Yangiliklar

3 fevral 2020, 12:13

Yanvar oyida inflyatsiya 0,6 foizni tashkil etdi

Yanvar oyida inflyatsiya darajasi 0,6 foizni tashkil etdi. Oziq-ovqat mahsulotlari 1 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 0,2 foizga, xizmatlar 0,3 foizga qimmatlashdi.

3 fevral 2020, 10:34

Yer maydonlarini ajratishdagi korrupsion holatlar sanab o‘tildi

Bosh prokuror Nig‘matulla Yo‘ldoshev so‘nggi ikki yilda 56 ming gektar yer maydoni hokimliklar tomonidan noqonuniy ajratilganini ma’lum qildi. Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdorlarning 40 foizi — yer kadastri xodimlari.

3 fevral 2020, 09:49

Bekobodda 20 yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus ag‘darildi

Bekobodda 20 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan Isuzu avtobusining old g‘ildiragi o‘z-o‘zidan tormozlanib qolishi natijasida ag‘darilib ketdi. To‘rt kishi shifoxonaga yotqizildi.

3 fevral 2020, 09:41

Chet eldagi fuqarolarga xorijga chiqish pasportini berish tartiblari tasdiqlandi

Konsullik ro‘yxatida turuvchi O‘zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini berish tartibi belgilandi.

2 fevral 2020, 16:09

Pekin aeroportida qolib ketgan talabalarga yordam beriladi

O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi parvoz bekor qilinganligi sababli Pekin aeroportida qolib ketgan uch nafar o‘zbekistonlik talaba bilan bog‘landi.

2 fevral 2020, 15:49

YHXBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

Jamshid Karimov IIV YHXBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari — Yo‘l harakati xavfsizligini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

2 fevral 2020, 09:57

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev koronavirus tarqalishining fojiali oqibatlari sababli Si Szinpinga hamdardlik bildirdi. U O‘zbekiston kasallik tarqalishiga birgalikda qarshi kurashish choralarini Xitoy bilan yaqindan muvofiqlashtirishga tayyorligini bildirdi.

2 fevral 2020, 09:46

4-fevraldan Xitoyga aviaqatnovlar to‘xtatiladi

Uzbekistan Airways 4-fevraldan Pekin va Urumchiga doimiy aviaqatnovlar vaqtinchalik to‘xtatilishini ma’lum qildi.

1 fevral 2020, 23:39

YHXBBga 138 ta yangi xizmat avtomobili topshirildi

IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasiga zamonaviy uskuna va anjomlar bilan jihozlangan 138 ta avtomobil topshirildi.

1 fevral 2020, 17:33

Metro fojiasi bo‘yicha komissiya xulosasi e’lon qilindi

Metroning Yunusobod yo‘nalishida sodir bo‘lgan fojia bo‘yicha maxsus komissiyaning qisman xulosasi e’lon qilindi. Vafot etganlarning oilalariga qariyb 262 mln so‘m bir martalik nafaqa belgilangan.

1 fevral 2020, 13:22

Sirdaryodagi YTHda besh kishi halok bo‘ldi

Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi avtoyo‘lda Cobalt Damas bilan to‘qnashdi. Besh kishi halok bo‘ldi, ikki kishi jarohatlandi.

1 fevral 2020, 12:19

Amaldorlar xarajatlari va daromadlarining muvofiqligi nazorat qilinadi

O‘zbekistonda yangi tashkil etilayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish organi davlat xizmatchilari xarajatlari va daromadlarining muvofiqligini nazorat qiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev kichkina bir bojxona posti boshlig‘ining uyidan 400 ming dollar topilganini ma’lum qildi.

1 fevral 2020, 11:19

Hokimlarning mahalliy deputatlarga rahbar bo‘lishiga chek qo‘yiladi

Senat raisi Tanzila Narbayeva kelgusida hokimlar mahalliy deputatlar ustidan rahbarlik qilmasligi, ijro hokimiyati va vakillik organlari ajratilishini ma’lum qildi.

1 fevral 2020, 10:13

«Hali ko‘p rektorlarni ishdan bo‘shatamiz» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident tez orada bir qator oliy ta’lim muassasalari rektorlarini ishdan bo‘shatish haqida ogohlantirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ularning ba’zilari hatto qorovul bo‘lib ishlashga ham loyiq emas.

1 fevral 2020, 08:40 9

Imtiyozli kreditlar bo‘yicha stavka hozircha 16 foizdan kam bo‘lmaydi

2020 yildan barcha imtiyozli kreditlar stavkasi 16 foizdan kam bo‘lmaydi. U pasayishi ham mumkin, ammo u Markaziy bank asosiy stavkasidan farqli bo‘lmaydi. Bank raisi o‘rinbosari imtiyozli kredit masalasiga oydinlik kiritib, nega tartib o‘zgarganiga munosabat qildi.

1 fevral 2020, 08:28

Adham Ikromov yo‘lovchi tashish litsenziyasini bekor qilishni taklif qildi

Savdo-sanoat palatasi rahbari Adham Ikromov avtomobil transportida yo‘lovchi tashish faoliyatini litsenziyalashni bekor qilishni taklif kqildi. Avvalrok prezident litsenziyalar sonini kiskartirish zarurligini aytgan.

31 yanvar 2020, 19:39

Rossiyada ilk bor koronavirusga chalinish holati qayd etildi

Rossiyada koronavirus bilan kasallanish bilan bog‘liq dastlabki ikkita holat Baykalorti o‘lkasi va Tyumen viloyatida aniqlandi. Ikkala bemor ham Xitoy fuqarolari. Rossiyaliklarni Uxandan evakuatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

31 yanvar 2020, 19:13

Toshkentdagi «Lafarga» qabristoni atrofidagi voqealar tafsiloti

Bolalar bog‘chasi oldida samosval tashib keltirgan tuproq uyumidan suyaklar chiqdi. Tuproq «Lafarga» qabristoniga yaqin joydan olib kelingan edi. Suyak parchasi ekspertizaga topshirildi. Qabristondagi eski masjid o‘rniga yangisi qurilayotgani, bu ishlar qabristonga ta’sir qilmasligi ma’lum qilindi.

31 yanvar 2020, 15:14

Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva yangi lavozimga tayinlandi

Komil Allamjonov Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi, Saida Mirziyoyeva uning o‘rinbosari etib saylandi.

31 yanvar 2020, 15:07

O‘zbekiston 2026 yilgacha gaz zaxirasini 361 mlrd kub metrga oshirish niyatida

2020−2025 yillarda O‘zbekistonda tabiiy gaz zaxirasi 361 milliard kub metrga, neft esa 20,4 million tonnaga ko‘payishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting