Yangiliklar

15 aprel 2020, 12:32

O‘zbekiston Vengriyaga 500 mingta tibbiy niqob jo‘natdi

O‘zbekiston Vengriyaga koronavirus bilan kurashish uchun 500 mingta tibbiy niqob jo‘natdi.

15 aprel 2020, 12:29

Karantin may oyida ham davom etish ehtimoli yuqori — bosh vazir o‘rinbosari

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov karantin choralarining may oyida ham davom etish ehtimoli yuqoriligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonning YAIMi birinchi chorakda 4,1−4,4 foiz atrofida o‘sgan, eksport 11 foizga, import esa 10 foizga qisqargan.

15 aprel 2020, 11:55

AQSH Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini moliyalashtirishni to‘xtatadi

AQSH Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini moliyalashtirishni vaqtincha to‘xtadi. Tramp bu qarorni tashkilot o‘zining asosiy vazifasini bajara olmagani bilan asosladi. O‘z navbatida, BMT bosh kotibi hozir JSST uchun resurslarni kamaytirish vaqti emasligini ta’kidladi.

15 aprel 2020, 11:46

Markaziy bank asosiy stavka pasaytirilganiga izoh berdi

Markaziy bank asosiy stavkaning 16 foizdan 15 foizga pasaytirilishi yuzasidan izoh berdi. Asosiy omillar tashqi va ichki talabning qisqarishi sharoitida iqtisodiy faollikning sekinlashuvi hamda inflyatsiya prognozlarining pasayishi bilan bog‘liq.

15 aprel 2020, 11:40

Dollarning rasmiy kursi 10,1 ming so‘mdan oshdi

Markaziy bank haftada ikkinchi marta valyuta kurslarini yangiladi. Dollar 427 so‘mga ko‘tarilib, 10121 so‘mga yetdi.

15 aprel 2020, 10:11

O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holatlari 1214 taga yetdi

O‘zbekistonda yangi tasdiqlangan koronavirus holatlari 49 taga oshib, jami 1214 taga yetdi.

14 aprel 2020, 23:36

Koronavirus bemorlari soni 1165 kishiga yetdi

14 aprel kni O‘zbekistonda yana 167 nafar koronavirus bemori aniqlanib, umumiy 1165 kishiga yetdi.

14 aprel 2020, 22:50

Yirik obyektlardagi qurilishlar qayta tiklanadi

Maxsus komissiya yirik obyektlarda sanitariya va gigiyena qoidalariga to‘liq rioya qilgan holda qurilish, rekonstruksiya va ta’mir ishlarini olib borishga ruxsat berdi. Chirchiq, Olmaliq, Bekobod, Yangiyo‘l va Chinozda ham karantin cheklovlari joriy etildi.

14 aprel 2020, 22:35

Pandemiya va iqtisodiy koma: Yashab qolish rejimi

Iqtisodchi Botir Qobilov — koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan iqtisodiy komalar davridagi karantin choralari, iqtisodiyot va aholini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida.

14 aprel 2020, 22:29

Dizel bahosi 5600 so‘mga tushirildi

14 aprel kunidan e’tiboran «O‘zbekneftgaz» dizel yonilg‘isi litrining bahosini 5600 so‘m etib belgiladi. Uch oy ichida dizel narxi deyarli 2000 so‘mga arzonlashdi.

14 aprel 2020, 21:01

Shavkat Mirziyoyev: «Karantinni qachon bekor qilishni xalqimiz bilan bamaslahat ko‘rib chiqamiz»

O‘zbekiston prezidenti koronavirus bilan kurashda uning barvaqt oldini olish uchun barcha imkoniyatlarni va resurslarni ishlatish kerakligini eslatib o‘tdi. Karantinning qachon bekor qilinishi bo‘yicha xalq bilan maslahat qilinishi aytildi

14 aprel 2020, 20:04

Pensiya huquqi va pasport muddati tugaganlar uchun to‘lovlar 4 oyga uzaytirildi

Pensiyaga bo‘lgan huquqni tasdiqlash muddati kelgan yoki pasport muddati tugagan fuqarolardan hujjat talab etmagan holda to‘lov muddatlari 4 oyga uzaytirildi.

14 aprel 2020, 19:32

Tomorqaga ekin ekmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishi kutilmoqda

O‘zbekistonda tomorqaga ekin ekmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilash bo‘yicha loyiha ishlab chiqiladi. Shuningdek, tomorqasiga ekin ekmagan yer egasiga yer solig‘ini oshirilgan stavkada qo‘llashni nazarda tutuvchi tuman hokimlari qarorlari qabul qilinadi.

14 aprel 2020, 19:09

JSST karantin cheklovlarini bekor qilishda shoshilmaslikka chaqirdi

Italiya, Ispaniya va Avstriya koronavirus tarqalishi sekinlashgani sababli karantin cheklovlarini asta-sekin yumshatmoqda. JSST rahbari esa ushbu masalaga ehtiyotkorlik bilan yondashish hamda cheklovlarni sog‘liqni saqlash tizimi infeksiyaning ikkinchi to‘lqiniga dosh berishga tayyor bo‘lgandagina yumshatishga chaqirdi.

14 aprel 2020, 18:17

2020 yil uchun zakot miqdori e’lon qilindi

O‘zbekiston musulmonlar idorasi 2020 yil uchun zakot miqdorini e’lon qildi

14 aprel 2020, 17:25

Markaziy Bank asosiy stavkasi yillik 15 foiz etib belgilandi

Markaziy bankning asosiy stavkasi 1 foiz bandga pasaytirilib, yillik 15 foiz darajasida belgilandi.

14 aprel 2020, 17:24

Toshkentda tez yordam mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentning Olmazor tumanida tez tibbiy yordam mashinasi yengil avtomobil bilan to‘qnashdi. Besh kishi jarohatlanib, shifoxonaga yotqizildi.

14 aprel 2020, 17:16

Chernobil zonasidagi o‘rmon yong‘inlari AESga yaqinlashmoqda

Chernobil zonasidagi o‘rmon yong‘inlari AESning radiatsion chiqindilar omboriga yaqinlashdi. Yong‘inning qasddan o‘t qo‘yish sababli yuzaga kelgani taxmin qilinib, 2 gumondor qo‘lga olindi. Alanga tarqalishining oldini olish uchun aviatsiya ham jalb qilingan.

14 aprel 2020, 15:45

Koronavirus holatlari 1113 taga yetdi

O‘zbekistonda yangi tasdiqlangan koronavirus holatlari 59 taga oshib, jami 1113 taga yetdi.

14 aprel 2020, 15:31

IIV: 60 mingga yaqin holatlarda karantin qoidalari buzilgan

Karantin e’lon qilingandan buyon O‘zbekistonda qariyb 60 mingta karantin qoidalarini buzish holatlari aniqlandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting