Yangiliklar

17 yanvar 2020, 14:08

Shavkat Mirziyoyev Jahon banki delegatsiyasini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Jahon banki vitse-prezidenti Siril Myullerni qabul qildi. Tomonlar O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlik strategiyasini ishlab chiqishga kelishib oldilar.

17 yanvar 2020, 11:58

Rossiyadagi YTHda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Saratov viloyatida mikroavtobus ishtirokidagi avtohalokatda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, uch kishi kasalxonaga yotqizildi.

17 yanvar 2020, 09:57

YHXBB YTHlarning ochiq statistikasini e’lon qila boshladi

IIV YHXBB O‘zbekistonda YTHlarning hududlar kesimidagi to‘liq statistikasi va avariyalar sabablarini e’lon qila boshladi. Yilning dastlabki 10 kunida 107 ta avariya natijasida 35 kishi halok bo‘ldi, 100 kishi jarohat oldi.

17 yanvar 2020, 09:41

Navoiyda 4 qavatli savdo majmuasida yong‘in chiqdi

Navoiy shahridagi 4 qavatli savdo markazida yuz bergan yong‘in natijasida 6 ta kiyim do‘koni to‘liq yondi, yana 14 ta do‘kon jiddiy zarar ko‘rdi.

16 yanvar 2020, 20:27

Mixail Mishustin Rossiya bosh vaziri etib tayinlandi

2010 yildan beri Federal Soliq xizmatini boshqarib kelayotgan Mixail Mishustin Rossiya hukumatiga rahbar bo‘ldi. Uning nomzodi Davlat Dumasi deputatlarining 85,1 foizi tomonidan ma’qullandi.

16 yanvar 2020, 16:21

SSP: Palataga majburiy a’zolik faqat yirik tadbirkorlik subyektlariga taalluqli

SSP palataga majburiy a’zolik doirasini kengaytirishga qaratilgan tuzatishlar faqatgina yirik tadbirkorlik subyektlariga taalluqli ekanini ma’lum qildi.

16 yanvar 2020, 15:30

Abituriyentlarga endilikda 6 tagacha oliy ta’lim muassasasini tanlash imkoni beriladi

Yoshlar press-klubining navbatdagi sessiyasida Davlat test markazi direktori Majid Karimov 2019 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2020 yildagi asosiy vazifalar haqida ma’lumot berdi.

16 yanvar 2020, 15:24

O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga davlat tashrifi muhokama qilindi

Abdulaziz Kamilov va Sergey Lavrov O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va ilmiy-ma’rifiy hamkorlik masalalarini muhokama qildi. O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

16 yanvar 2020, 14:32

Bunyodkor ko‘prigidagi YTHda ikki kishi jarohatlandi

Toshkentning Chilonzor tumanida Bunyodkor ko‘prigida Nexia Lifan bilan to‘qnashdi, sedanning ikki yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizildi.

16 yanvar 2020, 14:18

Talimarjon IESdagi muammolar tufayli elektr uzilishlari sodir bo‘lmoqda

Talimarjon issiqlik elektr stansiyasidagi texnik nosozliklar bartaraf etilmoqda, hududlarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

16 yanvar 2020, 13:55

Jizzaxdagi gaz quyish shahobchasida portlash yuz berdi

Jizzaxda gaz quyish shahobchasida sodir bo‘lgan portlash natijasida bir kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi.

16 yanvar 2020, 13:47

Shavkat Mirziyoyev Sergey Lavrovni qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sergey Lavrovni qabul qildi.

16 yanvar 2020, 12:47

Milliy gvardiya bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlar uchun talablar belgilandi

Milliy gvardiya bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi to‘g‘risidagi nizom yangi tahrirda tasdiqlandi.

16 yanvar 2020, 12:31

Qudratillo Abduqahhorov IBF chempionlik kamari uchun jang qiladi

IBF yarim o‘rta vazn toifasida o‘zbekistonlik Qudratillo Abduqahhorov hamda rossiyalik Sergey Lipins o‘rtasida bo‘ladigan chempionlik jangini rasman tasdiqladi.

16 yanvar 2020, 12:12

Mudofaa vazirligi harbiy uchuvchilari murakkab parvozlarni amalga oshirdi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugning Qashqadaryo viloyatida joylashgan harbiy qismda harbiy uchuvchilarning murakkab uchish amaliyoti bo‘lib o‘tdi.

16 yanvar 2020, 10:08

Tuhmat va haqorat uchun jazoni yengillashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi e’lon qilindi

AOKA tuhmat va haqorat uchun qamoq jazosini bekor qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorladi. Qonunchilikka internetda tuhmat va haqorat uchun javobgarlikni kiritish rejalashtirilmoqda.

15 yanvar 2020, 22:49 1

Qasddan badanga yengil shikast yetkazish to‘g‘risidagi moddani Jinoyat kodeksidan chiqarib tashlash taklif qilindi

IIV qasddan badanga yengil shikast yetkazish to‘g‘risidagi moddani Jinoyat kodeksidan Ma’muriy kodeksga o‘tkazishni taklif qildi. Agar tuzatishlar kuchga kirsa, bu huquqbuzarlik uchun jazo choralari ham o‘zgaradi.

15 yanvar 2020, 18:18

OCH U-23: O‘zbekiston Janubiy Koreyaga yutqazdi, ammo chorak finalga chiqdi

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Janubiy Koreya jamoasidan mag‘lubiyatga uchraganiga qaramay, Osiyo chempionatining chorak finaliga chiqdi.

15 yanvar 2020, 18:09

Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi xususiylashtiriladi

Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasini The Abu Dhabi Uzbek Fund investitsiya jamg‘armasi hisobidan 110 million dollar evaziga xususiylashtirish rejalashtirilmoqda. 2020 yilda mehmonxona kreditlarini qoplash uchun davlat byudjetidan 66,4 milliard so‘m ajratiladi.

15 yanvar 2020, 17:36

Notariat tizimini tubdan isloh qilish to‘risidagi qonun qabul qilindi

Notariat tizimini tubdan isloh qilish to‘g‘risidagi qonun prezident tomonidan imzolandi va kuchga kirdi. Unda keltirilgan notariatning nodavlat modeli oldini oluvchi odil sudlov funksiyasini bajaradi va o‘zgarayotgan jarayonlarga tezlikda javob qaytarishga, iste’molchilar ehtiyojlariga qarab tezda o‘zgarishga qodir.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting