Yangiliklar

26 dekabr 2019, 15:10

Investorlarning natsionalizatsiya va ekspropriatsiyadan himoyalanishi kafolatlandi

Prezident investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Chet ellik va mahalliy investorlarning natsionalizatsiya va ekspropriatsiyadan himoyalanishi kafolatlandi.

26 dekabr 2019, 12:49

MSK kuzatuvchilarning barcha tavsiyalarini hisobga oladi

Markaziy saylov komissiyasi xalqaro kuzatuvchilarning xulosalari va tavsiyalari saylov qonunchiligi va amaliyotini takomillashtirishda hisobga olinishini ma’lum qildi. 2020 yil yozgacha MSK bo‘lib o‘tgan saylovlar yakunlariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

26 dekabr 2019, 11:56

Prezident grant mablag‘larini jalb qilish sohasidagi kamchiliklarni tanqid qildi

Shavkat Mirziyoyev grantlar hisobiga amalga oshirilayotgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan nazorat mexanizmlarini yo‘qligini tanqid qilib, ular samaradorligini baholashning yangi tizimini yaratish vazifasini qo‘ydi.

26 dekabr 2019, 02:13

UzAuto to‘rtta yangi modelni taqdim etdi (+foto)

UzAuto kompaniyasi Chevrolet`ning to‘rtta — Tahoe, Traverse, Trailblazer va Equinox modellarini taqdim etdi. Trailblazer savdosi 26 dekabrdan, Traverse, Tahoe va Equinox esa 2020 yildan boshlanadi.

25 dekabr 2019, 18:10

Prokuratura va DXX xodimlarining daxlsizlik huquqi chegaralandi

Prokuratura va DXX xodimlarini ma’muriy javobgarlikka tortishda endilikda rahbariyatning ruxsati talab qilinmaydi. O‘zbekiston prezidenti bu haqdagi tegishli qonunni imzoladi.

25 dekabr 2019, 17:21

Yer osti yo‘llari va avtoturargohlarda savdo qilishni taqiqlash taklif etilmoqda

Davlat soliq qo‘mitasi yer osti yo‘llari, ko‘priklar, avtomobil yo‘llarining qatnov qismlarida va avtoturargohlarda cavdo qilishni taqiqlashni taklif etdi.

25 dekabr 2019, 16:52

25 ta okrugda takroriy saylovlar bo‘lib o‘tadi

Samarqand va Farg‘ona viloyatlaridagi uchta okrugda bayonnomalarda arifmetik xatolarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi. Takroriy saylovlar avval xabar qilinganidek 22 ta emas, balki 25 ta saylov okrugida bo‘lib o‘tadi.

25 dekabr 2019, 12:51

Toshkentda Yangi yil tadbirlari qayerlarda bo‘lib o‘tadi?

Yangi yil munosabati bilan Toshkentning 14 joyida bayram sayllari o‘tkaziladi.

25 dekabr 2019, 12:41

Eldor Shomurodov O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi

Milliy terma jamoa hujumchisi Eldor Shomurodov O‘zbekistonning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi, Vadim Abramov esa eng yaxshi murabbiy deb tan olindi.

25 dekabr 2019, 12:13

Yunusobod metro yo‘nalishi «jadvalga muvofiq» foydalanishga topshiriladi

Yunusobod metrosining ikkinchi bosqichi yil oxirigacha emas, balki «loyihani amalga oshirish jadvaliga muvofiq» foydalanishga topshiriladi.

25 dekabr 2019, 11:45

Turkiyadagi o‘zbekistonlik talabalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Turkiyaning Istanbul shahrida o‘zbekistonlik talabalarning uchinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

25 dekabr 2019, 10:57

BMT pasportiga ega chet elliklar uchun vizasiz rejim belgilandi

BMTning biometrik hujjatiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik vizasiz rejim belgilandi.

24 dekabr 2019, 23:05

Madaniyat vazirligi Filipp Kirkorovning Toshkentdagi konserti yuzasidan izoh berdi

Madaniyat vazirligi Filipp Kirkorovning Toshkentdagi konsertida raqqosalarning kiyinishi yuzasidan izoh berdi.

24 dekabr 2019, 22:01

Bosh prokuratura saylov bilan bog‘liq shikoyat va e’tirozlar natijalari bo‘yicha bayonot berdi

Bosh prokuratura tomonidan saylov jarayonida aniqlangan bir qator qonun buzilishi holatlari yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

24 dekabr 2019, 21:02

DIIHB saylovlardagi qonunbuzarliklarni tilga olib o‘tdi

YeXHT DIIHB missiyasi rahbari Tana de Zuluyeta saylov uchastkalarida jiddiy qonunbuzarliklar sodir bo‘lganini ma’lum qildi.

24 dekabr 2019, 20:04

Mudofaa vazirligi harbiylari murakkab tog‘li hududlarda amaliy mashqlarni o‘tkazishdi

Harbiy xizmatchilar «Forish» tog‘ dala-o‘quv maydonida murakkab va harakatlanish qiyin bo‘lgan tog‘li hududlarda jangovor vazifani bajarish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar.

24 dekabr 2019, 19:59

1 yanvardan nimalar o‘zgaradi — 3-qism

Elektron mehnat daftarchasi, avtomatlashtirilgan yo‘l haqi to‘lash tizimi, «yagona milliy mehnat tizimi», bekor qilinayotgan talablar va boshqalar. 1 yanvardan nimalar o‘zgaradi?

24 dekabr 2019, 19:57

YeXHT: «Saylovlar hukumatning asosiy huquq va erkinliklarga nisbatan hurmati oshib borayotganini ko‘rsatdi»

YeXHT DIIHB missiyasi 25 noyabridan 25 dekabrigacha O‘zbekiston Respublikasi parlament saylovlarining kuzatuvlari natijalari to‘g‘risidagi dastlabki hisoboti e’lon qilindi.

24 dekabr 2019, 18:45

Davlat komissiyasi test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi

Davlat komissiyasi 2020/2021 o‘quv yili qabulidan bakalavriat uchun test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasini tasdiqladi. To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 280,5 ball.

24 dekabr 2019, 18:13

Ovqatdan zaharlanayotganlarning uchdan biri — bolalar

2017−2019 ovqatdan zaharlanish oqibatida 1700 nafar fuqaro, shu jumladan 665 nafar bola jabrlangan. 15 kishi vafot etgan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting