12 noyabr, seshanba

Yangiliklar

Qozog‘istonda halok bo‘lganlarning jasadlari Toshkentga olib kelindi 

Qozog‘istonda avtobusdagi yong‘inda halok bo‘lganlar 52 fuqaro jasadlari Toshkentga olib kelindi. FVV avtobusda bo‘lgan deya taxmin qilinayotgan shaxslar ro‘yxatini e’lon qildi.

O‘zbekiston hukumat delegatsiyasi Aqto‘beda ish olib bormoqda 

O‘zbekiston hukumat delegatsiyasi a’zolari yong‘inda jarohat olgan ikki o‘zbekistonlik yotqizilgan Aqto‘bedagi shifoxonaga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston futbolchilari Yaponiya ustidan g‘alaba qozonib, OCH yarim finaliga yo‘l oldi 

23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati chorak finalida O‘zbekiston termasi Yaponiya termasini yirik hisobda mag‘lub etdi.

Juma namozlarida Qozog‘istondagi yong‘inda halok bo‘lganlar yodga olindi 

O‘zbekiston masjidlaridagi juma namozlarida Qozog‘istonda avtobusdagi yong‘inda halok bo‘lganlar xotirasi yodga olindi.

Yangi va mavjud ko‘p qavatli uylarda bolalar bog‘chalari ishga tushadi 

Toshkentda yangi ko‘p qavatli uylarning birinchi va ikkinchi qavatlari hamda yakka tartibdagi xonadonlarda xususiy bolalar bog‘chalari ochiladi.

So‘rov: Ishga joylashish eng o‘tkir muammolardan biri 

«Ijtimoiy fikr» markazi so‘rovida qatnashganlarning 66 foizga yaqini mutaxassislik bo‘yicha ishga joylashishni O‘zbekistondagi eng o‘tkir muammolardan biri sifatida e’tirof etdi.

Toshkent aeroportidan chiqish 4 barobarga tezlashdi 

Toshkent aeroportiga uchib kelgan xalqaro reyslar yo‘lovchilariga xizmat ko‘rsatish vaqti ikki soatdan yarim soatga qisqardi.

O‘zbekiston OTMlarida 709 nafar chet ellik talaba tahsil olmoqda 

O‘zbekiston OTMlarida 709 nafar chet ellik talaba tahsil olmoqda. 72 ta OTMda 297,6 mingdan ziyod talaba tahsil olmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga jo‘nab ketdi 

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududdagi o‘zgarishlar bilan tanishish uchun Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketdi.

Prezident investitsiya loyihalarini shakllantirishdagi tartibsizliklarni tanqid qildi 

Prezident investitsiya loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish sohasidagi «ishni tartibsiz tashkil etishlar"ni tanqid qildi.

Prezident Jahon banki delegatsiyasini qabul qildi 

Shavkat Mirziyoyev Jahon banki bosh ijrochi direktori Kristalina Georgiyeva boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Milliy xavfsizlik konsepsiyasining yangi tahriri tayyorlanmoqda 

O‘zbekiston Milliy xavfsizlik konsepsiyasining yangi tahriri tashqi va ichki tahdidlarga javob qaytarishning yangicha yondashuvlarni aks ettiradi.