Yangiliklar

16 aprel 2020, 19:08

Hukumat ishini yo‘qotganlarga moliyaviy yordam berish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Hukumat karantin sababli ishini yo‘qotganlarga naqd pul ko‘rinishida yordam berish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorovning so‘zlariga ko‘ra, gap millionlab odamlar haqida ketmoqda va bu katta mablag‘larni talab qiladi.

16 aprel 2020, 18:16

Toshkentda kiyim-kechak va mavsumiy mahsulotlar savdosi uchun ko‘chma bozorlar tashkil etilmoqda

Toshkentda aholining yozgi kiyim-kechak va boshqa mavsumiy nooziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida ko‘chma savdo nuqtalari tashkil etilmoqda.

16 aprel 2020, 17:10

Toshkentda 70 yoshli bemor koronavirusdan sog‘aydi

Toshkentda koronavirus aniqlangan 70 yoshli bemor infeksiyadan to‘liq xalos bo‘ldi. Jami sog‘ayganlar 129 nafarga yetdi.

16 aprel 2020, 16:23

YeTTB O‘zbekiston banklariga 150 mln dollar ajratdi

YeTTB O‘zbekistonning uchta bankiga 150 mln dollar ajratdi. «Asakabank» va «O‘zsanoatqurilishbank»ga 60 mln dollardan ajratilsa, «Ipoteka-bank» 30 mln dollar oladi.

16 aprel 2020, 16:02

AQSH O‘zbekistonga oziq-ovqat yordamini jo‘natdi

O‘zbekiston AQSHdan 35 mingdan ziyod kam ta’minlangan fuqarolar uchun qariyb 400 ming dollarlik oziq-ovqat yordamini qabul qilib oldi.

16 aprel 2020, 15:56

Koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 128 kishiga yetdi

Xorazm viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan koronavirus bemori tuzaldi. U Rossiyadan 22 mart kuni qaytgan va karantinga olingan bo‘lgan. O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 128 kishiga yetdi.

16 aprel 2020, 15:47

Yekaterinburgdan 152 nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri evakuatsiya qilindi

Yekaterinburgdagi chet elliklarni vaqtincha saqlash markazida bo‘lgan 152 nafar O‘zbekiston fuqarosi Toshkentga evakuatsiya qilindi.

16 aprel 2020, 15:00

Buxoroda 20 nafar COVID-19 bemori sog‘aydi, jami tuzalganlar esa 127 kishiga yetdi

Buxoroda yana 20 nafar bemor koronavirusdan butunlay sog‘aydi. Ularning barchasi xorijdan kelgan.

16 aprel 2020, 14:11

Bill Geyts jamg‘armasi JSSTni moliyalashtirish miqdorini oshiradi

Bill & Melinda Gates Foundation Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini (JSST) moliyalashtirish miqdorini 250 million dollargacha oshiradi. Bu mablag‘lar koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashga yo‘naltiriladi.

16 aprel 2020, 14:00

May oyidan pensiya va nafaqalar to‘liqligicha bank kartalariga o‘tkaziladi

May oyidan boshlab pensiya va nafaqalar to‘liqligicha bank kartalariga o‘tkaziladi. Ushbu tartib karantin cheklovi bo‘lib, O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar davom etadi.

16 aprel 2020, 13:52

Namanganda 1200 o‘rinli karantin hududi va 150 o‘rinli maxsus shifoxona qurilmoqda

Namangan viloyatining Pop tumanida 1200 o‘rinli karantin hududi va 150 o‘rinli maxsus shifoxona qurilmoqda. Qurilish ishlarini 10 kunda yakuniga yetkazishga ko‘rsatma berilgan.

16 aprel 2020, 13:31 1

Stikersiz ikki mashina to‘qnashdi: ulardan birining yonishidan haydovchi halok bo‘ldi

Toshkent viloyatida stikersiz harakatlanayotgan ikki avtomobil to‘qnashishi natijasida 25 yoshli haydovchi mashina ichida yonib ketdi.

16 aprel 2020, 12:39

Mehnat vaziri Cotton Campaign rahbarlariga murojaat qildi

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov Cotton Campaign koalitsiyasini o‘zbek paxtasidan boykotni olib tashlashga chaqirdi. Vazir o‘z murojaatida o‘zbek matolaridan tayyorlangan niqoblar, jarrohlik xalatlar va boshqa turdagi shaxsiy himoya vositalari global tanqislikni hal qilishda yordam berishini ta’kidlab o‘tdi.

16 aprel 2020, 11:40

Velosipedchi YTH natijasida halok bo‘ldi

Farg‘ona viloyatida yengil avtomobil haydovchisi urib yuborgan velosipedchi shifoxonada vafot etdi.

16 aprel 2020, 11:34

Germaniya karantin choralarini yumshatishga qaror qildi

Germaniya kansleri Angela Merkel karantin choralari qisman olib tashlanishini ma’lum qildi. Hozircha do‘konlar va maktablar ochiladi.

16 aprel 2020, 11:07

Dunyoda COVID-19 tasdiqlangan holatlar soni 2 milliondan oshdi

Dunyoda aniqlangan koronavirus holatlari soni 2 milliondan oshdi. COVID-19 holatlarining aksariyati AQSH, Ispaniya va Italiyada qayd etildi.

16 aprel 2020, 11:02

Byudjet xarajatlari optimallashtiriladi

O‘zbekiston prezidenti koronavirus pandemiyasi va global inqiroz sharoitida byudjet xarajatlarini optimallashtirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Dolzarb bo‘lmagan loyihalar va xarajatlar kechiktiriladi.

16 aprel 2020, 10:07

Koronavirus yana 47 nafar kishida aniqlandi

O‘zbekistonda yangi tasdiqlangan koronavirus holatlari 47 taga oshib, jami 1349 taga yetdi.

15 aprel 2020, 22:45

Koronavirus holatlari soni 1300 tadan oshdi

O‘zbekistonda koronavirus holatlari soni 27 taga oshib, jami 1302 taga yetdi.

15 aprel 2020, 21:33 1

Koronavirus yuqtirishi mumkin bo‘lgan xavfli guruhlar ma’lum qilindi

Koronavirus yuqtirishi mumkin bo‘lgan xavfli guruhlarga bozorlarda va savdo do‘konlarida savdo qilayotgan sotuvchilar, karantindagi fuqarolar va xizmat zaruriyati tufayli ko‘plab fuqarolar bilan muloqotda bo‘layotgan shaxslar kiradi — Bosh prokuratura.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting