7 aprel, seshanba

Yangiliklar

Davlat organlarida mehnat qonunchiligiga rioya etilishi tekshiriladi 

Davlat mehnat inspeksiyasi davlat organlarida mehnat qonunchiligiga rioya etilishini tekshiruvdan o‘tkazadi. Jumladan, xodimlarning kechki vaqtlarda ushlab qolinishi va dam olish kunlarida ham ishga jalb qilinishi o‘rganiladi.

«Ilhom» teatridan binoni bo‘shatish so‘ralmoqda 

Shodlik Palace mehmonxonasi Ofelos Plaza kompaniyasi nomidan «Ilhom» teatridan aprel oxiriga qadar binoni bo‘shatishni so‘ramoqda. Teatr buni fojiali holat deb baholab, hukumat, tomoshabinlar, jurnalistlar, diplomatlar va xalqaro hamjamiyatni teatrni qutqarish va saqlab qolishga chaqirdi.

Toshkentdan oqib o‘tgan kanalda yangi tug‘ilgan chaqaloq jasadi topildi 

10 fevral kuni ertalab Toshkentning Chilonzor tumanidagi Bunyodkor ko‘chasi bo‘ylab oqib o‘tgan kanalda yangi tug‘ilgan chaqaloq jasadi topildi.

Navoiydagi avariyada ikki kishi, jumladan bir chaqaloq halok bo‘ldi 

Navoiy viloyatida Lacetti qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketdi va Nexia bilan to‘qnashdi. Natijada Nexia haydovchisi voqea joyida, mashina bo‘lgan bir yoshlik chaqaloq esa shifoxonaning jonlantirish bo‘limida olamdan o‘tdi.

Dunyoda koronavirusdan vafot etganlar soni 900 kishidan oshdi 

910 kishi koronavirus qurboni bo‘ldi, ulardan ikkitasi Xitoydan tashqarida. JSST kasallik tarqalishi bir muncha sekinlashganini qayd etdi.

Bu hafta yog‘ingarchiliklar bo‘lishi kutilmoqda 

Hafta davomida yomg‘irli va salqin ob-havo hukmronlik qilishi kutilmoqda. 11−13 fevral kunlari kunduzgi harorat +5…+10 darajaga pasayib, kechalari qirov tushishi mumkin.

Navoiyda shamol elektr stansiyasini arab sarmoyadorlari qurmoqchi 

Arabistonlik sarmoyadorlar Sirdaryoda energetika kollejini tashkil etish, yangi bug‘-gaz qurilmasini qurish hamda Navoiy viloyatida shamol elekrostansiyasini ochish ustida ish olib bormoqda.

Dzyudochilar Fransiyada o‘tkazilgan «Katta dubulg‘a» turnirida ikkita medalni qo‘lga kiritdi 

Parijdagi «Katta dubulg‘a» turnirida o‘zbekistonlik dzyudochilar Sharofiddin Boltaboyev va Hikmatilloh To‘rayev kumush va bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

«Oskar» g‘oliblari e’lon qilindi 

«Eng yaxshi aktyor» nominatsiyasida «Joker» filmidagi ijrosi uchun Xoakin Feniks «Oskar» mukofotiga sazovor bo‘ldi. 10 fevral kuni 2020 yilda mukofotga loyiq topilgan nominatsiya g‘oliblari e’lon qilindi.

Tailandda qurolli hujum qurbonlari soni 26 kishiga yetdi 

Tailandda harbiy xizmatchining savdo markaziga hujumi oqibatida 26 kishi halok bo‘ldi va 57 kishi jarohat oldi. Ommaviy qotil maxsus operatsiya vaqtida yo‘q qilindi.

Toshkent-Omsk yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi 

15 fevraldan Toshkent-Omsk yo‘nalishi bo‘yicha avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Chipta narxi 450 ming so‘mni tashkil etadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbariyati o‘zgardi 

Ravshan Ermatov jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari, Elbek Shukurov vazir o‘rinbosari etib tayinlandi.