Yangiliklar

14 noyabr 2019, 11:40

Olloshukurovaning shifoxonaga yotqizilishi tanqidlari bilan bog‘liq emas — Allamjonov

AOKA rahbari Komil Allamjonov bloger Nafosat Olloshukurovaning shifoxonaga yotqizilishi uning faoliyati bilan bog‘liq emasligini ma’lum qilib, jazolovchi psixiatriya qo‘llangani haqidagi gaplar provakatsiya ekanini ta’kidladi.

14 noyabr 2019, 11:34

O‘zbekistonlik yana bir bokschi professional boksda faoliyatini davom ettiradi

O‘zbekistonlik Abdulhay Shorahmatov faoliyatini professional boksda davom ettiradi. U Tayson Fyuri promouteri bilan ishlaydi.

14 noyabr 2019, 09:31

O‘zbekiston 2030-yilgacha onalar o‘limi va maishiy zo‘ravonlikni butkul yo‘qotishni zimmasiga oldi

O‘zbekiston 2030-yilgacha onalar o‘limi, gender notengligi va maishiy zo‘ravonlikni batamom tugatish majburiyatini zimmasiga oldi.

13 noyabr 2019, 20:47

Prezident o‘tkazgan yig‘ilishda haftaning har jumasi «Chorvachilik kuni» deb e’lon qilindi

Shavkat Mirziyoyev chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va ipakchilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

13 noyabr 2019, 20:07

Prezident huzurida xorijiy investorlar kengashi tuzildi

Prezident huzuridagi xorijiy investorlar kengashi xorijiy kompaniyalar, banklar, investitsiyaviy tuzilmalar, xalqaro va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari rahbarlari va vakillaridan tuziladi.

13 noyabr 2019, 19:29 1

«Prokuratura to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi

«Prokuratura to‘g‘risida"gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra prokuratura organlarida 20 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga 15 kalendar kun qo‘shimcha ta’til beriladi.

13 noyabr 2019, 19:23

Shavkat Mirziyoyev Osiyo taraqqiyot banki delegatsiyasini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga kelgan Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Takexiko Nakao boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

13 noyabr 2019, 18:29

DXX Chegara qo‘shinlari Farg‘ona viloyatidagi hodisa yuzasidan izoh berdi

Chegara qo‘shinlari yosh yigit chegarchilar tomonidan kaltaklangani yuzasidan izoh berar ekan, uning qonunbuzarlik sodir etilgan joyda harbiylarning qonuniy talablariga bo‘ysunmaganini ma’lum qildi.

13 noyabr 2019, 17:31 1

Andijon viloyatidagi o‘zgarishlar haqida she’r yozgan shoirga Nexia sovg‘a qilindi

Andijon viloyati hokimi paxta terimiga targ‘ib qilingan she’rlari uchun shoir Sharofiddin Boltaboyevga Nexia avtomobili sovg‘a qildi.

13 noyabr 2019, 15:53

O‘zbekiston Turkiya bilan soddalashtirilgan bojxona yo‘lagini tashkil etishni tezlashtirmoqchi

O‘zbekiston Turkiya bilan soddalashtirilgan bojxona yo‘lagini tashkil etish to‘g‘risidagi xalqaro shartnomani tayyorlashni tezlashtirish maqsadida.

13 noyabr 2019, 13:47 1

Toshkentda mushuklar uchun uychalar joylashtirib chiqiladi

Toshkent IIBB ko‘magida ichki ishlar bo‘limlari yaqiniga 78 ta mushuklar uchun uychalar joylashtiriladi.

13 noyabr 2019, 13:07

Toshkentda 2 200 AQSH dollariga qalbaki diplom sotayotgan firibgar ushlandi

Uchtepa tuman xalq ta’limi bo‘limining xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudir o‘rinbosari qalbaki diplomni 2 200 AQSH dollariga sotgan vaqtida ushlandi.

13 noyabr 2019, 13:01

Innovatsion rivojlanish vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Prezident qarori bilan Olimjon To‘ychiyev Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

13 noyabr 2019, 12:31

MIB, ichki ishlar va chegara qo‘shinlarining idoralararo hamkorlik tizimi qayta ko‘rib chiqildi

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan qarorga binoan qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekistondan chiqishini vaqtincha cheklash ijro hujjati qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etilmaganda qo‘llaniladi.

13 noyabr 2019, 12:26

Farg‘onada hamshiralik vazifasiga ishga kirish 800 AQSH dollari so‘ragan vrach qo‘lga olindi

Farg‘ona shahar ko‘p tarmoqli poliklinikasi vrach-laboranti bir fuqaroni ushbu shifoxonaga hamshiralik vazifasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 800 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ushlangan.

13 noyabr 2019, 12:14

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

Bahodirjon Shermuhammadov Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining yoshlar, ma’naviyat va ma’rifat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

13 noyabr 2019, 12:13

«Markaziy bank to‘g‘risida"gi qonun imzolandi

Prezident «Markaziy bank to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Hujjat Markaziy bankka erkin shakllanuvchi almashuv kursi rejimi sharoitida ichki valyuta bozoriga intervensiyalarning faqatgina valyuta kursining keskin tebranishlarini oldini olish maqsadida amalga oshirishga ruxsat beradi.

13 noyabr 2019, 12:05

Samarqandda turmush o‘rtog‘ini o‘ldirgan shaxs o‘z joniga qasd qildi

Samarqand viloyati, Oqdaryo tumanida yashagan fuqaro turmush o‘rtog‘ini qo‘llari bilan bo‘g‘ib o‘ldirib, so‘ngra yashash uyida arqon bilan o‘zini osib, joniga qasd qilgan.

13 noyabr 2019, 10:28

Toshkent viloyatidagi uyda sodir bo‘lgan portlash sababi ma’lum qilindi

Quyichirchiq tumanidagi uyda ikki kishining o‘limiga, to‘rt kishining jarohatlanishiga olib kelgan portlashga yer osti gaz quvuridan gazning kanalizatsiya tizimi orqali sizib chiqishi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

13 noyabr 2019, 09:56

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi noyabrda bo‘lib o‘tadi

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahat uchrashuvi noyabr oxirida Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Nursulton Nazarboyev hal qilinmagan masalalar borligini aytib o‘tdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting