo‘nalishda chet el tajribasiga ega bo‘lgan professor o‘qituvchilardan uch oy mobaynida nazariy va amaliy bilimlar olishadi.

14 sentabr 2021, 15:47

O‘zbekiston Afg‘onistonga katta partiyada gumanitar yordam yubordi

Seshanba kuni O‘zbekiston Afg‘onistonga 1,3 ming tonnalik insonparvarlik yukini yubordi. O‘z ichiga oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon va kiyim-kechaklarni olgan ushbu gumanitar yordam muhtoj afg‘on oilalariga tarqatiladi.

14 sentabr 2021, 15:34

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin bilan telefonda muloqot qilib, Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi. Prezidentlar bo‘lajak uchrashuvlar rejasini ham ko‘rib chiqishdi.

14 sentabr 2021, 14:48

Yoshlar uchun yoshsaylovchi.uz elektron platformasi ishga tushdi

Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Sa’dullayev yoshlar uchun yoshsaylovchi.uz elektron platformasi ishga tushirilganini e’lon qildi. Platforma orqali saylov uchastkasini aniqlash va saylovda ko‘ngilli yoki trener sifatida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish mumkin bo‘ladi.

14 sentabr 2021, 14:12

Prezident seysmik xavfsizlik to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Prezident «O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida"gi Qonunni imzoladi. Unda fuqarolarga ushbu sohadagi qonunchilik talablariga amal qilish va zilzilaga qarshi choralar ko‘rish majburiyatlari yuklangan.

14 sentabr 2021, 13:22

O‘zbekiston xalq artisti O‘lmas Rasulov vafot etdi

Dushanba kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti «Milliy qo‘shiqchilik» kafedrasi professori, O‘zbekiston xalq artisti, sozanda O‘lmas Rasulov 70 yoshida vafot etdi.

14 sentabr 2021, 13:15

«Milliy tiklanish» partiyasi TikTok`ni butunlay bloklashni taklif qildi

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi TikTok ijtimoiy tarmog‘ini bolalar uchun xavf maydoni deb atab, uning faoliyatini butunlay cheklashni taklif qildi.

14 sentabr 2021, 12:53

Toshkentda dzyudochi Kamoliddin Rasulov pichoqlab o‘ldirildi

Poytaxtning Uchtepa tumanida qashqadaryolik dzyudochi Kamoliddin Rasulov pichoqlab o‘ldirildi. Uni o‘ldirganlikda boshqa sportchi gumonlanmoqda.

14 sentabr 2021, 12:36

O‘zbekistonda Madaniy meros haftaligi bo‘lib o‘tmoqda

Toshkent, Xiva va Nukusda madaniy meros haftaligi o‘tkazilmoqda. Forum dasturidan Kamoliddin Bexzod miniatyuralari ko‘rgazmasi, Jamol Usmonov suratlar ko‘rgazmasi, O‘zbekiston qo‘lyozmalari, shuningdek, arxeolog Leon Barshchevskiy fotoko‘rgazmasi o‘rin olgan.

14 sentabr 2021, 11:57

Maktab o‘quvchilarining limondan tok olish tajribasini telekanal «kashfiyot» deb atadi

«O‘zbekiston 24» telekanalining «Fakt 24» ko‘rsatuvida Namangandagi maktabda limondan elektr toki olish tajribasi ko‘rsatildi. Ko‘rsatuvda mazkur tajriba «kashfiyot» deya, ta’lim sohasidagi islohotlar natijasi deb ataldi.

14 sentabr 2021, 11:47

Maqsuda Vorisova, Bahrom Abduhalimov va Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka nomzodlar sifatida ro‘yxatga olindi

Markaziy saylov komissiyasi XDPdan Maqsuda Vorisova, «Adolat»dan Bahrom Abduhalimov va O‘zLiDePdan Shavkat Mirziyoyevni prezidentlikka nomzodlar sifatida ro‘yxatga oldi.

14 sentabr 2021, 11:35

Koronavirus holatlarining kunlik o‘sishi 600 dan tushdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan koronavirus bilan kasallanishning kunlik o‘sishi ketma-ket uchinchi kun 600 dan kam bo‘ldi. 15 avgustdan boshlab bu ko‘rsatkich 900 dan pasaydi, shuningdek, 29 avgustdan 800 dan, 2 sentabrdan 700 dan va 11 sentabrdan — 600 dan pasaya boshladi.

14 sentabr 2021, 10:55

Sirdaryodagi dalada yoqib yuborilgan ayol jasadi topildi

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida dala maydonidan yoqib yuborilgan ayolning jasadi topildi. Qotillikda gumondor 5 kishi qo‘lga olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

14 sentabr 2021, 10:49

Moskva metrosida o‘zbek va tojik tillaridagi yozuvlar paydo bo‘ldi

Rossiya poytaxtidagi «Lesoparkovaya» metro bekatida o‘zbek va tojik tillaridagi yo‘l ko‘rsatkichlar paydo bo‘ldi. Mazkur bekatdan migratsiya markaziga avtobuslar qatnovi mavjud.

14 sentabr 2021, 10:29

Marhum olim Andrey Kubatin Xalqaro turkiy akademiyaning oltin medali bilan taqdirlandi

Marhum olim Andrey Kubatin Nursulton shahrida joylashgan Xalqaro Turk Akademiyasining oltin medali bilan taqdirlandi. Kubatin mazkur akademiyada 2014 yilning ikkinchi yarmidan boshlab yarim yil faoliyat ko‘rsatgan.

14 sentabr 2021, 10:13

«Asosiysi, Afg‘onistonda gumanitar inqirozning oldini olish» — Sodiq Safoyev

Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Afg‘onistonda, birinchi navbatda, gumanitar inqirozning oldini olish kerakligini ta’kidladi. «Buning uchun biz mamlakatdagi haqiqiy real hokimiyat bilan ish olib borishimiz kerak. Boshqa yo‘l yo‘q», — dedi u.

14 sentabr 2021, 10:02

Yanvar-avgust oylarida qariyb 175 ming nikoh holatlari qayd etilgan

Yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonda jami 174 998 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 36 288 taga ko‘p.

14 sentabr 2021, 09:47

Yil boshidan beri xorijda vafot etgan 323 nafar o‘zbekistonliklar jasadi olib kelindi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan O‘zbekistonga 8 oy ichida xorijda vafot etgan 323 nafar fuqaro jasadi qaytarildi. Agentlik shuningdek 271 nafar xorijda qiyin ahvolda qolgan fuqarolarning qaytarilishida ko‘maklashdi.

13 sentabr 2021, 22:01

13 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shavkat Mirziyoyevning haftalik ish grafiki, O‘zbekistonga olib kelingan vaksinalar, Ombudsmanga qonunchilik tashabbusi huquqi berilishi — “Gazeta.uz"ning 13 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting