4 iyun, payshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Yangiliklar

9 mart 2018, 17:23

Pensiya jamg‘armasiga yangi rahbar tayinlandi

Yorqin Tursunov Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi ijrochi direktori lavozimiga tayinlandi.

9 mart 2018, 17:00

Maktablarda bahorgi ta’til 18 dan 25 martgacha davom etadi

O‘zbekiston o‘quvchilari bahorgi ta’tilda sakkiz kun — 18 dan 25 martgacha dam oladi.

9 mart 2018, 15:31

O‘zbekiston va Tojikiston tovar ayirboshlash hajmini ikki barobarga oshirmoqchi

Shavkat Mirziyoyev Dushanbedagi muzokaralarda tovar ayirboshlash hajmini 240 mln dollardan 500 mlnga yetkazish uchun hali ishga solinmagan ulkan salohiyat mavjudligini ta’kidladi.

9 mart 2018, 14:13

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari muzokaralarni boshladi

Shavkat Mirziyoyev Imomali Rahmon bilan uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilishi lozimligini ta’kidladi.

9 mart 2018, 11:04

Shavkat Mirziyoyevni Dushanbe aeroportida Imomali Rahmon kutib oldi

Tarixda birinchi marta O‘zbekiston Prezidentining Tojikistonga davlat tashrifi boshlandi. Dushanbe aeroportida Shavkat Mirziyoyevni Imomali Rahmonning shaxsan o‘zi kutib oldi.

9 mart 2018, 10:57

Bepul yelim xaltalarni taqiqlash taklif etilmoqda

Kelgusi yildan O‘zbekistonda yelim xaltalarni bepul taqdim etish taqiqlanib, ular narxi mahsulotlar qiymatiga kiritilishi mumkin.

8 mart 2018, 20:17

Foto: YPX xodimlari ayollarni bayram bilan tabrikladi

Yo‘l-patrul xizmati xodimlari ko‘chalarda ayol-haydovchilar va yo‘lovchilarni 8 mart bilan tabrikladi.

8 mart 2018, 20:01

Dushanbeda qariyb 30 ta hujjat imzolanishi kutilmoqda

Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasida 27 ta hujjatning imzolanishi kutilmoqda.

8 mart 2018, 18:06

Prezident: «Ayollarimizning baxti — xalqimiz, jamiyatimizning baxtidir»

Shavkat Mirziyoyev 8 mart bayramiga bag‘ishlangan uchrashuvda xalq hayotini munosib darajaga ko‘tarish bo‘yicha qilingan barcha harakatlar, avvalo ayollarning orzu-niyatlari va manfaatlarini ro‘yobga chiqarish ekanini ta’kidladi.

7 mart 2018, 21:19

Bobomurod Abdullayevga sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi

Bobomurod Abdullayev ishi bo‘yicha birinchi sud majlisida sud advokatning sudlanuvchiga nisbatan sud tibbiy ekspertizasi tayinlanishi to‘g‘risidagi da’voni qondirdi.

7 mart 2018, 20:01

Qiynoqqa solish jinoyatlari bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha jazo muqarrarligi ta’minlanadi

Oliy sud qiynoqqa solish bilan bog‘liq jinoyatlar haqidagi ishlar bo‘yicha yagona sud amaliyotini shakllantirish ustida ish olib bormoqda.

7 mart 2018, 18:25

Prezident xotin-qizlarni 8 mart bilan shaxsan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentda bo‘lib o‘tgan marosimda xotin-qizlarni 8 mart bilan shaxsan tabriklab, mukofotlarni topshirdi.

7 mart 2018, 18:02

O‘zbekistonda ilk bor qandli diabet bilan og‘rigan bemorga buyrak ko‘chirib o‘tkazildi

O‘zbekistonda birinchi marta qandli diabet bilan xastalangan bemorga buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti o‘tkazildi.

7 mart 2018, 17:42

Avtomobil transportini boshqarish tizimi takomillashtiriladi

Qayta tashkil etilayotgan O‘zbekiston Avtomobil transporti agentligi poytaxt va viloyatlardagi shahar yo‘lovchi transportini boshqarish departamentlarini o‘z tarkibiga qo‘shib oladi.

7 mart 2018, 17:04

Fuqarolar qurol va o‘q-dorilarni ko‘ngilli ravishda IIVga topshirishlari mumkin

IIV qurol va o‘q-dorilarning noqonuniy muomalasining oldini olishga doir maxsus tadbir o‘tkazmoqda.

7 mart 2018, 16:24

Chet ellardagi o‘zbekistonliklardan Buyuk Kelajak ekspertlari kengashi tuzilmoqda

Buyuk Kelajak ekspertlari kengashi tarkibiga huquq, sanoat, fan, ta’lim va tibbiyot sohasi mutaxassislari hisoblangan o‘zbekistonliklar kiritildi.

7 mart 2018, 14:23

FVV qutqaruvchilari ekshn-kameralar bilan ta’minlanadi

Ekshn-kameralar qutqaruvchilarga operatsiyalarni amalga oshirishda harakatlarni qayd etishga imkon beradi.

7 mart 2018, 13:04

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Prezidenti An-26 harbiy-transport samolyoti qulashi munosabati bilan Rossiya Prezidentiga hamdardlik yo‘lladi.

7 mart 2018, 12:34

IIV Alisherbek Qodirovni qidiruvda ekanini e’lon qildi

O‘zbekiston sobiq bosh prokurorining o‘g‘li Alisherbek Qodirov qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatiga kiritildi.

7 mart 2018, 10:53

Mehnat migrantlari qanday qilib imtiyozli chipta olishlari mumkin

Mehnat migrantlariga samolyot yoki poyezdga imtiyozli chipta ixtisoslashgan kassalar orqali sotiladi.