Yangiliklar

8 aprel 2020, 12:15

O‘zbekistonda 60 mingdan ortiq kishi koronavirusga test topshirgan

7 aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda umumiy 61 666 kishi koronavirusga test topshirgan.

8 aprel 2020, 11:57

Koronavirus yana 14 kishida aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni 534 taga yetdi.

8 aprel 2020, 11:53

Koronavirus aniqlangan bemor o‘pka va yurak yetishmovchiligidan vafot etdi

Koronavirus infeksiyasi aniqlangan 40 yoshli bemor o‘pka va yurak yetishmovchiligi oqibatida vafot etdi.

8 aprel 2020, 00:45

Koronavirus holatlari 520 taga yetdi

O‘zbekistonda COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni 520 taga yetdi.

7 aprel 2020, 23:42

O‘zbekistonda jamoat salomatligi va SEN bo‘yicha alohida OTM tashkil etiladi

O‘zbekistonda jamoat salomatligi va sanitariya-epidemiologiya nazorati yo‘nalishida alohida OTM tashkil etiladi. Bundan tashqari, Rossiya va Turkiya universitetlarining filiallari va klinikalari ham ochiladi.

7 aprel 2020, 22:30

Davlat granti asosidagi qabul hududiy ehtiyojga qarab belgilanadi

2020−2021 o‘quv yilidan boshlab tibbiyot sohasidagi bakalavriatning «Davolash ishi», «Pediatriya ishi» va «Kasbiy ta’lim (davolash ishi)» yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti asosida qabul kvotalari tuman va shaharlar kesimida shakllantiriladi.

7 aprel 2020, 22:21

Tibbiyot OTMlarida chet tilini bilgan talabalar stipendiyasiga qo‘shimcha ustama to‘lanadi

Chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi xalqaro sertifikatga ega tibbiyot yo‘nalishi talabalarining stipendiyalariga qo‘shimcha ustama to‘lanadi. Shuningdek, PhD yoki DSc darajasini olgan shifokorlar oylik maoshlariga har oy MHTEKMning 15 baravarigacha ustama qo‘shiladi.

7 aprel 2020, 22:06 2

Tibbiyot kollejlari negizida jamoat salomatligi texnikumlari tashkil etiladi

47 ta tibbiyot kolleji negizida Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlari tashkil etiladi. Texnikum bitiruvchilari tibbiyot OTMlariga imtihonsiz qabul qilinadi va bakalavrning 2- bosqichidan o‘qishni davom ettiradi.

7 aprel 2020, 19:26

Amir Temur haykalidan koronavirus qachon ketishini so‘ragan yoshlar 15 sutkaga qamaldi

Toshkentda Amir Temur haykalidan koronavirus qachon ketishini so‘rab, o‘z harakatlarini videoga olgan bir qiz va ikki yigitga 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

7 aprel 2020, 18:41

Forbes 2020 yilning eng boy insonlarini e’lon qildi

Forbes jurnali dunyo bo‘ylab 2020 yilning eng boy insonlarini e’lon qildi. Amazon asoschisi Jeff Bezos ketma-ket uchinchi yil uchun eng yuqori o‘rinni egalladi. Bezos bir yil ichida 18 mlrd dollar yo‘qotgan.

7 aprel 2020, 18:07

Odil Ahmedov O‘zbekistonga insonparvarlik yordami yuboradi

Futbolchi Odil Ahmedov O‘zbekistondagi tibbiyot muassasalariga insonparvarlik yordami yuboradi.

7 aprel 2020, 17:57

Banklar mijozlari kartalaridagi pul aylanmasi haqida soliq xizmatini xabardor qiladi

DSQ banklar jismoniy shaxslarning barcha kartalariga 30 mln so‘mdan ortiq mablag‘ tushsa va P2P tranzaksiyalari soni 10 tadan oshsa, bu haqda soliq organlarini xabardor qilish tartibini joriy etishni taklif qilmoqda.

7 aprel 2020, 17:47

Tezkor transportlar o‘tishiga to‘sqinlik qilgan haydovchilarga jarima oshirilishiga deputatlar qarshi

Tezkor va maxsus transport vositalarining to‘siqsiz o‘tib ketishiga halaqit bergan haydovchiga jarima miqdori oshirilishiga Oliy Majlisning 82 nafar deputati qarshi chiqdi.

7 aprel 2020, 17:22

Koronavirus bemorlari: 212 nafari erkak, 292 nafari xotin-qizlar

Hozirgacha aniqlangan koronavirus bemorlarining 212 nafari erkak, 292 nafari xotin-qizlar. Bemorlarning 194 nafari Toshkentda, qolganlari viloyatlarda davolanmoqda.

7 aprel 2020, 15:12

Xorijda bo‘lib turgan 23 nafar fuqaroda COVID-19 tasdiqlandi — TIV

Avstriya, Armaniston, AQSH, BAA, Koreya Respublikasi, Pokiston, Rossiya, Tailand va Qozog‘istonda jami 23 nafar O‘zbekiston fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Ularning 3 nafari vafot etdi.

7 aprel 2020, 15:01

Yana 32 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi

O‘zbekistonda COVID-19 tasdiqlangan holatlar soni 504 taga yetdi. Yana 32 kishining koronavirus infeksiyasiga chalingani aniqlandi.

7 aprel 2020, 14:22

Xitoyda kun davomida koronavirusdan o‘lim holatlari qayd etilmadi

Xitoyda bir kun davomida koronavirus tufayli birorta ham o‘lim qayd etilmadi. Barcha COVID-19 holatlari chet eldan kelgan fuqarolarda aniqlandi.

7 aprel 2020, 13:47

Toshkentda kun davomida 395 ta avtomobilning stikersiz harakatlangani aniqlandi

Toshkentda bir kun davomida 395 ta avtomobilda stikersiz shahar bo‘ylab harakatlanish holatlari qayd etilib, barchasida transport vositasi karantin tugagunga qadar jarima maydonchasiga joylandi.

7 aprel 2020, 13:41

IIBB huquqni muhofaza qilish organlarining karantin vaqtidagi vakolatlari haqida

Huquqni muhofaza qilish organlari fuqarolarni to‘xtatish, ularga savol berish, harakatlanishni nazorat qilish, velosipedlarni olib qo‘yish vakolatlariga egami? Uy hayvonlarini aylantirishga olib chiqish mumkinmi? Keksa yoshdagi qarindoshlar haqida qanday g‘amxo‘rlik qilish kerak? IIBB «o‘zini yakkalash» tartibi davomida ko‘p beriladigan savollarga javob berdi.

7 aprel 2020, 13:11

Toshkentda 61 ta post tashkil etildi

Toshkent ko‘chalarida majburiy tarzda o‘zini yakkalash tartibiga rioya etilishini nazorat qiluvchi 61 ta doimiy YPX postlari tashkil etildi. Transport vositalari Kichik xalqa yo‘li bo‘ylab ushbu postlar orqali o‘tishlari uchun 75 ta ikkinchi darajali yo‘l yopildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting