Yangiliklar

19 fevral 2020, 13:31

Birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi koronavirus sababli qoldirildi

5−6 mart kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan Toshkent xalqaro investitsiya forumi koronavirus sababli kuzga qoldirildi.

19 fevral 2020, 11:56

Toshkent viloyatining to‘rtta tumaniga hokimlar tayinlandi

Toshkent viloyatining Bo‘ka, Bekobod, Yangiyo‘l va Toshkent tumanlari hokimlari o‘zgardi.

19 fevral 2020, 11:56

Reportaj: Demokratik yangilanish masalasiga daxldor xalqaro anjuman

Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro anjumanda mamlakatni demokratik yangilash jarayonida parlament va hokimiyat vakillik organlari vazifalari tahlil qilindi. Unda parlament rahbariyati, vazirlar va ekspertlar o‘z mulohazalarini bildirdi. «Gazeta.uz» anjumandagi asosiy fikrlarni bir maqolaga jamladi.

19 fevral 2020, 11:02

Toshkentda xalqaro terroristik tashkilot tarafdorlari va a’zolari qo‘lga olindi

Toshkentda «Tavhid va jihod katibasi» xalqaro terroristik tashkiloti tarafdordari va a’zolari aniqlanib, 21 kishi qo‘lga olindi.

19 fevral 2020, 10:50

Prezident Turkiyaga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan Anqaraga jo‘nab ketdi.

18 fevral 2020, 20:23 3

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi

Prezident farmoni bilan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi. FHDYO organlari DXA tasarrufiga o‘tkaziladi.

18 fevral 2020, 19:57

Jinoyat sudida ilk bor bolalarga do‘stona muhitli tergov xonasi ochildi

Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudida ilk bolalarga do‘stona muhitli tergov xonasi tashkil etildi. U sudlarda jinoyat ishlarini ko‘rib chiqish vaqtida bolalarga ruhiy shikast yetkazish ehtimolini imkon qadar kamaytirishga yordam beradi.

18 fevral 2020, 17:17

O‘zbekiston aholisi 34 million kishiga yetdi

Yil boshidan beri O‘zbekistonning doimiy aholisi qariyb 100 ming kishiga ko‘payib, 34 millionga yetdi.

18 fevral 2020, 16:18

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha amaliy uchrashuvlar yana davom etadi — TIV

Jenevada O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruhi yig‘ilishlari qaytadan boshlanadi.

18 fevral 2020, 15:33

Hindiston O‘zbekiston yadro infratuzilmalarini rivojlantirishda yordamga tayyor

Hindiston O‘zbekistonda milliy yadro infratuzilmalarini rivojlantirish jarayonida ishtirok etishga qiziqish bildirdi.

18 fevral 2020, 14:59

Xitoydan kelganlarning bir qismi karantindan so‘ng uylariga kuzatildi

Xitoydan O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan 294 fuqaro «Bo‘ston» sanatoriyasida ikki haftalik karantindan so‘ng uylariga kuzatildi. Qolgan fuqarolarning karantin muddati chorshanba va payshanba kunlari yakuniga yetadi.

18 fevral 2020, 14:13

Abdulla Aripov Human bandlik agentligidan jabrlanganlar bilan uchrashdi

Bosh vazir Abdulla Aripov prezident nomidan Human bandlik agentligi faoliyatidan jabrlanganlar bilan uchrashib, 1086 nafar fuqaroga tadbirkor yetkazgan zarar Mehnat vazirligining byudjetdan tashqari jamg‘armasi hisobidan qoplab berilishini ma’lum qildi. Xususiy bandlik agentliklari yopiladi. Uchrashuv tafsilotlari — «Gazeta.uz» reportajida.

18 fevral 2020, 13:39

Senator Dilfuza Uralova Boyovut tumaniga hokim bo‘ldi

O‘lmasjon Mamadaminov boshqa ishga o‘tayotganligi munosabati bilan Boyovut tumani hokimi lavozimidan ozod etildi. Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, senator Dilfuza Uralova Boyovut tumaniga hokim bo‘ldi.

18 fevral 2020, 13:24

Iqtisodiy zonalar haqidagi qonun yangilandi

«Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida"gi yangi qonun uch oydan keyin 1996 yilda qabul qilingan erkin iqtisodiy zonalar haqidagi qonunning o‘rnini egallaydi. Iqtisodiy zonalar turlariga ko‘ra ajratiladi, u yerda amalga oshiriladi investitsiya loyihalariga talab qo‘yiladi.

18 fevral 2020, 12:47

Deputatlar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri lavozimiga nomzodni ma’qulladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri lavozimiga nomzodini ma’qulladi.

18 fevral 2020, 09:39

Litsenziya va ruxsatnomalar berish tartiblari qayta ko‘rib chiqiladi

Prezident inson sog‘ligiga va jamiyatga ziyon yetkazmaydigan faoliyat turlari litsenziyalashdan chiqarib tashlanishi lozimligini ta’kidladi. Avgustga qadar litsenziya berish bilan bog‘liq barcha jarayonlarni to‘liq avtomatlashgan yagona elektron tizimni ishga tushirish belgilandi.

17 fevral 2020, 23:15

Bosh vazir YeOIIga a’zo bo‘lish masalasida gapirdi

Bosh vazir Abdulla Aripov Human xususiy bandlik agentligidan jabr ko‘rgan aholi bilan uchrashuvda O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lishi masalasiga munosabat bildirdi.

17 fevral 2020, 17:44

Chilonzorda qiz bolaga hujum qilgan shaxs qidirilmoqda

Toshkent IIBB Chilonzor tumanida ko‘p qavatli uy liftida qiz bolaga hujum qilgan erkakni qidirmoqda.

17 fevral 2020, 17:32 1

O‘zbekiston prezidenti Turkiyaga tashrif buyuradi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19−20 fevral kunlari Turkiyaga tashrif buyuradi.

17 fevral 2020, 17:19

Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida VAZ va KIA Rio to‘qnashuvi natijasida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting