Yangiliklar

9 aprel 2020, 00:27

Avtomobillar harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnoma berish to‘xtatildi

9 apreldan boshlab avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnoma berish to‘xtatildi. Ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lgan arizalar qanoatlantirilmaydi.

8 aprel 2020, 21:08

Olmaliq, Angren, Yangiyo‘l va Chirchiq shaharlariga kirish va chiqish cheklanadi

9 apreldan boshlab Toshkent viloyatining Olmaliq, Angren, Yangiyo‘l va Chirchiq shaharlariga kirish va chiqish cheklanadi.

8 aprel 2020, 20:58

Berni Sanders AQSH prezidentligiga demokratlar nomzodini tanlash poygasidan chiqdi

Berni Sanders AQSH prezidentligiga demokratlar nomzodi bo‘lish uchun praymeriz saylovlaridan chiqdi. Barak Obama prezidentligi davrida vitse-prezident bo‘lgan Jo Bayden noyabr oyidagi prezidentlik saylovlarida Trampning raqibi bo‘lishi kutilmoqda.

8 aprel 2020, 19:42

Chirchiqda noqonuniy tikuvchilik sexi aniqlandi

Chirchiq shahrida joylashgan «Aziya» to‘yxonasida noqonuniy ravishda faoliyat olib borayotgan tikuvchilik sexi aniqlangan. Nazorat tadbiri davomida 130 mingdan ortiq tayyor tibbiy niqoblar topilgan.

8 aprel 2020, 18:44

Tomorqalar dronlar orqali monitoring qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev har bir sektor hududida kamida 100 tadan xonadonda 1−1,5 sotixli issiqxonalar tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Ogohlantirishdan keyin ham tomorqasiga ekin ekmaganlarga yer solig‘i oshirilgan stavkada qo‘llaniladi.

8 aprel 2020, 18:37

«Kasallikni oilamizga kirib kelmasligi, eng avvalo, o‘zimizga bog‘liq!» — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidenti koronavirusdan vafot etgan 40 yashar bemorning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi. Shavkat Mirziyoyev fuqarolarni tartib-intizomga qat’iy rioya qilib, o‘rinsiz vahimaga tushmaslikka chaqirdi.

8 aprel 2020, 17:34

Koronavirus holatlari 545 taga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan holatlar soni 545 taga yetdi.

8 aprel 2020, 17:24

Uchquduqdagi konda shofirkonliklar niqobsiz va ruxsatnomasiz oltin qaziyotganda ushlandi

26 nafar shofirkonlik Uchquduqdagi oltin konida noqonuniy qazish ishlarini o‘tkazayotganda ushlandi. Ular niqobsiz bo‘lgani uchun qo‘shimcha javobgarlikka tortildi.

8 aprel 2020, 16:36

Karantinda YTH: 2 kishi avariya joyida vafot etdi

Chiroqchi tumanida Nexia avtomobilining daraxtga borib urilishi oqibatida ikki kishi hodisa joyida vafot etdi, jarohatlanganlar ham bor.

8 aprel 2020, 15:58

Chet eldan qaytishni istamaganlarning fuqarolikdan chiqarilishi haqidagi xabar rad etildi

Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonga qaytishni istamagan shaxslar mamlakat fuqaroligidan mahrum qilinishi haqidagi xabarlarni inkor qildi.

8 aprel 2020, 15:04

O‘zbekistonda elektr energiyasi va gazning ulgurji bozori tashkil etiladi

Kuzga qadar Gaz-transport tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish dasturining bosh rejasi hamda O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gazning birja savdolari asosidagi ulgurji bozorini yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

8 aprel 2020, 14:38

Kredit ta’tillari davomida foiz hisoblanishi davom etadi — Markaziy bank

Markaziy bank kredit bo‘yicha to‘lov muddatlari kechiktirilgan davrda ham foizlar hisoblanishda davom etishini ma’lum qildi. Moliyaviy imkoniyati bo‘lgan qarzdorlarga o‘z kreditlarini belgilangan muddatlarda so‘ndirish tavsiya etildi.

8 aprel 2020, 13:41

2020 yilning eng boy ayollari — Forbes ro‘yxatida

Forbes 2020 yilning eng boy ayollari ro‘yxatini e’lon qildi. Uni Walmart merosxo‘ri Elis Uolton boshqarmoqda. Ro‘yxatdan 22 yoshli model, Amazon asoschisining sobiq rafiqasi va boshqalar ham o‘rin olgan.

8 aprel 2020, 13:18

Toshkentda bir kunda 468 ta avtomobilning stikersiz harakatlangani aniqlandi

Toshkentda o‘tkazilgan reydlar davomida bir kunda 468 ta avtomobilning stikersiz harakatlangani aniqlandi, ularning 271 tasida avtoulovlar jarima maydonchasiga joylashtirildi.

8 aprel 2020, 12:48

YeTTB O‘zbekiston banklariga 220 mln dollar kredit liniyalari ajratadi

YeTTB koronavirus pandemiyasining O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta’sirini yumshatishga 220 mln dollar ajratadi. Viloyatlardagi kommunal korxonalar aylanma mablag‘larini ko‘paytirish uchun yana 100 mln dollar ajratish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

8 aprel 2020, 12:20

O‘zbekiston va Rossiya pandemiya sharoitida iqtisodiy hamkorlik dasturini tayyorlamoqda

O‘zbekiston va Rossiya koronavirus pandemiyasi ta’sirini hisobga olgan holda yangi iqtisodiy hamkorlik dasturini tayyorlashni rejalashtirmoqda.

8 aprel 2020, 12:15

O‘zbekistonda 60 mingdan ortiq kishi koronavirusga test topshirgan

7 aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda umumiy 61 666 kishi koronavirusga test topshirgan.

8 aprel 2020, 11:57

Koronavirus yana 14 kishida aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni 534 taga yetdi.

8 aprel 2020, 11:53

Koronavirus aniqlangan bemor o‘pka va yurak yetishmovchiligidan vafot etdi

Koronavirus infeksiyasi aniqlangan 40 yoshli bemor o‘pka va yurak yetishmovchiligi oqibatida vafot etdi.

8 aprel 2020, 00:45

Koronavirus holatlari 520 taga yetdi

O‘zbekistonda COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni 520 taga yetdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting