Yangiliklar

19 dekabr 2017, 18:57

Mudofaa vazirligi 20 dekabr kuni harbiy-vatanparvarlik aksiyasini o‘tkazadi

20 dekabr kuni «Bunyodkor» stadioni qarshisida qurol-yarog‘ va texnikalar namoyishi, harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari hamda harbiy orkestr konserti bo‘lib o‘tadi.

19 dekabr 2017, 18:46

Jeenbekov Mirziyoyevning davlatlararo masalalarga samarali yondashuvini qayd etdi

Qirg‘iziston Prezidentning fikricha, Shavkat Mirziyoyev diplomatiyada yangi an’analarga asos solib, davlatlararo ahamiyatga molik masalalarni hal qilishda nostandart va samarali yondashuvlarni namoyon qilmoqda.

19 dekabr 2017, 16:57

Shavkat Mirziyoyev AQSHga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti yo‘lovchi poyezdining avariyaga uchrashi munosabati bilan AQSH Prezidentiga hamdardlik yo‘lladi.

19 dekabr 2017, 16:01

O‘FFning yangi logotipi xalq ovoziga qo‘yildi

Futbol federatsiyasi va sport ligalari uchun eng yaxshi emblemalar xalq ovoziga qo‘yildi.

19 dekabr 2017, 15:37

Kosoynsoy suv ombori yaqinidagi «Yoshlik» mahallasiga elektr energiyasi yetkazib berildi

Qirg‘iziston rahbari topshirig‘i bilan Kosonsoy suv ombori yaqinidagi «Yoshlik» mahallasiga elektr energiyasi yetkazib berildi.

19 dekabr 2017, 12:33

AQSHda birinchi qatnovni amalga oshirayotgan poyezd temir izlardan chiqib ketdi

Sietl va Portlend o‘rtasida birinchi marta yo‘lga chiqqan poyezd Vashington shtatida avtostradaga qulab tushdi.

19 dekabr 2017, 09:31

O‘FF Vadim Abramovning murabbiylik litsenziyasini qaytarib oldi

«Neftchi» bosh murabbiyi Vadim Abramov «noto‘g‘ri» fikrlari uchun noma’lum muddatga futbol faoliyatidan chetlatildi.

19 dekabr 2017, 08:15

Qoraqalpog‘istonda kam hosil beradigan paxta maydonlariga achchiq qalampir ekiladi

Qoraqalpog‘istonda kam hosil beradigan 15 ming ga maydonda paxta o‘rniga qizil qalampir ekiladi. Prezident mamlakatda ushbu ekinni yetishtirishni kengaytirishga topshiriq berdi.

18 dekabr 2017, 20:54

Oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirish bo‘yicha preferensiyalar bekor qilinmoqda

Hukumatga xo‘jalik sub’ektlariga oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirish bo‘yicha individual bojxona, soliq imtiyozlari va boshqa preferensiyalar berish taqiqlanmoqda.

18 dekabr 2017, 18:31

Xalilillo To‘raxo‘jayev Davlat xizmatlari agentligi rahbari bo‘ldi

Prezident Xalilillo To‘raxo‘jayevni Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori lavozimiga tayinladi.

18 dekabr 2017, 15:04

Muzeylarni rivojlantirish bo‘yicha 10 yillik reja qabul qilindi

Hukumat davlat muzeylari faoliyatini yaxshilash va mustahkamlash dasturini qabul qildi.

18 dekabr 2017, 14:11

Toshkent viloyatining qator tumanlarida qurilish uchun yer maydoni ajratish to‘xtatildi

Toshkent viloyatining qator aholi punktlarida qurilish uchun yer maydoni ajratish to‘xtatildi. Bu hudud bosh rejasi ishlab chiqilayotgani bilan bog‘liq.

18 dekabr 2017, 13:54

AQSH O‘zbekistonga JSTga a’zo bo‘lishiga ko‘mak ko‘rsatadi

AQSH JSTga a’zo bo‘lish jarayonidagi texnik masalalarni hal etishda O‘zbekistonga ko‘mak ko‘rsatadi.

18 dekabr 2017, 11:35

To‘rtko‘l tumaniga Ne’matulla Xudaybergenov hokim bo‘ldi

To‘rtko‘l tumani hokimiyatiga ko‘p yillar Ellikqal’a tumani hokimi bo‘lib ishlagan Ne’matulla Xudaybergenov rahbarlik qiladi.

15 dekabr 2017, 23:14

O‘zbekiston Islom akademiyasi tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Islom akademiyasini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

15 dekabr 2017, 22:16

20 dekabr kuni Senatning 13-yalpi yig‘ilishi chaqiriladi

Senat 2018 yilgi davlat byudjeti, ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi qonun , Harbiy doktrinaning yangi tahriri va Fuqarolik protsessual kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeksi, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi va boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi.

15 dekabr 2017, 21:48

2018 yildan oylik maoshlar o‘sishi inflyatsiya darajasidan past bo‘lmaydi

Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev oylik maosh inflyatsiya darajasidan past bo‘lmagan miqdorda oshirilishini ma’lum qildi.

15 dekabr 2017, 21:32

Toshkent IIBB 1000 dan ortiq tramadol tabletkasini musodara qildi

Toshkentning Chilonzor va Uchtepa tumanlarida 1000 dan ortiq tramadol tabletkalari olib qo‘yildi.

15 dekabr 2017, 21:21

Marat Bikmayev — O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi

Yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

15 dekabr 2017, 21:06

Maqom markaziga Jasur Jabborov rahbar bo‘ldi

Yaqinda tashkil etilgan O‘zbek millik maqom san’ati markaziga Jasur Jabborov rahbar bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting