31 may, yakshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Yangiliklar

25 may 2020, 23:07

Koronavirus holatlari soni 3215 taga yetdi

O‘zbekistonda yana 26 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, jami tasdiqlangan holatlar soni 3215 taga yetdi.

25 may 2020, 21:16

13 yoshli o‘g‘lini sotmoqchi bo‘lgan ona qo‘lga olindi

Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida 13 yoshli o‘g‘lini 15 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi. Jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

25 may 2020, 21:00

Bir qator ma’lumotlar maxfiylikdan chiqariladi

Bir qator ma’lumotlar maxfiylikdan chiqariladi. Jumladan, endilikda IIVning jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari soni hamda ular joylashgan joy to‘g‘risidagi ma’lumotlar oshkor qilinishi mumkin.

25 may 2020, 20:06

Uzbekistan Airways nufuzli xorijiy kompaniya boshqaruviga berilishi mumkin

Uzbekistan Airways aviakompaniyasini nufuzli xorijiy kompaniya boshqaruviga topshirish rejalashirilmoqda. Shuningdek, “Qamchiq” dovonida “Toshkent-Andijon” pullik avtomobil yo‘li loyihasi bo‘yicha tender e’lon qilinishi belgilandi.

25 may 2020, 19:30

2020 yil bitiruvchilariga murojaat

Tanzila Norbayeva, Sherzod Shermatov, Timur Ishmetov, Sevara Nazarxon, Oksana Chusovitina va boshqa taniqli siyosatchilar, madaniyat vakillari va O‘zbekiston tadbirkorlarining 2019−2020 o‘quv yili bitiruvchilariga murojaati — «Gazeta.uz» ning eksklyuziv materialida.

25 may 2020, 18:56

Prokuratura: Rasul Kusherbayevga bosim yoki tazyiq o‘tkazilmagan

Bosh prokuratura Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ishtirokida unga nisbatan prokuratura organlari tomonidan bosim o‘tkazilgani haqidagi xabarlarni o‘rgandi. O‘rganishlar jarayonida deputatga bosim yoki tazyiq o‘tkazilganini tasdiqlovchi ob’ektiv dalillar aniqlanmagani ma’lum qilindi.

25 may 2020, 17:07

Koronavirus holatlari 9 taga ko‘paydi

Koronavirus bemorlari soni yana 9 nafarga ortib, jami 3189 kishini tashkil etmoqda. Kun davomida aniqlangan COVID-19 holatlari 25 taga yetdi.

25 may 2020, 17:03

O‘zbekistonda 600 ming gektar maydonda chigirtkalarga qarshi kurash olib borilmoqda

O‘zbekistonda 600 ming gektardan ziyod ekin maydonlarida chigirtkalarga qarshi kurash olib borilmoqda. Bu ishlarga 640 nafarga yaqin mutaxasis, 148 ta traktor, 325 ta qo‘lpurkagich, 8 ta motodeltaplan va 26 ta maxsus mashina jalb etilgan.

25 may 2020, 16:12

O‘zbekistonda yangi madrasa ochildi

Termizda yangi madrasa — “Imom Termiziy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi tashkil etildi. Bu yerda o‘rta maxsus diniy ma’lumotli islom shariati va hadis ilmlari mutaxassisi, imom-xatiblar tayyorlanadi. 2020−2021 o‘quv yili uchun qabul 15 iyundan boshlanadi.

25 may 2020, 14:59

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 9,7 so‘mga qimmatlashib, 10139 so‘mga yetdi. Xorijiy valyutalar kursi o‘tgan hafta arzonlashgan edi.

25 may 2020, 14:27

Eski propiska tizimi 1 sentyabrgacha amalda bo‘ladi

O‘zbekiston fuqarolarini Toshkent shahri va poytaxt viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi yangi nizom 1 sentyabrdan kuchga kiradi. Ungacha propiska to‘g‘risidagi eski nizomga amal qilinadi.

25 may 2020, 14:14

Isroil bosh vaziri sud oldida javob bermoqda

Isroilda Benyamin Netanyaxu ustidan sud jarayoni boshlandi. Mamlakat tarixida ilk bor amaldagi bosh vazir sud qilinmoqda.

25 may 2020, 13:58

“Ipoteka bank” bosh boshqarmasi xodimida koronavirus aniqlandi

Toshkentdagi respublika “Ipoteka bank” xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. U bilan muloqotda bo‘lgan hamkasblari 14 kunlik karantin nazoratiga, qolgan hamkasblari esa o‘z uylarida tibbiy nazoratga olingan.

25 may 2020, 13:15

Issiq ob-havo hafta oxiriga qadar saqlanib turadi

O‘zbekistonda kuzatilayotgan issiq ob-havo hafta oxirigacha saqlanib turadi. Kunduzgi harorat +34…+39 darajani tashkil etadi.

25 may 2020, 12:51

DSQning boshqa xodimlarida koronavirus aniqlanmadi

Davlat soliq qo‘mitasi Markaziy apparati barcha xodimlaridan olingan COVID-19 test tahlillari natijalari manfiy bo‘lib chiqdi. DSQ Markaziy apparati karantin talablariga qat’iy rioya qilgan holda avvalgi rejimda ishlashni davom ettiradi.

25 may 2020, 12:25

Andijon viloyatida 16 ta raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochiladi

2021 yil yakuniga qadar Andijon viloyatining barcha shahar va tumanlarida jami 16 ta raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochiladi. Ularda, jumladan, yoshlarni o‘qitish va axborot texnologiyalari yo‘nalishida har yili 5 mingdan ziyod o‘qituvchilar malakasi oshiriladi.

25 may 2020, 11:52

Janubiy Koreyadan yana bir insonparvarlik yordami yetib keldi

Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga tibbiy karavotlar partiyasi yetkazib berildi. Umumiy qiymati 135 ming dollardan ziyodroq bo‘lgan yana bir qism insonparvarlik yuklarining kelishi kutilmoqda.

25 may 2020, 11:30

«O‘zagrosug‘urta» qorako‘llik tadbirkorga qariyb 1 mlrd so‘m to‘ladi

«O‘zagrosug‘urta» AJ Buxorodagi tabiiy ofat oqibatida viloyatning qishloq xo‘jaligi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan sodir bo‘lgan sug‘urta hodisalari yuzasidan jami 2,7 mlrd so‘m to‘lab berdi. Xususan, kompaniyada mol-mulkini sug‘urtalagan qorako‘llik fermerga kuchli shamoldan yetkazilgan zarar uchun qariyb 1 mlrd so‘m qoplab berildi.

25 may 2020, 10:15

Koronavirus bemorlari soni 3180 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 16 nafarga ortib, jami 3180 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar karantindagilar (6), Qoraqalpog‘istondа (4), Samarqandda (5) va Toshkent viloyatlarida (1) qayd etildi. Respublikada infeksiyadan 602 kishi davolanmoqda, ulardan 3 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda.

23 may 2020, 23:07

DSQ huzuridagi malaka oshirish markazi xodimida koronavirus aniqlandi

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi malaka oshirish markazi xodimida koronavirus aniqlandi. Hozirda butun Markaziy apparat xodimlari COVID19 ga test topshirmoqda.