Yangiliklar

7 iyun 2022, 16:06

Pedagogika universiteti sobiq dekan o‘rinbosari 3 yilga qamaldi

Talabani zo‘rlashga uringanlikda gumonlangan TDPU sobiq dekan o‘rinbosari ishi bo‘yicha sud yakuniga yetdi. Sud ayblanuvchi B.Yu.ni qizning nomusiga tekkanlik fakti bo‘yicha oqladi. Biroq, u talabani derazadan itarib yuborganlikda aybli deb topildi va 3 yilga qamaldi.

7 iyun 2022, 15:45

Shavkat Mirziyoyev 7 nafar hokimga oxirgi marta “hayfsan” berdi

Prezident yer maydonlarini auksionga qo‘yishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan Navoiy, Shahrisabz, Qo‘qon shaharlari, Bo‘stonliq, Bekobod, Kitob, Uzun tumanlari hokimlariga oxirgi marta “hayfsan” berdi. Ularning qurilish bo‘yicha o‘rinbosarlarini ishdan olishga ko‘rsatma berildi.

7 iyun 2022, 15:08

Endi faqat 2 toifadagi talabalarga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat beriladi — Abduqodir Toshqulov

Oliy ta’lim vaziri endi faqat ikki toifadagi talabalarga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilishi, qolgan hollarda esa akademik mobillik qo‘llanilishini ta’kidladi. «Talaba turmush qursa va davlat xizmatchisi boshqa ish joyiga o‘tsa, vazirning xati bilan ko‘chirishga ruxsat beriladi», — dedi Abduqodir Toshqulov.

7 iyun 2022, 15:00

«Agrobank» ekotizim doirasida ikkita — Agromarkaz va Agrozamin-O‘zimizniki loyihalarini taqdim etdi

«Agrobank» ning yangi — Agromarkaz va Agrozamin-O‘zimizniki loyihalari — fermerlar va tomorqa yer egalariga mo‘ljallangan.

7 iyun 2022, 14:48

O‘zbekistonga kelayotganlar uchun koronavirus bilan bog‘liq barcha cheklovlar bekor qilindi

10 iyundan boshlab O‘zbekistonga kirib keluvchi ham xorijlik, ham mahalliy fuqarolar uchun koronavirus bilan bog‘liq barcha cheklovlar, jumladan, manfiy natijali PZR-test hamda kovidga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikat talabi bekor qilindi.

7 iyun 2022, 14:25

Qishloq xo‘jaligi vazirligi laboratoriyasida rangli paxta bo‘yicha tajriba o‘tkazilmoqda

Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining «G‘o‘za biotexnologiyasi» laboratoriyasi noodatiy rangda paxta yetishtirish bo‘yicha tajriba o‘tkazmoqda. Tabiiy rangli tola ishlab chiqarish paxtaning eksport salohiyatini oshiradi, deb hisoblaydi Qishloq xo‘jaligi vazirligi.

7 iyun 2022, 13:07

Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov hibsga olindi

Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchi sifatida hibsga olindi. U 2017−2019 yillarda Andijon viloyati moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan davrida katta miqdordagi budjet mablag‘larini o‘zlashtirganlikda gumon qilinmoqda.

7 iyun 2022, 13:02

O‘zbekistonlik taekvondochi Rimdagi Gran-prida sovrindor bo‘ldi

Rim shahrida Gran-pri turkumiga kiruvchi turnirda taekvondochi Shuhrat Salayev bronza medalini qo‘lga kiritdi.

7 iyun 2022, 12:54

BMT bosh kotibining birinchi o‘rinbosari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Markaziy Osiyoga tashrifi doirasida BMT bosh kotibining birinchi o‘rinbosari Amina Muhammad O‘zbekistonga ham keladi. Senat va Yoshlar ishlari agentligida muzokaralar, shuningdek, O‘zbekistonning lider ayollari bilan uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

7 iyun 2022, 12:40

Qozog‘iston chegaradan o‘tishda PZR test va vaksinatsiya hujjati bo‘yicha talabni bekor qildi

8 iyundan boshlab Qozog‘iston chegarani kesib o‘tishda emlanganlik hujjati va PZR testi talabini bekor qildi. Shuningdek, mamlakatning 7 ta viloyatidagi vaqtinchalik yopilgan 12 ta avtomobil chegara o‘tkazish punktlarining ishi qayta tiklanmoqda.

7 iyun 2022, 12:11

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson o‘z lavozimini saqlab qoldi

Buyuk Britaniya Konservativ partiyasi deputatlari bosh vazirga ishonchsizlik votumi bildirish bo‘yicha ovoz berdi. Boris Jonsonning tanqidchilari uni karantin paytida bazmlar uyushtirganlikda ayblamoqda. Fraksiya a’zolarining 58,5 foizi bosh vazirni qo‘llab-quvvatladi va u lavozimini saqlab qoldi.

