Yangiliklar

4 mart 2020, 14:05

Mirishkorning so‘kong‘ich hokimi ishdan olindi

Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Qarshi tuman hokimi G‘ayrat Begaliyev tayinlandi. Uning o‘rnini Maqsuda Mustafoyeva egallashi mumkin.

4 mart 2020, 14:02

Volkswagen O‘zbekistonda yengil tijoriy avtomobillarni ishlab chiqarishi mumkin

Volkswagen «Jizzax» EIZda yengil tijoriy avtomobillar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Birinchi bo‘lib Volkswagen Caddy modeli savdosi shu yildan boshlanishi kerak.

4 mart 2020, 12:47

Andijonda ikkita tuman hokimi o‘zgardi. Ulardan biri ayol kishi

Andijonda Asaka va Bo‘ston tuman hokimlari o‘zgardi. Yangi hokimlar — Inomjon Mamadaliyev va Sadbarxon Mamitova.

4 mart 2020, 11:32

Sirg‘ali tumanida yangi maktablar ochildi. Ular nimasi bilan boshqalardan farq qiladi? (+foto)

Xalq ta’limi vaziri va Toshkent hokimi Sirg‘ali tumanida yangi 329 va 330-maktablarni ochib berdi. Ular shu vaqtgacha uzoq maktablarda o‘qishga qatnashga majbur bo‘lgan 3360 nafar o‘quvchini o‘z bag‘riga oladi. Maktablar mutlaqo yangicha dizaynda barpo etilgan bo‘lib, laboratoriyalar, elektron kutubxonalar, sport zallari va maydonchalar bilan ta’minlangan.

4 mart 2020, 11:19

Harbiy prokurorga o‘rinbosarlar tayinlandi

O‘zbekiston harbiy prokuroriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi.

4 mart 2020, 10:51

Buxoro shahriga yangi hokim tayinlandi

Buxoro hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan O‘tkir Jumayev shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

4 mart 2020, 09:41

Voyaga yetmaganlarni hisobga qo‘yish tizmi qayta ko‘rib chiqiladi

Senatda voyaga yetmaganlarni profilaktika hisobiga qo‘yish bo‘yicha vakolatni boshqa organlar, masalan Mahalla va oila vazirligi, XTV yoki Yoshlar ittifoqiga o‘tkazish taklif qilindi. IIV ushbu taklifni qo‘llab-quvvaladi.

4 mart 2020, 09:19

AQSH koronavirus sababli foiz stavkalarini pasaytirdi

Koronavirus bilan bog‘liq iqtisodiy xatarlar sababli AQSH 2008 yildan buyon ilk bor qayta moliyalash stavkasini favqulodda pasaytirdi.

3 mart 2020, 20:14

O‘zbekistonning MDHdagi konsulxonalari xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirmoqda

MDH davlatlarida yashayotgan va konsullik ro‘yxatida turgan O‘zbekiston fuqarolari respublikaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirishlari mumkin.

3 mart 2020, 19:13

Yaponiyaliklar uchun 90 kunlik vizasiz rejim belgilandi

1 martdan Yaponiya diplomatlari uchun 90 kun muddatga O‘zbekistonga vizasiz kirish tartibi belgilandi.

3 mart 2020, 18:06

2020- yilgi davlat dasturida — ta’lim

Talabalar o‘qish pulini to‘rtga bo‘lib to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ldi. “Byudjet” o‘rinlari ikki martaga ko‘payadi va o‘quv dasturlaridagi mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar soni qisqaradi.

3 mart 2020, 16:05

Namangandagi xitoylik ishchilar tibbiy nazoratga olindi

Xitoydan Dubay orqali Toshkentga parvoz qilgan xitoyliklar tibbiy nazoratga olindi. Mahalliy aholi esa ularning karantinga olinmaganidan norozi.

3 mart 2020, 14:58

Zoir Mirzayev so‘kong‘ich tuman hokimi ishiga munosabat bildirdi

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev ish faoliyatining ko‘p qismi hokimlar va rahbarlarni tartibga chaqirish bilan o‘tib ketayotgani, Mirishkorning zo‘ravon hokimi esa o‘z hatti-harakati bilan viloyat nomiga dog‘ tushirganini ma’lum qildi.

3 mart 2020, 14:34

Mart oyida Seuldan Toshkentga to‘rtta reys tashkil etiladi

Mart oyida Seuldan Toshkentga to‘rtta aviareys tashkil etiladi. Yo‘lovchilar O‘zbekistonga yetib kelishi bilan ikki haftalik karantinga joylashtiriladi.

3 mart 2020, 14:08

Samarqand viloyatida maktablar va bolalar bog‘chalari yaqinida tezlik cheklandi

Samarqand viloyati hokimi qarori bilan maktab va bolalar bog‘chalari joylashgan ko‘chalarda transport vositalari tezligi 30−50 km/s etib belgilandi.

3 mart 2020, 13:38

Maktablarda aniq fanlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ko‘lami oshiriladi

Bugun maktablardagi 683 ta fizika, 897 ta kimyo, 901 ta biologiya xonasida o‘quv laboratoriyalar yo‘q. Prezident xalq ta’limi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda maktab laboratoriyalarini jihozlash va ulardagi mashg‘ulotlar sonini oshirish bo‘yicha topshiriq berdi.

3 mart 2020, 13:00

«Qo‘yliq» bozoridagi do‘konlarda yong‘in kelib chiqdi

Qo‘yliq bozori qarshisidagi gril tayyorlash va sotish do‘konida yong‘in kelib chiqdi. Qurbonlar va jarohat olganlar yo‘q.

3 mart 2020, 12:42

1 apreldan Toshkentda ko‘chmas mulk sotib olish uchun propiska kerak bo‘lmaydi

1 apreldan Toshkent va poytaxt viloyatida ko‘chmas mulk sotib olish uchun doimiy propiska talab qilinmaydi. Propiska mexanizmlarini «raqamlashtirish» rejalashtirilmoqda, u bilan bog‘liq xizmatlar «yagona oyna» tamoyili bo‘yicha taqdim etiladi.

2 mart 2020, 23:11

Advokat: sudya huquqlarimizni poymol etmoqda

Advokat Otabek O‘rinov Shayxontohur tumani ma’muriy sudining sudyasi Sardor Rahmuddinov ajrimidan norozi bo‘lib, sudyani rad qildi. Sudya advokatning ovoz yozib olish to‘g‘risidagi iltimosini qanoatlantirmagandi.

2 mart 2020, 20:34

Farg‘ona — Olmaota yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

4 martdan Farg‘ona — Olmaota yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Harakat vaqti 22 soatni tashkil etadi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting