2 aprel, payshanba

Yangiliklar

Sirdaryodagi YTHda besh kishi halok bo‘ldi 

Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi avtoyo‘lda Cobalt Damas bilan to‘qnashdi. Besh kishi halok bo‘ldi, ikki kishi jarohatlandi.

Amaldorlar xarajatlari va daromadlarining muvofiqligi nazorat qilinadi 

O‘zbekistonda yangi tashkil etilayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish organi davlat xizmatchilari xarajatlari va daromadlarining muvofiqligini nazorat qiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev kichkina bir bojxona posti boshlig‘ining uyidan 400 ming dollar topilganini ma’lum qildi.

Hokimlarning mahalliy deputatlarga rahbar bo‘lishiga chek qo‘yiladi 

Senat raisi Tanzila Narbayeva kelgusida hokimlar mahalliy deputatlar ustidan rahbarlik qilmasligi, ijro hokimiyati va vakillik organlari ajratilishini ma’lum qildi.

«Hali ko‘p rektorlarni ishdan bo‘shatamiz» — Shavkat Mirziyoyev 

Prezident tez orada bir qator oliy ta’lim muassasalari rektorlarini ishdan bo‘shatish haqida ogohlantirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ularning ba’zilari hatto qorovul bo‘lib ishlashga ham loyiq emas.

Imtiyozli kreditlar bo‘yicha stavka hozircha 16 foizdan kam bo‘lmaydi 

2020 yildan barcha imtiyozli kreditlar stavkasi 16 foizdan kam bo‘lmaydi. U pasayishi ham mumkin, ammo u Markaziy bank asosiy stavkasidan farqli bo‘lmaydi. Bank raisi o‘rinbosari imtiyozli kredit masalasiga oydinlik kiritib, nega tartib o‘zgarganiga munosabat qildi.

Adham Ikromov yo‘lovchi tashish litsenziyasini bekor qilishni taklif qildi 

Savdo-sanoat palatasi rahbari Adham Ikromov avtomobil transportida yo‘lovchi tashish faoliyatini litsenziyalashni bekor qilishni taklif kqildi. Avvalrok prezident litsenziyalar sonini kiskartirish zarurligini aytgan.

Rossiyada ilk bor koronavirusga chalinish holati qayd etildi 

Rossiyada koronavirus bilan kasallanish bilan bog‘liq dastlabki ikkita holat Baykalorti o‘lkasi va Tyumen viloyatida aniqlandi. Ikkala bemor ham Xitoy fuqarolari. Rossiyaliklarni Uxandan evakuatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Toshkentdagi «Lafarga» qabristoni atrofidagi voqealar tafsiloti 

Bolalar bog‘chasi oldida samosval tashib keltirgan tuproq uyumidan suyaklar chiqdi. Tuproq «Lafarga» qabristoniga yaqin joydan olib kelingan edi. Suyak parchasi ekspertizaga topshirildi. Qabristondagi eski masjid o‘rniga yangisi qurilayotgani, bu ishlar qabristonga ta’sir qilmasligi ma’lum qilindi.

Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva yangi lavozimga tayinlandi 

Komil Allamjonov Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi, Saida Mirziyoyeva uning o‘rinbosari etib saylandi.

O‘zbekiston 2026 yilgacha gaz zaxirasini 361 mlrd kub metrga oshirish niyatida 

2020−2025 yillarda O‘zbekistonda tabiiy gaz zaxirasi 361 milliard kub metrga, neft esa 20,4 million tonnaga ko‘payishi mumkin.

O‘rtachirchiq tumani hokimining o‘rinbosari maktablar faoliyatiga asossiz aralashganligi uchun «hayfsan» oldi 

O‘rtachirchiq tumanidagi 6 ta umumta’lim maktablarida dars mashg‘ulotiga xalal bergan holda tekshiruv o‘tkazgan tumani hokimi o‘rinbosari Farhod Sultonovga «hayfsan» intizomiy jazosi berildi.

O‘zbekistonda geologiya sohasida yangi universitet tashkil etiladi 

Prezident Shavkat Mirziyoyev geologiya sohasida faoliyat ko‘rsatadigan yangi universitet kampusiga tamal toshi qo‘ydi.