29 mart, yakshanba

Yangiliklar

Zoyir Mirzayev — Islom Karimov va Shavkat Mirziyoyev haqida 

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev O‘zbekistonning ikki prezidenti — Islom Karimov va Shavkat Mirziyoyevning sifatlari va siyosatini taqqosladi.

Alisher Mirzayev «Kapitalbank» rahbari bo‘ldi 

Hamkorbank rahbarining sobiq o‘rinbosari Alisher Mirzayev «Kapitalbank» boshqaruvi raisi etib tayinlandi.

Uy mojarosi tufayli o‘ziga o‘t qo‘ygan fuqaro vafot etdi 

Andijonda uy-joy mojarosi tufayli o‘ziga o‘t qo‘ygan X. G‘oyibnazarov vafot etdi. Prokuratura Jinoyat kodeksining 103-moddasi 1-qismi («O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Germaniyalik mutaxassislar hayvonot bog‘i rekonstruksiyasi loyihasiga jalb qilinadi 

Toshkent hayvonot bog‘ini rekonstruksiya qilish loyihasi Germaniyaning dan pearlman Group kompaniyasi tomonidan ishlab chiqiladi. Hayvonlarni saqlash sharoitlari xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilib, attraksionlar joylashuvi qayta ko‘rib chiqiladi.

Human agentligi rahbariga sud hukmi o‘qildi 

Human xususiy bandlik agentligi Shohinur Fayzullayevga 10 yil qamoq jazosi tayinlandi. Shuningdek, 1080 nafardan ortiq jabrlanuvchilar foydasiga 21 milliard 192 ming so‘mdan ziyod miqdorda moddiy zararni qoplab berishi kerak.

Cotton Campaign O‘zbekistonga tashrif buyurmoqda 

Milliy paxta mahsulotlarini jahonga mashhur tekstil va tayyor kiyim ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan boykot qilinishi tashabbuskori — Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi O‘zbekistonga kelmoqda. Ular amalga oshirilgan ishlarni tekshirmoqchi.

Aholi va ishbilarmonlarning inflyatsion kutilmalari 18 foizni tashkil etdi — MB 

Aholi va ishbilarmonlarning kelgusi 12 oy uchun inflyatsion kutilmalari 18 foizni tashkil etdi. Markaziy bank esa 2020 yil uchun inflyatsion prognozni 12−13,5 foiz darajasida saqlab qoldi.

Germaniyaning DEG korporatsiyasi «Kafolat» aksiyalarini sotib olmoqchi 

Germaniyaning DEG (Deutsche Investitions und Entwicklungsgesellschaft) investitsiya korporatsiyasi «Kafolat» sug‘urta kompaniyasidagi davlat ulushini sotib olishga qiziqish bildirmoqda. Korporatsiya sug‘urta bozoridagi yetakchi kompaniyalar rivojiga hissa qo‘shadi.

Andijonda yoshlar 10 kun muddatga hokim va uning o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlanmoqda 

«Andijonda yoshlar o‘n kunligi» loyihasi doirasida viloyatdagi barcha hokimlik rahbar lavozimlari yoshlarga topshirilmoqda. Ular 10 kun muddat Andijon viloyatini hokim Shuhrat Abdurahmonov bilan birga boshqaradi.

Ishchi guruh o‘zbek-tojik chegara chizig‘iga oydinlik kiritmoqda 

O‘zbekiston hukumati ishchi guruhining Dushanbega safarida umumiy chegara delimitatsiya masalalariga oydinlik kiritishi kutilmoqda.

2019-yilda o‘rtacha oylik ish haqi 2,32 mln so‘mni tashkil etdi 

O‘tgan yili O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2018-yilga nisbatan 27,5 foizga o‘sib, 2,32 mln so‘mni tashkil etdi.

Ozodbek Nazarbekov vazir sifatida jamoaga tanishtirildi 

Madaniyat vazirligida Ozodbek Nazarbekov yangi lavozimda jamoaga tanishtirildi. Tadbirda bosh vazir Abdulla Aripov hamda sobiq vazir, ayni paytda senator Baxtiyor Sayfullayev ham ishtirok etdi.