7 iyun 2022, 12:01

21−22-iyun kunlari O‘zbekistonning JSTga kirishi bo‘yicha ishchi guruhning 5-yig‘ilishi o‘tkaziladi

O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha ishchi guruhi 21−22-iyun kunlari Jenevada beshinchi bor yig‘ilish o‘tkazadi. Avvalroq bosh vazir o‘rinbosari — ITSV rahbari Sardor Umurzakov O‘zbekiston tashkilotga tezroq kirishga ustuvor ahamiyat qaratishini ta’kidlagan edi.

7 iyun 2022, 11:43

254 ta sport maktabi va 56 ta ixtisoslashtirilgan sport maktabi tashkil etildi

Prezident qarori bilan 254 ta sport maktabi va 56 ta ixtisoslashtirilgan sport maktabi tashkil etildi. 4 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlar 6 bosqichda saralanadi va professional sportga salohiyati borlargina ixtisoslashtirilgan sport maktabiga qabul qilinadi. Keyingi yildan maktablarga 35 mlrd so‘m ajratiladi.

7 iyun 2022, 11:07

Toshkent viloyatida fuqaro 40 sotix yerni $29 mingga sotishga uringanlikda ayblanmoqda

Yangiyo‘l tumanida fuqaro Kadastr agentligida ishlovchi tanishlari orqali 40 sotix yer maydonini boshqa bir fuqaro nomiga noqonuniy tarzda rasmiylashtirib berishga uringanlikda ayblanmoqda. Gumonlanuvchi buning evaziga kelishilgan 29 ming dollardan 10 ming dollarini olganda ushlandi.

7 iyun 2022, 10:57

Oliy sport mahorati institutiga qabul 2023 yildan boshlanadi

Prezident qarori bilan Oliy sport mahorati institutiga qabul 2023/2024 o‘quv yilidan boshlanadi. Institut Samarqandda joylashtiriladi, unga yaxshi natijaga erishgan Olimpiya va Paralimpiya kollejlari bitiruvchilari qabul qilinadi. Bitiruvchilarga «trener», «hakam», «seleksioner» mutaxassisliklari beriladi.

7 iyun 2022, 10:13

Paralimpiyachilarning matonat maktabi tashkil etildi

Prezident qarori bilan Paralimpiyachilarning matonat maktabi tashkil etildi. Qolaversa, Abdulla Qodiriy ko‘chasida Paralimpiyachilar bog‘i bunyod etiladi. Metroning yangi bekatlaridan biriga «Paralimpiya harakati» nomi beriladi, 2023 yildan Toshkentda «Paralimpiyachilar matonati» xalqaro forumi o‘tkaziladi.

7 iyun 2022, 09:47

Ohangaronda jarima maydonchasiga olib ketilayotgan haydovchi o‘zini mashinadan tashlab yubordi

20 may kuni Ohangaronda YPX inspektori jarima maydonchasiga olib ketayotgan «VAZ-2121» haydovchisi o‘zini mashinadan tashlab yubordi. 27 yoshli fuqaro 6 iyun kuni kechasi shifoxonada vafot etdi. Prokuratura tekshiruv o‘tkazmoqda.

6 iyun 2022, 23:58

O‘zbekiston Ukraina bilan bog‘liq tashqi shoklarning salbiy ta’sirini kamaytirish imkoniyatiga ega — S&P

Rossiyadagi iqtisodiy inqiroz, shuningdek, Rossiya kompaniyalari va iqtisodiyot tarmoqlariga nisbatan sanksiyalar O‘zbekistondagi faoliyatga ta’sir qiladi, deb ta’kidladi S&P. Mamlakat Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirgan davr mobaynida tashqi shoklar va noaniqliklarga bardosh beradi, ammo xavflar ham mavjud.

6 iyun 2022, 23:42

O‘zbekiston oziq-ovqat importini oshirishda davom etmoqda

Yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonning oziq-ovqat importi hajmi 48,9 foizga oshib, 1,12 mlrd dollarni tashkil qildi. Ta’minotning asosiy qismini bug‘doy, xom shakar, margarin va aralash yog‘lar, go‘sht va kartoshka tashkil qiladi.

6 iyun 2022, 22:00

6 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Turkmaniston orqali yuklarini tranzit yuborishga ruxsat olgan O‘zbekiston, Toshkentga kelgan FIFA kubogi, Braziliya prezidentiga hamdardlik yo‘llagan Shavkat Mirziyoyev, Farg‘onada qizini kaltaklab, o‘ldirib qo‘ygan ota, yangi tayinlovlar va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 6 iyundagi xabarlar dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting