29 fevral, shanba

Yangiliklar

1 yanvardan nimalar o‘zgaradi — 1-qism 

Qisqarayotgan hujjatlar va vakolatlar, o‘zini-o‘zi moliyalashtirishga o‘tayotgan OTMlar, hokimliklarning boshqa davlat organlariga o‘tayotgan vakolatlari va boshqa o‘zgarishlar — 1 yanvardan qisqarayotgan hujjatlar va vakolatlar.

Bodikameralar 2020-yilning 1-yanvaridan boshlab amaliyotda ishlatiladi 

Xitoy kompaniyasidan 6193 ta bodikamera xarid qilindi. Ulardan 2020-yilning 1-yanvaridan boshlab foydalaniladi.

Armiya QVZchilari O‘zbekiston chempioni bo‘ldi 

Mudofaa vazirligining «Yirik kalibr» Oliy liga QVZ o‘yinlarining finalida 19,3 ball bilan 2019 yil chempioniga aylandi.

Voyaga yetmagan qizni 4-qavatdan tashlab yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan shaxs ushlandi 

Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi shaxs mast holda o‘zi bilan yashab kelayotgan ayolning voyaga yetmagan qizini 4-qavatdan tashlab yuborib, o‘limiga sababchi bo‘ldi. Ayblanuvchi qo‘lga olingan.

Eldor Shomurodov Osiyoning eng yaxshi futbolchisi unvoniga nomzod bo‘ldi 

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va «Rostov» hujumchisi Eldor Shomurodov 2019 yilda Osiyoning eng yaxshi futbolchisi unvoni uchun kurash olib boradi. Nomzodlar orasida «Liverpul», «Tottenxem», «Guanchjou Evergrand» futbolchilari ham bor.

«Milliy tiklanish» yetakchisi ikkinchi davraga qoldi 

«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov deputatlikka saylanish uchun yetarli ovoz to‘play olmadi. U ovoz berishning ikkinchi bosqichida ishtirok etadi.

Koreyaning Kobea Group kompaniyasi O‘zbekistondagi birinchi kripto-birjani ochadi 

Janubiy Koreyaning Kobea Group kompaniyasiga O‘zbekistondagi birinchi kripto-birjani ochishga litsenziya berildi.

Olma Ota-Toshkent avtomagistralida 80 kishi evakuatsiya qilindi 

Ko‘rish darajasi pastligi sababli Olma Ota-Toshkent-Termiz avtomagistralida 80 kishi, jumladan 36 nafar avtobus yo‘lovchisi evakuatsiya qilindi.

Hafta o‘rtasida havoning isishi kutilmoqda 

Haftaning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda havoning isishi kutilmoqda, kunduzi havo harorati +10… +15 darajagacha ko‘tariladi.

2020-yil bahorigacha Gruziyaga poyezd orqali yuk tashishni boshlash rejalashtirilmoqda 

O‘zbekiston 2020-yil bahoriga qadar Ozarbayjon va Gruziyaga tranzit poyezdlari harakatini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Saylovlar qonunbuzarliklarsiz o‘tmadi 

Deputatlikka nomzodlar, kuzatuvchilar va saylovchilar saylov kunida qonunbuzarliklar, jumladan soxta bayonnomalar va kuzatuvchilar faoliyatiga to‘sqinliklar haqida xabar qildi. MSK va Bosh prokuratura ushbu xabarlarni o‘rganmoqda.

O‘zLiDeP Qonunchilik palatasidagi ko‘pchilik o‘rinni saqlab qoldi 

O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP), saylovlarning dastlabki natijalariga ko‘ra, yana Qonunchilik palatasidagi ko‘pchilik o‘rinni saqlab qoldi.