Yangiliklar

7 yanvar 2020, 11:15

Toshkentda muhim chorrahalardan birida chapga burilishga ruxsat berildi

Toshkentda Mustaqillik shox ko‘chasidan Oqqo‘rg‘on ko‘chasiga chapga burilish ochildi. Bu haydovchilarni keyingi chorrahaga borib, so‘ng ortga qaytish mashaqqatidan xalos etdi.

7 yanvar 2020, 10:49

Kun davomida bir nechta gazdan zaharlanish holatlari yuz berdi

Toshkent shahri, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida bir kunda ikki holatda is gazidan, bitta holatda gazdan zaharlanish sodir bo‘ldi. To‘rt kishi vafot etdi, uch kishi kasalxonaga yotqizilgan.

7 yanvar 2020, 10:15

UzAuto to‘rtta avtomobil modelini yangilashni rejalashtirmoqda

2022−2023 yillarda Chevrolet Spark, Nexia, Cobalt va Gentra avtomobillarini almashtirish rejalashtirilmoqda. Ammo buning uchun yangi modellar lokalizatsiyasi 50 foizdan oshishi kerak.

7 yanvar 2020, 10:03

Metrodagi «Joker»: metropoliten IIBning izohi

Metro stansiyasida Joker obrazidagi erkak bilan ichki ishlar organlari xodimlari nima haqida suhbatlashishdi? Poytaxt metrosi IIB xodimlarning hujjatlarni tekshirmaganligini ma’lum qilib, holatga salbiy izoh bermaslikni so‘radi.

6 yanvar 2020, 19:36

Yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 5,5 foizni tashkil etdi

Bir yilda O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti 5,5 foizga o‘sdi. Bu 2018 yilga nisbatan yuqori, biroq aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAIM dunyo bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan ancha orqada.

6 yanvar 2020, 16:52

Avstraliyadagi yong‘inlar tabiiy ofat miqyosiga yetdi

Avstraliya o‘tgan yil noyabr oyidan buyon kuzatilayotgan o‘rmon yong‘inlariga barham berish uchun 1,4 milliard dollar ajratmoqchi. Ofat natijasida vafot etganlar soni 24 kishiga yetdi.

6 yanvar 2020, 16:22

Hafta davomida kechalari sovuq bo‘lishi kutilmoqda

Volgabo‘yi hududidan kirgan sovuq va nam havo oqimi sababli O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi.

6 yanvar 2020, 16:15

Gulnora Karimovaga qarshi ochilgan yana bir jinoyat ishi sudga oshirildi — Bosh prokuratura

Gulnora Karimova va boshqa shaxslarga qarshi tovlamachilik, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilish va chet el davlatlarda jinoiy daromadlarini legallashtirish kabi jinoyatlar bo‘yicha jinoiy ish tergovi yakunlandi va sudga taqdim etildi.

6 yanvar 2020, 14:57

Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi tasdiqlandi.

6 yanvar 2020, 14:13

Muftiy Usmonxon Alimovga «El-yurt hurmati» ordeni topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbari, muftiy Usmonxon Alimovni 70 yoshga to‘lgani bilan tabriklab, unga «El-yurt hurmati» ordenini topshirdi.

6 yanvar 2020, 14:08

Navoiyda NKMK ishchilari ketayotgan avtobus halokatga uchradi

Navoiy viloyatida Nexia NKMK ishchilarini olib ketayotgan «Isuzu» avtobusi bilan to‘qnashdi. Haydovchi va avtomobil yo‘lovchilaridan biri halok bo‘ldi, yana sakkiz kishi kasalxonaga yotqizilgan.

6 yanvar 2020, 14:01 1

Qonunchilik palatasi to‘liq shakllandi

Saylov yakunlari bo‘yicha O‘zLiDeP Qonunchilik palatasidagi ko‘pchilik o‘rinlarni saqlab qoldi. Keyingi o‘rinlarni «Milliy tiklanish», «Adolat», XDP va Ekopartiya egalladi.

6 yanvar 2020, 12:52

O‘zbekiston tarixida birinchi marta parataekvondo bo‘yicha Olimpiada litsenziyasi qo‘lga kiritildi

Parataekvondo bo‘yicha O‘zbekiston tarixidagi birinchi Olimpiada litsenziyasini atlet Guljanoy Naimova qo‘lga kiritdi.

5 yanvar 2020, 18:41

Bosh prokuror o‘rinbosari — amaldorlarning jinoiy daromadlarni legallashtirishi haqida

Kelgusida mansabdor shaxslarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlari va ular bilan bog‘liq sud jarayonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiq bo‘ladi, deya ma’lum qildi bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova.

5 yanvar 2020, 15:41

Germaniyada malaka oshirayotgan o‘zbekistonlik baxtsiz hodisa natijasida vafot etdi

Germaniyadagi fermer xo‘jaliklaridan birida malaka oshirayotgan O‘zbekiston fuqarosi balandlikdan qulab tushib, vafot etdi.

5 yanvar 2020, 15:21

Mahmud Murodov navbatdagi jangini UFC reytingida 14-o‘rinda turgan sportchiga qarshi o‘tkazadi

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodovning navbatdagi jangi Braziliyada Antonio Karlos Juniorga qarshi o‘tkaziladi.

5 yanvar 2020, 14:59

«Vatanparvarlik aksiyasi» marafonida 2000 dan ortiq harbiy xizmatchi ishtirok etdi

Mudofaa vazirligi tomonidan 5 kilometrdan ortiqroq masofaga yugurish bo‘yicha «Vatanparvarlik aksiyasi» kichik marafoni o‘tkazildi.

5 yanvar 2020, 13:08

Namanganda bemorning tog‘asi shifokorning bir ko‘zini ko‘r qildi

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida bemorning tog‘asi tajovuziga uchragan shifokor ko‘rish qobiliyatini to‘liq yo‘qotdi.

4 yanvar 2020, 20:34

Adliya vazirligi: munosib maosh korrupsiyaga qarshi samarali vositadir

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov vazirlikdagi boshqarma boshliqlari kamida 15−16 million so‘m oylik maosh olishayotganini bildirdi. Vazirlik ushbu ma’lumotni yanada oydinlashtirdi.

4 yanvar 2020, 15:30

5-yanvar kuni 25 okrugda takroriy saylovlar bo‘lib o‘tadi

Ertaga O‘zbekistonning 25 ta saylov okrugida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar uchun takroriy ovoz berish o‘tkaziladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting