21 aprel 2021, 14:18

Qo‘y podasini olib ketayotgan yuk mashinasi ag‘darildi

Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida qo‘ylarni olib ketayotgan yuk mashinasi ag‘darilib ketdi. Qutqaruvchilar mashinadan 130 bosh zotdor qo‘yni qutqara olishgan, hayvonlarning bir qismi nobud bo‘lgan. Mashina haydovchisi jabrlanmagan.

21 aprel 2021, 14:09

Paxtachi tumanida fizika-matematikaga ixtisoslashgan maktab tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan haftada Samarqandga tashrifi chog‘ida Paxtachi tumanida fizika-matematikaga ixtisoslashgan maktab tashkil etish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov mazkur tumanga borib, mavjud imkoniyatlarni o‘rgandi. Maktab sobiq Paxtachi avtomobil va yo‘llar kasb-hunar kolleji o‘rnida tashkil etiladi.

21 aprel 2021, 13:11

«Ro‘zalarni tutib, davolanib yotibdilar» — Otabek Umarovning sog‘lig‘i haqida ma’lumot berildi

Sportchi Murod Xonto‘rayev prezidentning kuyovi Otabek Umarov haqidagi turli xabarlarga ishonmaslikni va hozirda uning salomatligi yaxshi ekanligini aytdi. «Kayfiyatlari zo‘r. Lecheniye olib, Ramazonni o‘tkazib keladilar», — dedi u.

21 aprel 2021, 12:56

Superliga rasman to‘xtatildi. Bunga ingliz klublari musobaqadan chiqib ketgani sabab bo‘ldi

Angliyaning «Chelsi», «Arsenal», «Liverpul», «Manchester Yunayted», «Manchester Siti» va «Tottenxem» klublari Superligada qatnashishdan bosh tortgandan keyin musobaqa rasman to‘xtatildi. Keyinroq loyiha qaytadan ko‘rib chiqilishi ma’lum qilindi.

21 aprel 2021, 12:19

Qaynonasi, homilador xotini va ikki nafar bolani o‘ldirgan shaxs umrbod qamaldi

Yakkabog‘da 30 yoshli erkak xotini, qaynonasi va ikki nafar yosh bolani pichoqlab o‘ldirgan edi. Mazkur shaxsga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

21 aprel 2021, 11:46

Sobiq politsiyachi Derek Shovin Jorj Floydning o‘limida aybdor deb topildi

Sobiq politsiyachi Derek Shovin afroamerikalik Jorj Floydni o‘ldirishda aybdor deb topildi. Uning o‘limi AQSHda irqchilikka qarshi noroziliklarni keltirib chiqargan edi. Shovinga 40 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

21 aprel 2021, 11:34

“Bir tilni barcha uchun majburiy “xalq tili"ga aylantirishdan tiyilaylik” — Rasul Kusherbayev

“Milliy tiklanish” fraksiyasi raisi Alisher Qodirov davlat tili to‘g‘risidagi qonun loyihasi hech qaysi millat vakilini kamsitmasligini, “lekin bu mehribonlik o‘zimizni kamsitish hisobiga bo‘lmasligi kerak"ligini ta’kidladi. Deputat Rasul Kusherbayev masala faqatgina davlat tilida ish yuritish haqida ketayotganligini eslatdi. “Ko‘p millatli mamlakatda davlat tili masalasini faqat qaysidir millat taqdiri bilan bog‘layverish noto‘g‘ri”, — deydi u.

21 aprel 2021, 11:20

O‘zbekiston futzal terma jamoasi Jahon chempionatida ishtirok etadi

O‘zbekiston futzal terma jamoasi Litvadagi jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. Jahon chempionati 2021 yil 12 sentyabr — 3 oktyabr kunlari Litva mamlakatida bo‘lib o‘tadi.

21 aprel 2021, 11:05

Allamjonov OAV faoliyati bilan shug‘ullanuvchi biznesga bosim haqida fikr bildirdi

«Nomi matbuot bo‘lgani, uning ustiga minib olsa ham bo‘ladi degani emas», — deb yozdi Komil Allamjonov. Davlat idorasi xodimlarining OAV faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga bosim o‘tkazishi noqonuniy, deya ta’kidladi u.

21 aprel 2021, 10:56

9 May tadbirlari karantin talablari asosida o‘tkaziladi

Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlari karantin talablariga muvofiq o‘tkaziladi. Toshkentda bayramona salyut bo‘lib o‘tadi. Urushning ehtiyojmand ishtirokchilarining uylari ta’mirlanadi. Ularni parvarish qilish va yordam berish maqsadida patronaj xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

21 aprel 2021, 10:44

«Paxtakor» OCHLning 3-turida «Sharja»ga yirik hisobda yutqazdi

«Paxtakor» jamoasi OCHL guruh bosqichida 3-tur uchrashuvini «Sharja» klubiga qarshi o‘tkazdi. Mazkur bahsda 1:4 hisobi qayd etildi va unda sharjaliklar g‘alabaga erishishdi. Shuningdek, bugun Olmaliqning AGMK jamoasi BAAning «Shabab Al Ahli» klubiga qarshi maydonga tushadi.

21 aprel 2021, 10:28

Korrupsion jinoyatlarning sabablari ma’lum qilindi

2020 yilda korrupsion jinoyatlarning asosiy sabablari moddiy manfaatdorlik (30%), byurokratik to‘siqlarning mavjduligi (28%) va ijtimoiy ta’minlanmaganlik yoki adolatli mehnat sharoiti yo‘qligi (12%) kabi omillar bo‘lgan.

21 aprel 2021, 08:43

Mehnat vazirligi Shuhrat G‘aniyev yakshanba kuni yig‘ilish o‘tkazganiga munosabat bildirdi

Yakshanba kuni bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev raisligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilib, unga hokimiyatlar, vazirlik va idoralar xodimlari jalb qilingan. Mehnat vazirligi vaziyatga munosabat bildirdi va idoralarga dam olish kunida ishga jalb qilingani uchun qo‘shimcha ish haqi to‘lash to‘g‘risida ogohlantirish yuborilganini ma’lum qildi.

21 aprel 2021, 08:10

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 12 mln so‘mdan beriladi

Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 12 mln so‘mdan beriladi.

20 aprel 2021, 20:41

Jahon yangiliklari dayjesti

Buyuk Britaniyada pandemiyalarga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro ekspertlar guruhining tashkil etilishi, Ukrainada maxsus xizmatlarning shay holatga keltirilgani, Qirg‘izistonda koronavirus keng tarqalishi sababli maktab imtihonlarining bekor qilingani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

20 aprel 2021, 18:14 1

Chad prezidenti qo‘zg‘olonchilarga qarshi jangda jarohatlanib, vafot etdi

Chad prezidenti Idris Debi qo‘zg‘olonchilarga qarshi jang paytida olgan jarohati tufayli vafot etdi. Avvalroq Idris Debi 79 foizdan ko‘proq ovoz to‘plab, oltinchi muddatga prezidentlikka qayta saylangan edi.

20 aprel 2021, 18:08

UzAuto Motors hozircha avtomobillar ishlab chiqarishni o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga olib chiqa olmadi

UzAuto Motors zavodidagi ishlab chiqarishning yanvar oyidagi keskin to‘xtashidan so‘ng avtomobillarni ishlab chiqarishni o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlariga yetkaza olganicha yo‘q. 2021 yil fevral oyida o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 9 873 ta avtomobil kam ishlab chiqarilgan, mart oyida esa 4543 taga kamroq. Eng ko‘p chiqarilgan avtomobil modeli — Cobalt, eng kam ishlab chiqarilgan model Spark.

20 aprel 2021, 16:32

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket oltinchi bor ko‘tarilmoqda

Dollarning rasmiy kursi 12 so‘mga qimmatladi va jami 10 537 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham ko‘tarildi, rubl esa biroz pasaydi.

20 aprel 2021, 16:20

Matbuot erkinligi reytingida O‘zbekiston ko‘rsatkichi yomonlashdi

O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida o‘tgan yilgiga nisbatan bir pog‘ona pastlab, 157-o‘rinni egalladi. Ushbu reytingda Norvegiya ketma-ket beshinchi yil yetakchiga aylanmoqda. Eng oxirgi, 180-o‘rinda esa Eritreya mamlakati turibdi.

20 aprel 2021, 15:14

Milliy gvardiya instituti Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta tashkil etildi

Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta tashkil etildi. Universitet IIV, Milliy gvardiya va Qurolli Kuchlarning bir qancha yo‘nalishlari uchun kadrlar tayyorlaydi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting