Yangiliklar

19 mart 2020, 17:29

Oltinsoydagi mojaro yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

«Oltinsoy tumanida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vazifalariga loqaydlik yoki vijdonsizlarcha munosabatda bo‘lishi oqibatida sug‘oriladigan yer maydonlari talon-toroj qilingan» — Bosh prokuratura

19 mart 2020, 16:12

Prokuratura va IIV tuzilmasida yangi lavozimlar joriy etildi

Prezident qarori bilan prokuratura va ichki ishlar organlarida qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha mas’ul lavozimlar joriy qilindi. Bosh prokuratura va IIV tuzilmasida ham ayrim o‘zgarishlar bor.

19 mart 2020, 16:07

O‘zsanoatqurilishbank rahbari o‘zgardi

Milliy bank rahbarining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Saxi Annaklichev O‘zsanoatqurilishbank boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi.

19 mart 2020, 15:57

Bolalar o‘yin zallari, diskotekalar va massaj salonlari yopiladi

Koronavirus epidemiyasi sababli bolalar o‘yin zallari, diskoteka va diskobarlar, massaj salonlari faoliyati to‘xtatiladi.

19 mart 2020, 15:06

Toshkent hayvonot bog‘i karantin sababli yopildi

Toshkent hayvonot bog‘i karantin sababli vaqtinchalik yopildi. Botanika bog‘i esa hali faoliyat yuritmoqda.

19 mart 2020, 14:11

Kriminogen vaziyat og‘ir mahallalarda xavfsizlik choralari kuchaytiriladi

Shavkat Mirziyoyev mahallalarda oilaviy hayotga tayyorlash kurslarini tashkil etish, xotin-qizlar o‘rtasida biznes loyiha bo‘yicha tanlov o‘tkazib, g‘oliblarga grantlar, kredit va joy ajratish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Endilikda mahalladagi vaziyatga profilaktika inspektori bilan birga Milliy gvardiya ham javob beradi.

19 mart 2020, 13:31

Moskvada koronavirus aniqlangan ayolning o‘limiga ushbu virus sabab bo‘lmagani ma’lum qilindi

Rossiyada koronavirus aniqlangan bemorlar orasida birinchi o‘lim holati qayd etildi. Operativ shtab uning o‘limiga koronavirus sabab bo‘lmaganini ma’lum qildi.

19 mart 2020, 13:24

«O‘zbekiston 24» telekanali direktori MTRK raisi o‘rinbosari etib tayinlandi

«O‘zbekiston 24» telekanali direktori Madamin Safarov Milliy teleradiokompaniya raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Alisher Xo‘jayev esa MTRK raisi bo‘ldi (bunga qadar vazifasini bajaruvchi edi).

19 mart 2020, 13:06

RSHTYOIM va 1-klinik shifoxona karantinga olingani yuzasidan izoh berildi

RSHTYOIM shifokorlardan biri o‘zida koronavirus alomatlari borligidan shubha qilgani bois u ishlayotgan bo‘lim ma’lum muddat yopildi. 1-klinik shifoxona esa Turkiyaga borganini yashirgan bemorda virus tasdiqlangani uchun karantinga olindi.

19 mart 2020, 11:54

Toshkentda avtobuslar harakati oraliq intervallari uzaytirilmoqda

Toshkentda yo‘lovchi oqimi keskin kamaygan vaqtlarda atvobuslar harakati oraliq intervallari uzaytirilmoqda.

19 mart 2020, 11:44

Yana besh fuqaroda koronavirus aniqlandi (jami — 23)

Yana besh kishi — Parijdan kelgan ayolning uch qarindoshi, Istanbul va Londondan kelgan ikki yo‘lovchida koronavirus tasdiqlandi. Aniqlangan holatlar soni 23 taga yetdi.

19 mart 2020, 11:29

Koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi sinovlari boshlandi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesusning e’lon qilishicha, olimlar COVID-19 koronavirusiga qarshi ilk vaksina sinovlarini boshlab yubordi.

19 mart 2020, 00:59

Aktivlarni qaytarishda Gulnora Karimovaning roli umuman yo‘q — Adliya vazirligi

O‘zbekistonga mulklarni Gulnora Karimovaning o‘zi qaytarganligi haqidagi ta’kidlar huquqiy asosga ega emas va shu bois haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deya ma’lum qildi Adliya vazirligi. 1,3 mlrd dollardan ortiq miqdordagi mulklarni qaytarish bo‘yicha ish olib borilmoqda.

19 mart 2020, 00:48

Misrdan kelgan fuqarolar Navoiyda karantinga joylashtirildi

Misrdan O‘zbekistonga olib kelingan 181 nafar fuqaro Karmana tumanidagi NKMK sanatoriyasiga karantinga joylashtirildi.

19 mart 2020, 00:38

Yana uch fuqaroda koronavirus aniqlandi (jami — 18)

Yana uch kishi — Parijdan qaytgan ayolning onasi, kelini va hamkasbida ham koronavirus tasdiqlandi. Aniqlangan holatlar soni 18 taga yetdi.

18 mart 2020, 20:59

Prezident «Raqamli Toshkent» dasturini amalga oshirishga ruxsat berdi

Joriy yilda «Raqamli Toshkent» dasturi doirasida transportga chiptalarni onlayn sotib olish, maktablarda onlayn jurnal va kundaliklar, kommunal xizmatlar uchun onlayn to‘lovlar va yagona elektron tibbiy karta yagona tizimi joriy etiladi. May oyidan «Xalq nazorati» portali ish boshlaydi.

18 mart 2020, 20:19

Toshkentda katta miqdordagi tibbiy niqoblarning noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

Toshkentda sifat sertifikati bo‘lmagan 123 mln so‘mlik 62 ming dona tibbiy niqoblar savdoga chiqarilgani aniqlandi va vaqtincha olib qo‘yildi.

18 mart 2020, 19:16

Koronavirus pandemiyasining O‘zbekistonga salbiy ta’siri bo‘lishi tabiiy — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidenti neft narxining pasayishi, xorij valyutalarining qadrsizlanishi, xorijiy turistlar sonining kamayishi mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini bildirdi.

18 mart 2020, 18:55

Shavkat Mirziyoyev koronavirus bo‘yicha xalqqa murojaat qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 mart kuni mahalla va oila masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishining boshida koronavirus muammosiga to‘xtalib o‘tdi.

18 mart 2020, 17:35

Davlat idoralarida kar-soqovlar uchun masofaviy tarjimonlar yordam beradi

Eshitish qobiliyati past bo‘lgan odamlarning ijtimoiylashuvini yaxshilash bo‘yicha sinov loyiha ishga tushirildi — banklar, hokimiyatlar va davlat xizmatlari markazlariga surdotarjimonlar onlayn markaziga ulangan planshetlar o‘rnatiladi. Ular yordamida kar-soqov tashrif buyuruvchilar operator bilan muloqot qilishlari mumkin.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting