3 aprel, juma

Yangiliklar

Equinox avtomobilini yetkazib berish koronavirus sababli kechiktirilishi mumkin 

UzAuto Motors Xitoydagi koronavirus epidemiyasi natijasida Chevrolet Equinox avtomobilini yetkazib berish kechiktirilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Qo‘qonlik shaxs o‘q otar quroldan bir necha kishini jarohatladi 

Qo‘qondagi choyxonalardan birida chiqqan janjalda fuqaro ov qurolidan o‘q uzib, bir necha kishini jarohatladi.

Istanbulda samolyot qattiq qo‘nishi natijasida uch kishi halok bo‘ldi 

Istanbulda Pegasus aviakompaniyasi samolyoti qattiq qo‘nishi natijasida 3 kishi halok bo‘ldi, 179 kishi jarohat oldi.

Pekindan Toshkent aeroportiga uchinchi charter reys yetib keldi 

Pekindan Toshkent aeroportiga uchinchi charter reys 251 nafar yo‘lovchi bilan yetib keldi. Kornavirus sababli odamlarni Xitoydan ko‘chirish jarayoni yakunlandi.

OTM talabalariga stipendiya to‘lashning yangi tartiblari tasdiqlandi 

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan OTM talabalariga stipeniya to‘lashning yangi tartiblari tasdiqlandi. Endi 30 foiz va undan ortiq fanlardan qoniqarsiz baho olgan talabalarga stipendiya to‘lanmaydi.

Prezident farmoni bilan 58 fuqaro afv etildi 

Prezident Shavkat Mirziyoyev qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan jazo muddatini o‘tayotgan 58 nafar fuqaroni afv etish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.

Davlat organlariga mehnat qonunchiligiga qat’iy rioya qilish topshirildi 

Hukumat farmoyishi bilan davlat organlariga mehnat qonunchiligi va xodimlarning mehnat huquqiga rioya qilish topshirildi. Ularga ish kuni tugagandan keyin xodimlarni ushlab turish va dam olish kunlari ishga jalb qilish taqiqlandi.

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tashkil etildi 

Prezident qarori bilan Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi negizida davlat OTM shaklida Madaniyat vazirligi tizimida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tashkil etildi.

Davlat konservatoriyasi rektori lavozimi bo‘sh qoldi 

O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi rektori lavozimi bo‘sh qolgan. Uning vazifalari prorektor Avaz Mansurov zimmasiga vaqtincha yuklatildi. Sobiq rektor Senat a’zosi etib tayinlangach.

Toshkentda Xalqaro qilichbozlik akademiyasi ochiladi 

O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bazasida Xalqaro qilichbozlik akademiyasi ochiladi.

2020-yil tub burilish yili bo‘ladi — Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports 

2020-yil fuqaro aviatsiyasi sohasida tub burilish yili bo‘ladi, deya umid bildirdi Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports kompaniyalari. Ular avvallari bu soha monopoliya tamoyillari asosida rivojlangani, tariflar yuqori, xizmatlar sifatsiz bo‘lganini tan oldi.

Akmal Saidov Parlamentlararo ittifoq Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi 

Akmal Saidov 179 davlatni birlashtirgan jahon parlamentlarining xalqaro organi — Parlamentlararo ittifoq Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi.