Yangiliklar

28 yanvar 2020, 11:38

Bolasini sotmoqchi bo‘lgan ona qo‘lga olindi

Andijonda sakkiz oylik qizini 5000 dollarga sotmoqchi bo‘lgan yosh ona qo‘lga olindi.

28 yanvar 2020, 11:31

Xitoyda koronavirus qurbonlari soni 106 kishiga yetdi

Xitoyda yangi turdagi koronavirus tufayli kelib chiqqan pnevmoniyadan vafot etganlar soni 106 kishiga yetdi. Kasallanganlar soni esa 4,5 mingdan oshdi.

28 yanvar 2020, 10:53

Paxta hosili vaqtida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan mansabdorlar ro‘yxati e’lon qilindi

Paxta yig‘im-terimida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan va jarimaga tortilgan mansabdorlar ro‘yxati e’lon qilindi.

28 yanvar 2020, 10:24

Zoyir Mirzayev — Islom Karimov va Shavkat Mirziyoyev haqida

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev O‘zbekistonning ikki prezidenti — Islom Karimov va Shavkat Mirziyoyevning sifatlari va siyosatini taqqosladi.

27 yanvar 2020, 22:38

Alisher Mirzayev «Kapitalbank» rahbari bo‘ldi

Hamkorbank rahbarining sobiq o‘rinbosari Alisher Mirzayev «Kapitalbank» boshqaruvi raisi etib tayinlandi.

27 yanvar 2020, 21:15

Uy mojarosi tufayli o‘ziga o‘t qo‘ygan fuqaro vafot etdi

Andijonda uy-joy mojarosi tufayli o‘ziga o‘t qo‘ygan X. G‘oyibnazarov vafot etdi. Prokuratura Jinoyat kodeksining 103-moddasi 1-qismi («O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

27 yanvar 2020, 21:09

Germaniyalik mutaxassislar hayvonot bog‘i rekonstruksiyasi loyihasiga jalb qilinadi

Toshkent hayvonot bog‘ini rekonstruksiya qilish loyihasi Germaniyaning dan pearlman Group kompaniyasi tomonidan ishlab chiqiladi. Hayvonlarni saqlash sharoitlari xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilib, attraksionlar joylashuvi qayta ko‘rib chiqiladi.

27 yanvar 2020, 20:22

Human agentligi rahbariga sud hukmi o‘qildi

Human xususiy bandlik agentligi Shohinur Fayzullayevga 10 yil qamoq jazosi tayinlandi. Shuningdek, 1080 nafardan ortiq jabrlanuvchilar foydasiga 21 milliard 192 ming so‘mdan ziyod miqdorda moddiy zararni qoplab berishi kerak.

27 yanvar 2020, 19:48

Cotton Campaign O‘zbekistonga tashrif buyurmoqda

Milliy paxta mahsulotlarini jahonga mashhur tekstil va tayyor kiyim ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan boykot qilinishi tashabbuskori — Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi O‘zbekistonga kelmoqda. Ular amalga oshirilgan ishlarni tekshirmoqchi.

27 yanvar 2020, 19:44

Aholi va ishbilarmonlarning inflyatsion kutilmalari 18 foizni tashkil etdi — MB

Aholi va ishbilarmonlarning kelgusi 12 oy uchun inflyatsion kutilmalari 18 foizni tashkil etdi. Markaziy bank esa 2020 yil uchun inflyatsion prognozni 12−13,5 foiz darajasida saqlab qoldi.

27 yanvar 2020, 17:17

Germaniyaning DEG korporatsiyasi «Kafolat» aksiyalarini sotib olmoqchi

Germaniyaning DEG (Deutsche Investitions und Entwicklungsgesellschaft) investitsiya korporatsiyasi «Kafolat» sug‘urta kompaniyasidagi davlat ulushini sotib olishga qiziqish bildirmoqda. Korporatsiya sug‘urta bozoridagi yetakchi kompaniyalar rivojiga hissa qo‘shadi.

27 yanvar 2020, 16:59

Andijonda yoshlar 10 kun muddatga hokim va uning o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlanmoqda

«Andijonda yoshlar o‘n kunligi» loyihasi doirasida viloyatdagi barcha hokimlik rahbar lavozimlari yoshlarga topshirilmoqda. Ular 10 kun muddat Andijon viloyatini hokim Shuhrat Abdurahmonov bilan birga boshqaradi.

27 yanvar 2020, 16:36

Ishchi guruh o‘zbek-tojik chegara chizig‘iga oydinlik kiritmoqda

O‘zbekiston hukumati ishchi guruhining Dushanbega safarida umumiy chegara delimitatsiya masalalariga oydinlik kiritishi kutilmoqda.

27 yanvar 2020, 16:22

2019-yilda o‘rtacha oylik ish haqi 2,32 mln so‘mni tashkil etdi

O‘tgan yili O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2018-yilga nisbatan 27,5 foizga o‘sib, 2,32 mln so‘mni tashkil etdi.

27 yanvar 2020, 16:19

Ozodbek Nazarbekov vazir sifatida jamoaga tanishtirildi

Madaniyat vazirligida Ozodbek Nazarbekov yangi lavozimda jamoaga tanishtirildi. Tadbirda bosh vazir Abdulla Aripov hamda sobiq vazir, ayni paytda senator Baxtiyor Sayfullayev ham ishtirok etdi.

27 yanvar 2020, 15:58

«Tanho qayiq» Orol fojiasidan ham ortiq muammolar haqida ishlangan film — «O‘zbekkino»

Orol bo‘yidagi kimsasiz ovulda keksa qayiqsoz va uning dengiz fojiasi haqida film suratga olindi. Unga Nozim To‘laxo‘jayev rejissyorlik qilgan.

27 yanvar 2020, 15:30

Toshkentda bir kun ichida fuqarolardan 39 ta pichoq olib qo‘yildi

Toshkent IIBB xodimlari tomonidan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortgan shaxslarni tekshirish paytida ulardan 39 ta pichoq olib qo‘yildi.

27 yanvar 2020, 15:07

To‘rtta shaharda ISUZU D-Max pikaplari savdosi boshlandi

2020-yilning yanvar oyida O‘zbekistonda birinchi ISUZU D-Max pikaplari sotuvi boshlandi. Yangi avtomobillar narxi 270 milliondan 380 milliongacha so‘mni tashkil etadi.

27 yanvar 2020, 14:40

Hafta o‘rtasiga borib havo ancha iliydi

Hafta davomida ob-havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Juma kuni havoning ancha ilishi kutilmoqda, kechasi sovuq tushadi, kunduzi esa harorat +7… +12 darajani tashkil etadi.

27 yanvar 2020, 14:32

O‘zbekiston aholisi bir yil ichida 650,3 ming kishiga ko‘paydi

O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2019 yil davomida 650,3 ming kishi yoki 2 foizga ko‘payib, 33,9 million kishiga yetdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting