Yangiliklar

15 aprel 2020, 21:21

Karantin qoidalarini buzish holatlari 64 mingtaga yaqinlashdi

Karantin e’lon qilingandan buyon O‘zbekistonda qariyb 64 mingta karantin qoidalarini buzish holatlari aniqlandi. Qoidabuzarlarning 59 ming nafari erkaklar, 5 ming nafarga yaqini ayollardir.

15 aprel 2020, 21:09

COVID-19 surishtiruvlariga 318 nafar malakali tergovchi jalb qilingan

Koronavirus bo‘yicha surishtiruv ishlariga 318 nafar malakali tergovchi va mingdan ortiq tezkor qidiruv xodimlari jalb qilindi. Tezkor-tergov va tahliliy guruhlar tomonidan shu kunga qadar qadar bemorlar muloqotda bo‘lgan 9538 nafar shaxs haqida ma’lumotlar to‘plandi.

15 aprel 2020, 18:34

Bank hisobvaraqalari bo‘yicha ma’lumotni soliq qo‘mitasiga uzatish nizomi loyihasi qayta ko‘riladi

Bank hisobvaraqalari bo‘yicha ma’lumotni soliq qo‘mitasiga uzatish nizomi loyihasi muhokamadan olib tashlandi. DSQ bu haqida Senatga xat jo‘natib ma’lum qildi. Senat tadbirkorlarning huquq hamda manfaatlariga daxldor barcha me’yoriy hujjatlar doimiy nazorat ostida bo‘lishini ma’lum qildi.

15 aprel 2020, 17:56

AQSHda birinchi COVID-19 vaksinasi insonda sinovdan o‘tkazildi

AQSHda koronavirusga qarshi vaksina sinovdan o‘tkazilgan ayol o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Birinchi kuni uning harorati bir oz ko‘tarilgan, keyinroq qo‘li og‘rigan, biroq so‘ngra ahvoli yaxshilangan.

15 aprel 2020, 17:48

Yana 8 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi

8 nafar koronavirus bemori tuzalib, ular reabilitatsiyaga jo‘natildi. O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 107 kishiga yetdi.

15 aprel 2020, 16:55

«Valyuta oldi-sotdisida hech qanday cheklovlar bo‘lmaydi» — MB rahbari

MB raisi Mamarizo Nurmurodov valyutalarni sotib olish va sotishda hech qanday cheklovlar joriy etilmasligi, kurs bozor omillari asosida shakllantirilishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, almashuv kursi «o‘zining tabiiy nuqtasiga yaqinlashmoqda». Valyutaga bo‘lgan talab keskin o‘sgan.

15 aprel 2020, 16:37

Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi tayinlandi

Nikolay Doroshenko Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi. U oldin Qirg‘izistonda elchi bo‘lib ishlagan.

15 aprel 2020, 16:35

Tadbirkorlarga shaxsiy avtomashinalarini boshqarish uchun yengilliklar beriladi

Tadbirkorlarga shaxsiy avtomashinalarini boshqarish uchun yengilliklar berilishi rejalashtirilmoqda. Respublika maxsus komissiyasining qarori 1−2 kun ichida chiqadi.

15 aprel 2020, 16:28

Koronavirusga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlari tarkibi almashdi

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar instituti klinikasining 67 nafar tibbiyot xodimi reabilitatsiyaga kuzatildi. Ularning o‘rnini navbatdagi xodimlar egallashdi.

15 aprel 2020, 16:12 1

Koronavirus bemorlari soni 1275 kishiga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus bemorlari soni 61 kishiga ko‘payib, 1275 kishiga yetdi.

15 aprel 2020, 16:02

Koronavirusdan tuzalgan kishini haqoratlagan shaxs jarimaga tortiladi

Koronavirusdan tuzalgan yoki karantinda bo‘lgan kishini haqorat qilgan shaxsga 9 mln so‘mgacha ma’muriy jarima belgilangan.

15 aprel 2020, 15:22

XVJ: 2020 yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 1,8 foizni tashkil etadi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi 2020 yilda jahon iqtisodiyoti 3 foizga tushishini prognoz qilmoqda. O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining esa 1,8 foizgacha pasayishi kutilmoqda.

15 aprel 2020, 15:16

Baxrom Ashrafxanov O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchisi etib tayinlandi

Pensiya jamg‘armasiga rahbarlik qilgan Baxrom Ashrafxanov O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchisi etib tayinlandi.

15 aprel 2020, 14:45

Andijonda 74 nafar tibbiyot xodimi koronavirusga chalingan

Andijon viloyatida 74 nafar tibbiyot xodimi koronavirusga chalingan.

15 aprel 2020, 14:32

Tadbirkor bosh vazir o‘rinbosarini bosim o‘tkazayotganlikda aybladi

Sulton Tex Group xususiy korxonasi rahbari Nurbek Ergashev prezidentga murojaat qilib, bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev «noqonuniy talablari» bajarilmagani uchun uning kompaniyasini paxta-to‘qimachilik klasterlari ro‘yxatidan chiqarib yuborganini ma’lum qildi. Fermerlar ularni klaster bilan shartnomalarni bekor qilish va kooperativga o‘tishga majburlashayotganini xabar qildi. Korxona avtomobillari jarima maydonchasiga olib ketilmoqda.

15 aprel 2020, 13:59

Transport vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Choriyev Jasurbek Ergashevich O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

15 aprel 2020, 13:47

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining daromad va xarajatlari — Moliya vazirligi

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining hisobiga 1,596 trln so‘m (157,7 mln dollar) kelib tushgan bo‘lsa, jamg‘arma xarajatlari 756 mlrd so‘mga (74,7 mln dollar) teng bo‘ldi. Mablag‘larning katta qismi shifoxona va karantin uchun maxsus muassasalarni qurishga yo‘naltirilgan.

15 aprel 2020, 12:32

O‘zbekiston Vengriyaga 500 mingta tibbiy niqob jo‘natdi

O‘zbekiston Vengriyaga koronavirus bilan kurashish uchun 500 mingta tibbiy niqob jo‘natdi.

15 aprel 2020, 12:29

Karantin may oyida ham davom etish ehtimoli yuqori — bosh vazir o‘rinbosari

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov karantin choralarining may oyida ham davom etish ehtimoli yuqoriligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonning YAIMi birinchi chorakda 4,1−4,4 foiz atrofida o‘sgan, eksport 11 foizga, import esa 10 foizga qisqargan.

15 aprel 2020, 11:55

AQSH Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini moliyalashtirishni to‘xtatadi

AQSH Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini moliyalashtirishni vaqtincha to‘xtadi. Tramp bu qarorni tashkilot o‘zining asosiy vazifasini bajara olmagani bilan asosladi. O‘z navbatida, BMT bosh kotibi hozir JSST uchun resurslarni kamaytirish vaqti emasligini ta’kidladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting