Yangiliklar

24 aprel 2020, 20:22

Yana 19 nafar koronavirus bemori sog‘aydi

O‘zbekistonda 19 nafar koronavirus bemori sog‘ayib, jami tuzalganlar soni 617 nafarga yetdi.

24 aprel 2020, 18:27

Xitoy o‘zining Marsga uchuvchisiz birinchi tadqiqot missiyasi nomini ma’lum qildi

Xitoyning birinchi Marsni tadqiq qilish missiyasining nomi Tianwen-1 (“samoviy haqiqatni izlash”) bo‘lishi e’lon qilindi. Marsga uchuvchisiz tadqiqot missiyasi 2020 yilda boshlanishi rejalashtirilgan.

24 aprel 2020, 17:26

Faxriddin Boboyev “O‘zcharmsanoat” uyushmasining raisi etib tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan Faxriddin Boboyev “O‘zcharmsanoat” uyushmasining raisi etib tasdiqlandi. U rais vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

24 aprel 2020, 17:06

DMC tibbiy xizmatlar uchun xayriya aksiyasini boshladi

Doktor Maqsudova innovatsion klinikasi bemorlarni klinikaga bepul olib kelish, diagnostika va konsultatsiyalarga chegirmalar taklif qiladi.

24 aprel 2020, 16:02

Energetika vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

Geologiya, neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Behzot Narmatov energetika vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

24 aprel 2020, 15:56

Telegramda videomuloqotlar paydo bo‘lishi e’lon qilindi

Pavel Durov Telegramda videomuloqotlar paydo bo‘lishini e’lon qildi. Uning ishga tushirilishi 2020 yilning oxirigacha rejalashtirilgan. Shuningdek, 400 mln faol foydalanuvchiga ega messendjer ta’limga hissa qo‘shish maqsadida barcha fanlar va darajalar uchun test sinovlari ma’lumotlar bazasini yaratishini ma’lum qildi.

24 aprel 2020, 14:51

Koronavirusga chalingan bemor o‘tkir nafas, o‘pka va yurak yetishmovchiligidan vafot etdi

Toshkent tibbiyot akademiyasida koronavirusga chalingan bemor o‘tkir nafas, o‘pka-yurak va poliorgan yetishmovchiligidan olamdan o‘tdi. Mamlakatda COVID-19 infeksiyasi asoratlaridan vafot etgan bemorlar soni 8 nafarga yetdi.

24 aprel 2020, 14:29

Asakada mansabdor shaxs fermerdan 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Asaka tumani bo‘limi rahbari fermerdan 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi.

24 aprel 2020, 14:15

Shanba kuni kuchsiz yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda

Juma va shanba kuni kechqurun kuchsiz yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi va shamolning tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Kunduzgi harorat 22−25 darajagacha pasayadi.

24 aprel 2020, 14:11

Uzcard yagona elektron chipta sotish tizimini yaratishi mumkin

O‘zbekistonda yagona elektron chipta sotish tizimi yaratiladi. Tizim orqali transportlar uchun va boshqa chiptalarni sotib olish mumkin bo‘ladi.

24 aprel 2020, 14:10

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 600 kishiga yaqinlashdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan to‘liq sog‘aygan bemorlar soni 598 nafarga yetdi.

24 aprel 2020, 13:54

Gruziyaning TBC banki O‘zbekistonda o‘z faoliyatini iyun oyida boshlaydi

TBC Uzbekistan iyundan ish boshlaydi. Bank naqd pul ko‘rinishidagi kreditlar, ish haqi garov kreditlari, avtokreditlar va boshqa xizmatlarni taklif qiladi. Bankka tegishli Payme kompaniyasi esa alohida ishini davom ettiradi.

24 aprel 2020, 13:27

Uxanda bemorlarga yordam bergan qurilmalar Toshkentga olib kelindi

Uxan shahrida COVID-19 ning og‘ir ko‘rinishlarini davolashda yuqori samara bergan KTEA o‘pka kasalliklarini davolash uchun elektron apparatlar Toshkentga olib kelindi. Qurilmalar shifoxonalarga koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun beg‘araz topshiriladi.

24 aprel 2020, 13:11

O‘zbekiston pandemiya oqibatlarini yumshatish uchun 3,1 mlrd dollar jalb qilmoqchi

O‘zbekiston koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumshatish uchun 3,1 mlrd dollar jalb qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu mablag‘larning 277,5 mln dollari — sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash, 700 mln dollari — tadbirkorlikni, 300 mln dollari — kommunal va energetika korxonalarini qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi. Davlat byudjetiga 1,8 mlrd dollar yo‘naltiriladi.

24 aprel 2020, 12:38

Jurnalist ayol faoliyatiga qarshilik qilgan hokim kotibi ishdan bo‘shatildi

Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida “Ma'rifat” gazetasi muxbiri faoliyatiga qarshilik ko‘rsatgan hokim kotibi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Holat tuman huquq-tartibot organlari tomonidan o‘rganilmoqda.

24 aprel 2020, 12:32

Google O‘zbekistonda soliq to‘lashni boshladi

Google, Apple, Samsung, Netflix va boshqa kompaniyalar O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash uchun ro‘yxatdan o‘tishdi. Google 2020 yilning I-choragi yakunlariga ko‘ra davlat byudjetiga 85 ming yevro miqdorida mablag‘ to‘lagan.

24 aprel 2020, 12:08

Elektron raqamli imzo sertifikatini masofadan turib olish mumkin

Jismoniy va yuridik shaxslarga elektron raqamli imzo kaliti va sertifikatini masofadan turib olish mexanizmi joriy qilindi. Shaxsni tasdiqlash uchun fuqaro pasportining asosiy sahifasi bilan selfi foto tushib uni yuborish kerak bo‘ladi.

24 aprel 2020, 11:53

Farg‘onada 19 nafar koronavirus bemori tuzaldi

Farg‘ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan 19 nafar bemor sog‘aydi. Ular orasida uch oylik chaqaloq ham bor. Mamlakat bo‘ylab tuzalganlar soni 582 kishiga yetdi.

24 aprel 2020, 11:37

Ilon Mask va boshqa tadbirkorlar Donald Tramp maslahatchilariga aylanishdi

Donald Tramp koronavirus pandemiyasidan keyin AQSH iqtisodiyotini tiklashga qaratilgan “Amerikaning buyuk iqtisodiy tiklanishi” loyihasiga jalb etiladigan shaxslar ro‘yhatini e’lon qildi. Unga Ilon Mask, Jeff Bezos, Mark Sukerberg va bir qator taniqli Amerikalik tadbirkorlar va davlat arboblari kirgan. Ularning asosiy vazifasi inqirozdan keyin AQSH iqtisodiyotini tiklash masalasida Trampga maslahat berish.

24 aprel 2020, 11:02

Koronavirusdan tuzalganlar soni 563 kishiga yetdi

Qashqadaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan navbatdagi 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 563 nafar bemor to‘liq shifo topdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting