9 iyul, payshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Yangiliklar

28 iyun 2018, 16:18

Senat ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunni tasdiqladi

Senatning payshanba kuni ochilgan yalpi majlisida «Ekstremizmga qarshi kurashish haqida"gi qonunni tasdiqladi.

28 iyun 2018, 14:20

O‘zbekistonning yangi elchisi Isroilga jo‘nab ketdi

Tashqi ishlar vazirligining Amerika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan Said Rustamov O‘zbekistonning Isroildagi elchisi etib tayinlandi.

28 iyun 2018, 13:39

Ichki ishlar vaziri reabilitatsiya markazlari faoliyatini tanqid qildi

Besh oy davomida 5246 kishi reabilitatsiya markazlariga olib borilgan bo‘lsa, faqat 20 kishi tibbiyot markazlariga joylashtirilgan, dedi ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov.

28 iyun 2018, 13:04

MAK Toshkent-Jidda reysini ochishni rejalashtirmoqda

«O‘zbekiston havo yo‘llari» 2018−2019 yillar qishki navigatsiya davridan Toshkent-Jidda-Toshkent reysini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

28 iyun 2018, 11:49

JCH-2018: Braziliya va Shveysariya pley-offga chiqdi

Braziliya va Shveysariya jahon chempionati-2018 1/8 finaliga yo‘l oldi. Ular Meksika va Shvetsiyaga qarshi o‘ynaydi.

28 iyun 2018, 11:31

Yangi tangalar muomalaga chiqariladi

2 iyuldan 50, 100, 200 va 500 so‘mlik yangi tangalar muomalaga chiqariladi. MB tangalar dizaynini e’lon qildi.

28 iyun 2018, 10:50

«Yoshlar — kelajagimiz» Davlat dasturi qabul qilindi

Prezident «Yoshlar — kelajagimiz» Davlat dasturini tasdiqladi. U yoshlar biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

27 iyun 2018, 23:46

JCH-2018: Germaniya Janubiy Koreyadan mag‘lubiyatga uchrab, turnirni tark etdi

Germaniya futbolchilari Janubiy Koreya jamoasiga imkoniyatni boy berib, 2018 yilgi jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi. Shvetsiya va Meksika pley-offga yo‘l oldi.

27 iyun 2018, 18:50

O‘zbekistonning tashqi qarzi 14,7 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning tashqi qarzi 1,3 foizga oshib, 14,7 mlrd dollarga yetdi.

27 iyun 2018, 17:46

«Tahlil va xolis tanqid ruhi kuchayganini qo‘llab-quvvatlaymiz» — prezident

Prezident ommaviy axborot vositalaridagi oshkoralik, tahlil va xolis tanqid ruhi kuchayganini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

27 iyun 2018, 17:17

MAK dekabrda ikkita Airbus A320 Neo samolyotiga ega bo‘ladi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» dekabrda ikkita Airbus A320 Neo, 2019−2020 yillarda esa uchta Boeing 787 Dreamliner samolyotini xarid qiladi.

27 iyun 2018, 16:22

Chilonzor hokimiyati atrofidagi panjaralar olib tashlandi

Ilgari panjara bilan o‘ralgan Chilonzor tumani hokimiyati oldidagi hudud dam olish va sayr qilish maskaniga aylantiriladi.

27 iyun 2018, 16:13

Bank kartalaridan soliq qarzlarini yechib olishga ruxsat berildi

Soliq organlariga jismoniy shaxslar hisoblaridan soliq qarzdorligini yechib olish va yuridik shaxslar bank hisob raqamlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatishga ruxsat berildi.

27 iyun 2018, 15:33

Navoiy viloyatidagi cho‘l hududi suv bilan ta’minlanadi

Davlat geologiya qo‘mitasi Navoiy viloyatida cho‘l hududini ichimlik suvi bilan ta’minlash ustida ish olib bormoqda.

27 iyun 2018, 15:25

«Gazeta.uz» muallifi taqdirlash kuni «Yil jurnalisti» mukofotidan mahrum etildi

«Gazeta.uz» muallifi Nikita Makarenko poytaxtda «Yil jurnalisti» mukofotining taqdirlash marosimi kuni mukofotdan mahrum qilindi.

27 iyun 2018, 14:05

Sherzod Shermatov — zamonaviy maktab muammolari to‘g‘risida

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov — o‘qituvchilar obro‘sini oshirish, to‘lib-toshgan maktablar va ta’lim sohasidagi boshqa muammolar to‘g‘risida.

27 iyun 2018, 13:43

O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar JCHda 9 medalni qo‘lga kiritdi

Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Minskda o‘tkazilgan jahon chempionatida to‘qqiz medal bilan eng yaxshi natijani qayd etdi.

27 iyun 2018, 12:02

Malayziyadagi elchixonada vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasida Malayziyada yashovchi va ishlovchi vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

27 iyun 2018, 10:38

JCH-2018: C va D guruhlarida bahslar yakunlandi

Daniya — Fransiya uchrashuvida hisob ochilmadi, Peru Avstraliyani mag‘lub etdi, Argentina Nigeriyadan ustun kelgan bo‘lsa, Islandiya Xorvatiyaga yutqazib qo‘ydi.

26 iyun 2018, 20:12

«O‘zavtosanoat» rahbari o‘zgardi

«O‘zavtosanoat» rahbari faoliyatidagi kamchiliklar va sohadagi korrupsiya sababli ishdan bo‘shatildi, Shavkat Umurzoqov kompaniyaga rahbar bo‘ldi.