Yangiliklar

13 mart 2020, 17:06

«Biz yolg‘on, balandparvoz gapirib shu ahvolga keldik» — prezident

«Biz yolg‘on, balandparvoz gapirib shu ahvolga keldik. Prezidentga yolg‘on gapirish — Vatanga xiyonat», — dedi prezident Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda. U viloyat rivojlanishda orqada qolib ketganini ta’kidlab, tadbirkorlikni rivojlantirishni tezlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

13 mart 2020, 16:39

Hozirgi sharoitda avtomobillar narxini ko‘tarish to‘g‘ri emas — prezident

UzAuto Motors avtomobillari narxini ko‘tarishi «iqtisodiy jihatdan kerakdir, lekin hozirgi sharoitda to‘g‘ri emas», dedi Shavkat Mirziyoyev. Prezident avvaliga xalqning xarid qobiliyatini oshirish kerakligini ma’lum qildi.

13 mart 2020, 16:20

Navro‘zga bag‘ishlab o‘tkazilishi rejalashtirilgan qator tadbirlar bekor qilindi

O‘zbekistonda Navro‘z bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilishi rejalashtirilgan qator tadbirlar koronavirus sababli bekor qilindi. Xalq sayli va umumxalq xayriya hashari esa tegishli profilaktik tadbirlar ko‘rilgan holda o‘tkaziladi.

13 mart 2020, 14:27

Jurnalistika universitetida koronavirus sababli qo‘l berish ko‘rishish taqiqlandi

Jurnalistika universitetida koronavirus bilan kasallanishning oldini olish maqsadida taktil aloqaning har qanday ko‘rinishi taqiqlandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi OTM, maktab va bolalar bog‘chalari uchun tavsiyalar tarqatmoqda.

13 mart 2020, 14:03

Ikki qozog‘istonlikda koronavirus aniqlandi

Germaniyadan kelgan ikki qozog‘istonlikda koronavirus aniqlandi, deya xabar qildi Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov.

13 mart 2020, 11:02

Jahon banki O‘zbekistonda suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasini rivojlantirishga 239 mln dollar ajratdi

Jahon banki va Shveysariya ko‘magi bilan 500 000 dan ortiq o‘zbekistonliklar sifatli suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Loyihalarni amalga oshirish uchun 239 mln AQSH dollari miqdorida kredit ajratildi.

13 mart 2020, 10:07

Antimonopoliya qo‘mitasi UzAuto Motors mashinalari narxi oshganini tanqid qildi

Antimonopoliya qo‘mitasi UzAuto Motors avtomobillari narxlari bo‘yicha tahlil o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Qo‘mita chet el mashinalarini olib kirganlik uchun boj miqdorini kamaytirishni so‘radi.

13 mart 2020, 09:46

YeI O‘zbekiston agrosektorini qo‘llab-quvvatlash uchun 40 mln yevro ajratdi

Yevropa Ittifoqi 2020−2030 yillarda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi strategiyasini amalga oshirishga ko‘maklashish uchun 40 mln yevro ajratdi.

13 mart 2020, 09:35

«O‘zavtosanoat» rahbari — avtomobillar narxining ko‘tarilishi, tannarxlarning pasayishi va majburiyatlar haqida

«O‘zavtosanoat» rahbari Shavkat Umurzoqovning so‘zlariga ko‘ra, so‘m devalvatsiyasi, xom-ashyo narxining ko‘tarilishi va past marjaga qaramay, kompaniya avtomobillar narxlarining o‘sishini to‘xtatib turgan edi. U ishlab chiqaruvchi avtomobillar narxini pasaytirish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajargani — dollarlarda aksariyat modellar 2017 va 2018 yildagiga qaraganda arzonroq ekanini ta’kidladi.

12 mart 2020, 21:58

O‘zbekiston Eronga gumanitar yordam jo‘natadi

O‘zbekiston hukumati koronavirusga qarshi kurashish uchun Eronga gumanitar yordam jo‘natish to‘g‘risida farmoyish qabul qildi.

12 mart 2020, 18:17

Oltin-valyuta zaxiralari 30 milliard dollardan oshdi

Mart oyiga kelib O‘zbekistonning sof oltin-valyuta zaxiralari yil boshidagiga qaraganda 1,3 mlrd dollarga ko‘payib, 30,5 milliard dollarga yetdi.

12 mart 2020, 18:08

Prezident aholi salomatligini mustahkamlash tizimini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev koronavirus iqtisodiyot va boshqa sohalarga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi. U aholi salomatligini mustahkamlash tizimini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.

12 mart 2020, 17:46

Prezident «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonasiga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrifi davomida «Hazorasp» EIZdagi Develop Textile xorijiy korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

12 mart 2020, 11:49

Sariosiyoda bank xodimlari o‘qituvchilarning 1,2 mlrd so‘mini o‘zlashtirib yuborgani aniqlandi

Sariosiyoda bank xodimlari tomonidan maktab o‘qituvchilari va ishchilarining 1,2 mlrd so‘mlik maoshini o‘zlashtirgani aniqlandi. Tergovga qadar tekshiruv davomida ushbu mablag‘lar qaytarildi.

12 mart 2020, 10:48

Prezident Xorazmga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji bilan tanishish maqsadida Xorazm viloyatiga jo‘nab ketdi.

12 mart 2020, 10:43

«Yashil Orol dengizi» tashabbusiga start berildi

BMTTD ko‘magida Orol dengizi tubini ko‘kalamzorlashtirishga qaratilgan kraudfanding tashabbusi ishga tushirildi. Tashabbus doirasida, jumladan, 10 gektar maydonga 100 ming dona saksovul ekiladi.

12 mart 2020, 09:35

Qurol ishlab chiqarishni litsenziyalash tartibi belgilandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbekistonda qurol ishlab chiqarishni litsenziyalash tartibi belgilandi

12 mart 2020, 09:28

AQSH Yevropa ittifoqidan kelayotgan chet elliklar tashrifini chekladi

AQSH so‘nggi ikki haftada Yevropa ittifoqi davlatlariga tashrif buyurgan chet el fuqarolarining kirishini taqiqladi. Aktyor Tom Xenks o‘zi va turmush o‘rtog‘ining koronavirusga chalinganini ma’lum qildi.

11 mart 2020, 23:02

JSST dunyoda koronavirus pandemiyasini e’lon qildi

COVID-19 tarqalishi pandemik xarakterga ega bo‘ldi, deya ma’lum qildi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adxan Gebreyesus.

11 mart 2020, 21:19

English Speaking Nation dasturi ishga tushirilmoqda

O‘zbekistonda ingliz tili o‘qituvchilarining bilim va malakalarini oshirish bo‘yicha English Speaking Nation dasturi ishga tushirilmoqda. Loyiha 5 mln dollarlik grant ajratayotgan Amerika tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Uch yil ichida 15 ming nafar o‘qituvchi mashg‘ulotlarda qatnashadi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting