15 avgust, shanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Yangiliklar

16 sentabr 2018, 08:40

Namanganda sodir bo‘lgan yong‘indan 12 nafar shaxs qutqarildi

Namangan shahridagi «Yangi tong» MFYda joylashgan 4 qavatli uyda sodir bo‘lgan yong‘in natijasida 12 nafar shaxs qutqarib qolindi.

16 sentabr 2018, 00:46

Bokschi Husniddin Po‘latov WBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik bokschi Husniddin Po‘latov Janubiy Koreyaning Suvon shahrida o‘tkazilgan jang natijasida WBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi.

16 sentabr 2018, 00:35

Namangan viloyat DSBga yangi rahbar tayinlandi

Adhamjon Tillavoldiyev Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

15 sentabr 2018, 22:05 1

Uzcard texnik nosozlik yuzaga kelganini ma’lum qildi

Uzcard kompaniyasi texnik nosozlik to‘lov terminallari va bankomatlar ishiga ta’sir ko‘rsatganini ma’lum qildi.

14 sentabr 2018, 22:01

«Buxanka» non erkin bozor narxi bo‘yicha sotiladi

Qolipli non erkin bozor narxi bo‘yicha sotiladi, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga esa «buxanka» sotib olish uchun kompensatsiya to‘lanadi.

14 sentabr 2018, 21:48

Besh yoshli qizchaning o‘limiga sababchi bo‘lgan yigit 11 yilga qamaldi

Farg‘ona viloyatida besh yoshli qizchaning o‘limiga sabab bo‘lgan yigitga nisbatan ayblov hukmi e’lon qilindi.

14 sentabr 2018, 21:21

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Janubiy Koreyada vakolatxonasini ochdi

Kvanjuda (Janubiy Koreya) O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining xorijdagi ilk vakolatxonasi ochildi.

14 sentabr 2018, 21:04

Yanvar-avgustda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 20,6 mlrd dollarni tashkil etdi

Yanvar-avgustda O‘zbekiston eksporti hajmi 8,6 mlrd, import esa 12 mlrd dollargacha oshdi. Tashqi savdo saldosi — minus 3,4 mlrd dollar.

14 sentabr 2018, 18:51

Obodonlashtirish boshqarmasi xodimiga noto‘g‘ri qo‘yilgan ayblov sud tomonidan bekor qilindi

Chilonzor tumani Obodonlashtirish boshqarmasi xodimi Shuhrat Fathullayevning ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining majlisi va sud tergovi jarayonida ko‘rilganda ayblov noqonuniy ravishda эъ­лон qilingani ayon bo‘ldi.

14 sentabr 2018, 18:27

Aleksandr Lukashenkoning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekistonga tashrifini yakunlab, Minskka jo‘nab ketdi.

14 sentabr 2018, 18:23

Toshkentda Navoiy nomidagi opera teatri atrofidagi ko‘chalar vaqtincha yopiladi

14 sentyabr kuni Toshkentda Navoiy nomidagi DAKTga eltuvchi ko‘chalar vaqtincha yopiladi.

14 sentabr 2018, 18:17

Maktabgacha ta’lim tizimida qamrov 6,7 foizga oshdi

2018 yil uchun tasdiqlangan Investitsiya dasturiga muvofiq bog‘chalar qurilishi, rekonstruksiya qilinishi va mukammal ta’mirlanishi uchun byudjetdan 771 milliard so‘m ajratilgan.

14 sentabr 2018, 18:01

Jahongir Ortiqxo‘jayev Senator bo‘ldi

Yashirin ovoz berish natijalariga ko‘ra, Toshkent shahar hokimi v.b. Jahongir Ortiqxo‘jayev Senat a’zosi etib saylandi.

14 sentabr 2018, 17:54

O‘zbekistonning 6 ta hududida yangi yo‘llar va vodoprovod tarmoqlari quriladi

O‘zbekiston bilan KAITJ o‘rtasida imzolangan 30,0 mln AQSH dollari miqdorida qarz bitimi doirasida 138 km avtomobil yo‘li va 198 km suv ta’minoti tarmog‘i quriladi.

14 sentabr 2018, 17:52

OTMlar kontrakt to‘lovlaridan 1,8 trln so‘m olishi kutilmoqda

2017 yilda OTMlar kontrakt to‘lovlaridan 1,2 trln so‘mga ega bo‘ldi. Joriy yilda superkontraktlar hisobiga bu ko‘rsatkichning 1,8 trln so‘mga yetishi kutilmoqda.

14 sentabr 2018, 16:44

Pauerlifting: Osiyo va Okeaniya chempionatida 2 ta oltin medal qo‘lga kiritildi

Muslima Nuriddinova va Roza Qo‘ziyeva shahrida pauerlifting bo‘yicha Osiyo va Okeaniya chempionatida oltin medal sohibi bo‘ldi.

14 sentabr 2018, 16:34

Toshkentdan Nijniy Novgorodga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

14 sentyabrdan «Toshkent-Nijniy Novgorod» yo‘nalishi bo‘yicha avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

14 sentabr 2018, 16:29

2018 yilning 7 oyida O‘zbekistondan necha kishi xorijga ishlashga ketgani ma’lum qilindi

2018 yilning 7 oyi davomida O‘zbekiston fuqarolari Koreya Respublikasiga, Rossiya Federatsiyasiga, Turkiyaga va Polshaga ishlash uchun jo‘nab ketdi.

14 sentabr 2018, 16:21

O‘zbekiston — armiya qo‘l jangi bo‘yicha chempionat g‘olibi

O‘zbekiston harbiy xizmatchilari MDH o‘rtasida armiya qo‘l jangi birinchiligi chempioni bo‘ldi.

14 sentabr 2018, 15:47

TATU va Belorus OTM qo‘shma fakultet ochadi

TATU va BDIRU o‘zbek-belorus axborot texnologiyalari fakulteti bitiruvchilari qo‘sh diplomga ega bo‘ladi.