27 yanvar, dushanba

Yangiliklar

Laziz Tangriyev Matbuot va axborot agentligi rahbarligidan ozod qilindi 

Laziz Tangriyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori lavozimidan ozod qilindi.

Milliy olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasi prezidenti Shayx Saboh lavozimini tark etdi 

Milliy olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasi prezidenti Shayx Saboh lavozimini tark etdi, endilikda Robin Mitchell tashkilotga vaqtinchalik prezident vazifasini bajaradi.

MAK samolyoti ta’mirdan so‘ng Istanbul-Toshkent reysini amalga oshirdi 

«O‘zbekiston havo yo‘llari» kompaniyasining dvigateliga qush urilishi oqibatida parvozi kechiktirilgan Boeing 767 samolyoti ta’mirdan so‘ng Istanbul-Toshkent reysini amalga oshirdi.

Toshkentdagi bog‘chada yong‘in kelib chiqishi sababi aniqlandi 

Toshkentdagi «Fortuna Child» nomli xususiy bolalar bog‘chasida konditsionerni yoqib qarovsiz qoldirilishi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlandi.

O‘zbekiston fuqarosi Moskva metrosida poyezd ostida halok bo‘ldi 

O‘zbekiston fuqarosi Moskvada metro stansiyasiga kirib kelayotgan poyezd ostiga tushib ketdi va olgan jarohatlardan vafot etdi.

Futbol: Marat Bikmayev odobsiz harakati uchun jarimaga tortildi 

PFL Etika qo‘mitasi «Lokomotiv» hujumchisi Marat Bikmayevni odobsiz harakati uchun jarimaga tortib, ikki o‘yindan chetlatdi.

Toshkentda olti mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 

Toshkentning Olmazor tumanida olti avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, haydovchilardan biri jarohatlandi.

G‘alla yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi 

G‘alla yetishtirishda hosil gektariga 40 sentnerdan kam bo‘lsa soliq koeffitsiyentlari, ortiq bo‘lsa — davlat xarid narxlariga ustamalar belgilanadi.

«Bosh ko‘targani uchun» tadbirkorning do‘koni ichidagi mollari bilan buzib tashlandi 

O‘zA poytaxtdagi «Sergeli yarmarkasi» yopilishidan 1,5 ming kishi ishsiz qolgani, davlat g‘aznasi kunlik 15 mlrd so‘mlik tushumdan mahrum bo‘lgani haqida tanqidiy maqola e’lon qildi.

Shavkat Mirziyoyev Pan Gi Munni qabul qildi 

Shavkat Mirziyoyev BMTning sobiq bosh kotibi, hozirda Yashil taraqqiyot global instituti assambleyasi va Xalqaro olimpiya qo‘mitasining Etika bo‘yicha komissiyasi rahbari Pan Gi Munni qabul qildi.

«Toshkent — Termiz» yo‘lida avtobus ag‘darilib ketdi 

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida «Isuzu» avtobusi yo‘l chetiga yonboshlab qoldi, bir kishi jarohatlandi.

Murod Xonto‘rayevga qilingan hujum tafsilotlari oshkor bo‘ldi 

Murod Xonto‘rayevga qilingan hujum tafsilotlari oshkor bo‘ldi: 6−8 nafar niqoblangan noma’lum shaxslar uning ofisiga bostirib kirib, o‘tkir buyumlar, armatura, rezina to‘qmoq va pnevmatik qurol bilan unga hujum qilgan.