Yangiliklar

7 fevral 2020, 20:13

Foto: Karantinda saqlanuvchi fuqarolar yashash sharoiti

Sog‘liqni saqlash vazirligi Xitoydan kelgan fuqarolar joylashgan muassasa sharoitlari bilan tanishtirdi. Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Uxandan uchib kelgan va karantinga olingan o‘zbekistonliklar qoniqarsiz sharoitda yashayotgani iddao qilingandi.

7 fevral 2020, 19:02

Adliya vazirligi qamoqxonalarni qaramog‘iga olishni rad etdi

Adliya vaziri qamoqxonalarda qiynoqlarga qarshi kurashni ma’muriy boshqaruvdagi islohotlarsiz o‘tkazishga chaqirdi. Uning fikricha, har qanday tizimda boshqaruvni o‘zgartirmay islohot qilish mumkin.

7 fevral 2020, 17:06

Iliq ob-havo dam olish kunlari ham saqlanib qoladi

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududida ob-havo ko‘p yillik o‘rtacha ko‘rsatkichlardan 10−12 daraja yuqori bo‘ladi. Ayrim joylarda bir oz yomg‘ir yog‘ib o‘tishi mumkin.

7 fevral 2020, 13:21

Namanganda tibbiyot xodimi kaltaklandi

Namanganda 22 yoshli shaxs poliklinikada bo‘lim mudirini kaltaklab, yuz va burun qismiga jarohat yetkazdi. Bu yil boshidan buyon OAVga ma’lum bo‘lgan to‘rtinchi shu kabi hodisadir.

7 fevral 2020, 12:54

2019-yilda ipoteka kreditlari hajmi 66,6 foizga o‘sdi

Banklar 2019-yilda qariyb 8 trln so‘mlik ipoteka kreditlari ajratdi. Kreditlarning asosiy qismi — 83 foizdan oshig‘i — imtiyozli asosda taqdim etilgan.

7 fevral 2020, 12:15

Prezident uglevodorodlar qazib olish hajmini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi

Neft-gaz, elektr energiyasining barqaror ta’minotida xalqimiz, tadbirkorlarimiz talabini to‘la qanoatlantira olmayapmiz, dedi prezident. U joriy yilda tabiiy gaz va suyuq uglevodorodlar qazib olish hajmini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

7 fevral 2020, 12:03

Navoiy viloyatida bir qator IIB rahbarlari va xodimlar ishdan bo‘shatildi

Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Navoiy viloyatida bir qator tuman IIB boshliqlari va xodimlarni lavozimidan chetlashtirdi.

7 fevral 2020, 11:14

Chilonzordagi YTHda bir kishi o‘ldi, besh kishi jarohatlandi

Toshkentning Chilonzor tumanida noto‘g‘ri joydan ortga qaytib olmoqchi bo‘lgan Matiz haydovchisi o‘z o‘limiga va besh kishining jarohatlanishiga sabab bo‘ldi. Kuzatuv kamerasiga tushib qolgan avariya videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

7 fevral 2020, 10:26

Uzhealth CRM tizimini ishlab chiqishni tendersiz o‘tkazish rejalashtirilmoqda

Shifokor va provizorlarning yagona ma’lumotlar bazasini ishlab chiqaruvchisini tender o‘tkazmasdan belgilash taklif etilmoqda. 2021 yil 1 yanvardan vrachlar va provizorlar Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasidan ro‘yxatdan o‘tmasdan turib ishlay olmasliklari mumkin.

7 fevral 2020, 00:02

Adliya vaziri jinoyat tizimining shakllanish prinsiplarini tanqid qildi

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov tergov va sudlov tizimiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflarini bildirdi. U aybsizlik prezumpsiyasiga rioya etilmaslik holatlariga ham to‘xtaldi.

6 fevral 2020, 20:48

O‘zbekistonning AQSH «qora ro‘yxati»dan chiqish shartlari ma’lum qilindi

AQSH elchisi O‘zbekistonga savdo imtiyozlari, turli davlat kreditlari berilmayotganiga sharh berdi. Uning aytishicha, O‘zbekistonning «qora ro‘yxat»dan chiqib ketish yo‘llari bor.

6 fevral 2020, 19:07

Konstitutsion tuzumga tajovuz qilishda ayblangan fermer ozod etildi

Paxtakor tumanida yashagan baliqchi-fermer Aramais Avakyan ozodlikka chiqdi. U konstitutsion tuzumga tajovuz qilishda ayblangandi.

6 fevral 2020, 19:02

AQSH Markaziy Osiyoga harbiy tashkilot tuzishni taklif etmagan — elchi

AQSH Markaziy Osiyo davlatlariga harbiy tashkilot tuzish taklifini bildirmagan, dedi elchi Daniyel Rozenblyum. Rossiya nashrlari esa Vashington mintaqa davlatlari bilan shunday tashkilot tuzishini xabar qilgandi.

6 fevral 2020, 18:45

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Bobir Jo‘rayev Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Sevara Husanova esa hokim o‘rinbosari, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi etib tayinlandi.

6 fevral 2020, 14:21

Turkiyada ikkita qor ko‘chkisi natijasida qurbon bo‘lganlar soni 38 kishiga yetdi

Turkiya sharqida sodir bo‘lgan ikki ko‘chkisi natijasida kamida 38 kishi halok bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip Erdog‘anga hamdardlik bildirdi.

6 fevral 2020, 13:56

AQSH Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi strategiyasini taqdim etdi

AQSH Markaziy Osiyo bo‘yicha 2019−2025 yillarga mo‘ljallangan yangi strategiyasini e’lon qildi. Mintaqa davlatlarining mustaqilligini mustahkamlash, Afg‘onistonning Markaziy Osiyoga integratsiyasi va inson huquqlari sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish uning asosiy tamoyillaridan hisoblanadi.

6 fevral 2020, 12:47

Equinox avtomobilini yetkazib berish koronavirus sababli kechiktirilishi mumkin

UzAuto Motors Xitoydagi koronavirus epidemiyasi natijasida Chevrolet Equinox avtomobilini yetkazib berish kechiktirilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

6 fevral 2020, 12:36

Qo‘qonlik shaxs o‘q otar quroldan bir necha kishini jarohatladi

Qo‘qondagi choyxonalardan birida chiqqan janjalda fuqaro ov qurolidan o‘q uzib, bir necha kishini jarohatladi.

6 fevral 2020, 10:59

Istanbulda samolyot qattiq qo‘nishi natijasida uch kishi halok bo‘ldi

Istanbulda Pegasus aviakompaniyasi samolyoti qattiq qo‘nishi natijasida 3 kishi halok bo‘ldi, 179 kishi jarohat oldi.

6 fevral 2020, 10:46

Pekindan Toshkent aeroportiga uchinchi charter reys yetib keldi

Pekindan Toshkent aeroportiga uchinchi charter reys 251 nafar yo‘lovchi bilan yetib keldi. Kornavirus sababli odamlarni Xitoydan ko‘chirish jarayoni yakunlandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting