Yangiliklar

9 mart 2020, 17:21

Jizzax viloyatida yangi tug‘ilgan egizak chaqaloqlar jasadi topildi

Jizzax viloyatidagi fermer xo‘jaligi hududida sumka ichidan yangi tug‘ilgan egizak chaqaloqlar jasadi topib olindi.

9 mart 2020, 17:13

Raqamli Anor Bank tashkil etilmoqda

Markaziy bank Anor Bank raqamli bankini tashkil etishga dastlabki ruxsatnomani berdi. Ta’sischilar yarim yil ichida ustav kapitalini shakllantirishlari kerak.

9 mart 2020, 16:53

Xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazish to‘xtatildi

Sport vazirligi koronavirus mamlakatga kirishining oldini olish maqsadida O‘zbekistonda xalqaro sport musobaqalar o‘tkazilishini to‘xtatdi. «Navro‘z» marafoni chet ellik ishtirokchilarsiz o‘tkazilishi mumkin.

9 mart 2020, 15:52

Shartli ozod qilingan shaxslar elektron bilaguzuklar yordamida nazorat qilinadi

2020 yilda probatsiya xizmatlari 3000 ta elektron bilaguzukni tatbiq etadi, 18 ta jazoni ijro etish koloniyalarida 1833 dona videokuzatuv moslamasi va 36 komplekt shaxsiy videoregistratorlar o‘rnatiladi.

9 mart 2020, 13:47

Hafta davomida quruq ob-havo hukmronlik qiladi

Hafta davomida quruq va quyoshli ob-havo hukmronlik qiladi. Kunduzgi harorat +12…+15 darajagacha chiqadi.

9 mart 2020, 13:02

UzAuto Motors bir qator modellar narxlarini oshirdi

UzAuto Motors bir qator modellar narxlarini oshirdi: Spark va Damas — 10−21 foizga, Nexia — 15−19,4 foizga, Cobalt — 10−14,7 foizga, Lacetti — 3 foizga qimmatlashdi.

9 mart 2020, 12:44

Shoir Azim Suyun olamdan o‘tdi

Taniqli shoir Azim Suyun 72 yoshda hayotdan ko‘z yumdi.

9 mart 2020, 12:34

O‘zbekistonlik haydovchilar Eron-Turkmaniston chegarasida qolib ketdi

Eron-Turkmaniston chegarasi yopilgani sababli 11 nafar o‘zbekistonlik haydovchi «Lutfobod» (Eron) chegara postida qolib ketdi. TIV vaziyat nazorat ostida ekanini ma’lum qildi.

8 mart 2020, 16:12

«Hokimlar yerto‘lani tozalash bilan shug‘ullanadigan vaqt o‘tdi» — prezident

«Toshkentda juda katta resurslar bor. Hozircha ularning yarmidan ham foydalanilmayapti», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Prezident hokimlar yerto‘la tozalashni bas qilib, tadbirkorlikni rivojlantirish bilan shug‘ullanish vaqti kelganini ta’kidladi.

8 mart 2020, 10:30

Toshkent viloyatidagi bozorda yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Parkent dehqon bozorida yirik yong‘in kelib chiqdi. Olovni bartaraf etishga 11 ta o‘t o‘chirish mashinasi va 10 dan ortiq yordamchi texnika jalb qilindi.

8 mart 2020, 10:16

«Ayollar ishtiroki institutlar samaradorligini oshiradi» — BMT bosh kotibi

XXI asr ayollar tengligi asri bo‘lishi kerak, dedi BMT bosh kotibi. U bugun ayollar hali ham bid’at va xurofotlardan aziyat chekayotganini ta’kidlab, kuchlar muvozanatini o‘zgartirishga chaqirdi.

7 mart 2020, 21:06 1

2021-yildan boshlab pasport o‘rniga ID-kartalar beriladi

2021-yil 1-yanvardan boshlab barcha yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga, O‘zbekiston fuqarolariga, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga va O‘zbekiston hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolariga biometrik pasport o‘rniga 10 yil muddatga ID-karta beriladi.

7 mart 2020, 13:54

Bosh prokuraturaga daraxtlar kesilishi masalasida hokimlarni nazorat qilish topshirildi

Prezident Bosh prokuraturaga daraxtlar kesilishi masalasida hokimlar faoliyatini qat’iy nazorat qilish va javobgarlik muqarrarligini ta’minlashni topshirdi.

7 mart 2020, 13:39

Toshkentda yana bir elektrobus sinovdan o‘tkazilmoqda

Toshkentdagi 51-avtobus yo‘nalishida Xitoyning Yutong elektrobusini sinovdan o‘tkazish boshlandi. U bir martalik quvvat bilan 300 km dan ziyod masofani bosib o‘ta oladi.

7 mart 2020, 13:18

Koronavirusning O‘zbekiston turizmiga ta’sirlari muhokama qilindi

Vazirlar Mahkamasida koronavirus epidemiyasining O‘zbekiston turizmiga ta’sirlari muhokama qilindi. Sayyohlik operatorlariga soliq ta’tillari berish va ichki yo‘nalishlarda aviaqatnovlar sonini oshirish taklif qilindi.

7 mart 2020, 07:57

O‘zbekiston YeOII bilan kuzatuvchi-davlat maqomida hamkorlik qilmoqchi

Vazirlar Mahkamasi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan kuzatuvchi-davlat maqomida hamkorlik qilish taklifini ma’qulladi. Ushbu taklif Oliy Majlisga kiritiladi.

6 mart 2020, 20:55

Peugeot Citroën bilan qilinayotgan loyiha yopildi — «O‘zavtosanoat»

«O‘zavtosanoat» Jizzaxda Uzbekistan Peugeot Citroyon Automotive avtozavodi loyihasi yopilganini tasdiqladi. Bu yerda Volkswagen to‘rtinchi va beshinchi avlod Caddy avtomobillarini yig‘adi.

6 mart 2020, 20:40

Prezident 83 nafar ayollarni afv etdi

Prezident farmoni bilan Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan jazo muddatini o‘tayotgan 83 nafar ayollar afv etildi.

6 mart 2020, 19:42

O‘zbekiston Xitoyga gaz yetkazib berishni to‘xtatmadi

O‘zbekiston hozircha Xitoyga gaz yetkazib berishni to‘xtatmadi, ammo ogohlantirish xatini qabul qilgan. Avvalroq PetroChina gaz importini koronavirus tufayli qisqartishi haqida xabar berilgandi.

6 mart 2020, 16:29

Dam olish kunlari havo salqin bo‘ladi

Dam olish kunlari havo salqin bo‘lib, kechki harorat −1…−2 darajagacha tushadi. Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting