Yangiliklar

14 iyun 2021, 10:51

Naftali Bennet Isroilning yangi bosh vaziri bo‘ldi

Isroil parlamenti mamlakatning yangi koalitsion hukumatini tasdiqladi. Unga ko‘ra, 12 yil davomida Isroilning bosh vaziri bo‘lgan Binyamin Netanyaxu o‘z lavozimini tark etdi. «Yamina» partiyasi rahbari Naftali Bennet mamlakat bosh vaziri bo‘ldi. Partiyalar orasidagi kelishuvga ko‘ra, u ikki yildan so‘ng o‘rnini boshqa partiya yetakchisiga bo‘shatib berishi kerak bo‘ladi.

14 iyun 2021, 10:42

O‘zbekistondagi mobil aloqa abonentlari soni 27 millionga yaqinlashdi

O‘zbekistonda 1 aprel holatiga ko‘ra, mobil aloqa tizimiga ulangan abonentlar soni 26 mln. 953,5 mingtani tashkil etgan. Shu jumladan, aholida 24 mln. 795,4 mingta abonentni tashkil etgan.

14 iyun 2021, 10:14

Milliy test tizimi atrofidagi mojarolar: Buxoro va Namanganda test savollari oldindan tarqalib ketgan

«Gazeta.uz» umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy test tizimi atrofidagi mojarolarni o‘rgandi. Buxoro va Namangan viloyatlarida test topshiriqlari imtihondan oldin tarqalib ketgan.

13 iyun 2021, 14:05

Sport sohasidagi eng muhim xabarlar haftalik dayjesti

O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2020 saralashidagi o‘yinlari, Shohjahon Ergashevning antiqa g‘alabasi, Yevropa chempionati va uning atrofidagi jarayonlar, hokkey bo‘yicha Kanadaning Jahon chempionligi — “Gazeta.uz” ning haftalik sport yangiliklari dayjestida.

13 iyun 2021, 13:22

«Marsdan selfi» — Qizil sayyoradagi Xitoy robotining yangi fotosuratlari e’lon qilindi

Xitoyning «Chjujun» marsoxodi Marsdan «selfi» va Utopiya tekisligining qo‘nish joyidan panoramali fotosuratini taqdim etdi. Fotosuratlardan birida XXR bayrog‘ini va Pekin-2022 Olimpiadasining ramzlarini ko‘rish mumkin.

13 iyun 2021, 11:22

Kecha O‘zbekistonda 304 nafardan ortiq kishida koronavirus kasalligi aniqlanib, 3 nafar bemor vafot etdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 103 ming 510 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 264 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

13 iyun 2021, 11:03

O‘zbekiston o‘tgan 4 oyda xorijdan 630 mingga yaqin mobil telefon import qildi

O‘zbekiston yanvar-aprel oylari davomida xorijdan qiymati 45,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 628 ming 885 dona mobil telefonlar import qilgan.

12 iyun 2021, 23:14

Yevro-2020: Daniya — Finlyandiya uchrashuvi nohush hodisa sabab to‘xtab qoldi (foto)

Yevropa chempionatining B guruhidan o‘rin olgan Daniya — Finlyandiya uchrashuvi Kristian Eriksenning o‘yin vaqtida hushidan ketib, maydonga yiqilishi sabab to‘xtatildi. Hozirda futbolchining ahvoli yaxshi, u o‘ziga kelgan. Ushbu o‘yinning davomi esa bugun, Toshkent vaqti bilan 23:30 da bo‘lib o‘tadi.

12 iyun 2021, 20:30

12 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekiston terma jamoasi va Shohjahon Ergashevning g‘alabasi, Namangan viloyati IIBning kuchuk daraxtga osilgani tasvirlangan video yuzasidan bergan izohi, Toshkent metropoliteniga yangi rahbar tayinlanishi — “Gazeta.uz"ning 11 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.

12 iyun 2021, 17:00

Rahmonbek Usmonov Toshkent metropoliteniga rahbar etib tayinlandi

Toshkentning sobiq hokimi va transport vazirining sobiq o‘rinbosari Rahmonbek Usmonov “O‘zbekiston temir yo‘llari” boshqaruvi raisi o‘rinbosari — Toshkent metropoliteni boshlig‘i etib tayinlandi.

12 iyun 2021, 15:27

«Tolibon» Turkiyadan o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketishni talab qildi

«Tolibon» Turkiyadan o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketishni talab qildi. Harakat shu tarzda NATO o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqishi ortidan Anqaraning Qobul aeroportini muhofaza qilish yuzasidan bergan taklifiga munosabat bildirdi.

12 iyun 2021, 14:04

Namangan viloyati IIB kuchuk daraxtga osilgani tasvirlangan video yuzasidan izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan daraxtga osilgan kuchukning videosi Namangan viloyatining Chortoq tumanida tasvirga olingan. Viloyat IIB hozir kuchukning ahvoli yaxshiligi va aybdorlarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilganini ma’lum qildi.

12 iyun 2021, 13:08

Shohjahon Ergashev Salimu Jengoni texnik nokautga uchratdi

O‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev tanzaniyalik Salimu Jengoni texnik nokautga uchratdi. Salimu Jengo muvozanatdan chiqqanidan so‘ng referi jang yakunlanganini e’lon qildi. Bokschilarning bahsni davom ettirishni talab qilganiga qaramay qaror o‘zgarmadi.

12 iyun 2021, 13:08

2 mingta oilaviy nodavlat bog‘chalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Prezident qarori bilan 2021−2022 yillarda bolalarni bog‘cha bilan qamrab olish darajasi past hududlarda 2 mingta oilaviy nodavlat MTTlar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi belgilanmoqda. Buning natijasida yana 50 ming tarbiyalanuvchi bog‘cha bilan qamrab olinadi. Oilaviy bog‘chalarni tashkil etuvchilarga 30 mln so‘mgacha 5 foizli kredit beriladi.

12 iyun 2021, 12:12

«Uzbekistan Airways» chiptalari xorijiy aviakompaniyalar chiptalari narxidan 148 foizga qimmat — Senat

Senat so‘roviga muvofiq, Antimonopol qo‘mita «Uzbekistan Airways» chiptalari narxining qimmatligi sabablarini o‘rganib chiqdi. Unga ko‘ra, milliy aviatashuvchining chiptalari Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya aviakompaniyalarining chiptalari narxidan 36 foizdan 148 foizgacha qimmatligi aniqlandi. Bunga, raqobat muhiti rivojlanmagani, kompaniya arzon aviachiptalarni sotuvga chiqarmagani, qolaversa, taklifni sun’iy kamaytirish orqali talabni oshirish va narxni qimmatligicha saqlab qolish sabab bo‘lgani aytilmoqda.

12 iyun 2021, 11:17

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 103 mingdan oshdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 103 ming 206 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 229 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

12 iyun 2021, 11:12

O‘zbekiston Afg‘onistonga 1000 ta kislorod ballonini yubordi

O‘zbekiston Afg‘onistonga shoshilinch gumanitar yordamni ko‘rsatdi. Qo‘shni afg‘on mamlakatiga 1000 dona kislorod ballonlari yuborildi.

12 iyun 2021, 10:30

Bolalar taomnomasi: kichkintoylarga nima tayyorlaymiz

Rangli chuchvara, tovuqli kabobchalar, muzqaymoq va pechenelar — Zira.uz bolalar uchun tayyorlasa bo‘ladigan qiziqarli va mazali taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.

12 iyun 2021, 02:30

JCH-2022 saralash bosqichi: O‘zbekiston Yaman ustidan kichik hisobda g‘alaba qozondi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasidagi Yaman terma jamoasiga bilan bo‘lib o‘tgan o‘yinda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona gol Jaloliddin Masharipov tomonidan penaltidan kiritildi. Ikkinchi bo‘limda esa Odil Ahmedov Yaman darvozasi tomon qo‘yilgan ikkinchi penaltini golga aylantira olmadi.

11 iyun 2021, 23:05

Jahon yangiliklari dayjesti

Isroilning dunyoda birinchi bo‘lib mo‘yna mahsulotlarini sotishni taqiqlagani, Hindistonda xavfli zamburug‘ turi bilan kasallanganlar soni 31 mingdan oshgani, National Geographic’ning beshinchi okean mavjudligini tan olgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting