Yangiliklar

24 mart 2020, 16:08

XVJ koronavirusga qarshi 1 trln dollar ajratishga tayyorligini bildirdi

XVJ bosh direktori koronavirusning dunyo iqtisodiyotiga yetkazadigan zararini kamaytirish maqsadida favqulodda moliyalashtirishni kuchaytirish va 1 trln dollarlik kredit ajratishga tayyorligini bildirdi.

24 mart 2020, 15:35

«Kasallikning tarqalish zanjiri davom etishi mumkin» — Baxrom Almatov koronavirus haqida

Davlat bosh sanitariya vrachi Baxrom Almatovning ogohlantirishicha, koronavirus tarqalishining zanjiri geometrik progressiya tarzida o‘sib ketishi mumkin. U koronavirus bemorlari bilan muloqotda bo‘lmagan qizda ham infeksiya aniqlangani hamda 5 nafar bemorda kasallik alomatlari yo‘qolganligini ma’lum qildi.

24 mart 2020, 14:03

Xitoy Xubey bilan transport cheklovlarini bekor qilmoqda

Xitoyning Xubey provinsiyasida epidemiologik vaziyat yaxshilandi, hududda karantin cheklovlari bosqichma-bosqich bekor qilinmoqda. 25 mratdan provinsiya, 8 apreldan esa ma’muriy markazi Uxan chegaralari ochiladi.

24 mart 2020, 14:02

Koronavirus bemorlari: 19 nafari erkak, 30 nafari xotin-qizlar

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 49 kishida koronavirus infeksiyasi qayd qilingan. Ulardan 19 nafari erkak, 30 nafari xotin-qizlar. Bemorlarning 5 nafari avvaldan surunkali kasalliklarga chalingan bo‘lgan.

24 mart 2020, 13:30 1

Fuqarolarni charter reyslar orqali O‘zbekistonga evakuatsiya qilish ishlari davom ettiriladi

Prezident topshirig‘i bilan O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun Moskva, Istanbul, Seul va boshqa shaharlardan charter reyslari amalga oshiriladi.

24 mart 2020, 12:59

Yunusobodliklar uchun elektr energiyasining bazaviy me’yori bekor qilinmoqda

Karantin munosabati bilan Toshkentning Yunusobod tumani aholisi uchun elektr energiyasidan foydalanishning bazaviy me’yorini joriy etish tajribasi bekor qilinishi kutilmoqda.

24 mart 2020, 12:33

Bosh prokuror o‘rinbosari tayinlandi

Bosh prokuratura boshqarmalaridan biriga rahbarlik qilgan Shavkatjon Rahimov bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlandi.

24 mart 2020, 11:49

Senatning yalpi majlisi videokonferensaloqa shaklida o‘tkaziladi

Senatning yalpi majlisi karantin sababli videokonferensaloqa shaklida o‘tkaziladi. Senatorlar O‘zbek tili bayrami kunini belgilash, bir qator kodekslarga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi va boshqa qonunlarni ko‘rib chiqadi.

24 mart 2020, 11:16

Qamchiq dovonida transportlar harakati to‘xtatildi

Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida Qamchiq dovonida transport vositalari harakati vaqtincha cheklandi.

24 mart 2020, 11:03

Karantin qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

Qonunchilik palatasi deputatlari karantin qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni ko‘zda tutuvchi qonunni qabul qildi.

24 mart 2020, 10:42

Xitoyda koronavirusga chalinganlarning 90 foizi sog‘aydi

Xitoyda koronavirusga chalinganlarning 90 foizdan ziyodi sog‘aydi. Hozirda shifoxonalarda 4735 nafar bemor qolgan.

24 mart 2020, 10:17

Har bir viloyatda uchtadan karantin bazalari tashkil etiladi

Toshkent va viloyatlardagi sanatoriya hamda sog‘lomlashtirish muassasalarida 3 tadan karantin bazalari tashkil etiladi (Qoraqalpog‘istonda — 4 ta).

24 mart 2020, 10:08

Koronavirus infeksiyasi tasdiqlanganlar soni uch kishiga oshdi

O‘zbekistonda COVID-19 infeksiyasi aniqlangan fuqarolar soni 49 nafarga yetdi.

23 mart 2020, 22:32

Fuqarolar uchun internet tarmog‘i va telefon aloqasi o‘chirilmaydi

Hukumat qaroriga ko‘ra ikki oy mobaynida internet va telefon aloqasi uchun to‘lovlarni amalga oshirmagan fuqarolar uchun ushbu xizmatlar o‘chirilmaydi.

23 mart 2020, 22:27

Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib kiritildi. Asosiy choralar

24 martdan boshlab koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy qilinadi. Poytaxtga kirish va bozorlar faoliyati to‘xtatiladi, davlat idoralariga qabul va davlat xizmatlari onlayn tartibda o‘tkaziladi.

23 mart 2020, 21:08

Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumani tashkil etilmoqda

Xorazm viloyatidagi Hazorasp tumani va Tuproqqal’a maskani hududidagi ayrim mahallalar yangi tashkil etilayotgan Tuproqqal’a tumani tarkibiga o‘tkaziladi. Pitnak shahri tumanning ma’muriy markazi bo‘ladi.

23 mart 2020, 18:24

Toshkentda buyum bozorlari faoliyati to‘xtatiladi

Toshkent shahrida 24 martdan boshlab barcha buyum, avtomobil sotuvi va barcha savdo komplekslari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi. Dehqon bozorlari, supermarketlar, shifoxona va dorixonalar faoliyati avvalgi tartibda davom etadi.

23 mart 2020, 18:04

Bo‘stonliqda faqat tuman aholisiga harakatlanishga ruxsat etiladi

Bo‘stonliq tumani hududida harakatlanishga faqatgina ushbu tumanda yashovchi aholiga ruxsat etildi. Dam olish maskanlarida dezinfeksiyaalash ishlari boshlandi

23 mart 2020, 17:37

Fotoreportaj: Bo‘shab qolgan Toshkent

Jamoat transporti va umumiy ovqatlanish shoxobchalari faoliyati to‘xtatilganidan keyingi Toshkent qiyofasi — “Gazeta.uz” fotomuxbiri obyektivida.

23 mart 2020, 16:36

Toshkent viloyatida 9 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor aniqlangan

23 mart holatiga ko‘ra Toshkent viloyatida 9 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Ular orasida «Sokol» oromgohida karantinda bo‘lgan ikki nafar fuqaro hamda bir hamshira bor.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting