7 iyul, seshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Yangiliklar

30 yanvar 2019, 11:31

Bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlar deputatlar tomonidan ma’qullanadi

Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar va davlat qo‘mitalari raislari lavozimlariga nomzodlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullanadi. Nomzodlar deputatlarga harakatlar dasturini taqdim etishlari lozim.

30 yanvar 2019, 11:06

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimovni xotirlash tadbirlarida ishtirok etish uchun Samarqandga jo‘nab ketdi.

30 yanvar 2019, 10:56

Bosh vazir o‘rinbosarlari soni beshtagacha kamaytiriladi

Prezident qarori bilan bosh vazir o‘rinbosarlari soni beshtagacha kamaytirildi, bosh vazir maslahatchisi lavozimi joriy etiladi.

30 yanvar 2019, 10:30

Shavkat Mirziyoyev birinchi prezident xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.

30 yanvar 2019, 10:23

Farg‘onada marixuana saqlayotgan fuqaro qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida yashovchi M.D.ning xonadoni ko‘zdan kechirilganda 934 gramm marixuana saqlayotganligi ma’lum bo‘ldi.

30 yanvar 2019, 09:46

Eng ko‘p uy Toshkent shahrida, eng kami Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida sotildi

2018 yilda 148 640 ta uy-joy oldi-sotdi shartnomalari amalga oshirildi hamda 345 392 ta avtotransport vositasi oldi-sotdi qilindi.

29 yanvar 2019, 22:28

O‘zbekiston korrupsiya bo‘yicha xalqaro reytingda 180 davlat orasida 158-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston Transparency International xalqaro tashkilotining korrupsiyaga qarshi reytingida 180 mamlakat va hududlar orasida 158-o‘rinni egalladi.

29 yanvar 2019, 21:02

Toshkentda jarimalarni vaqtida to‘lamagan haydovchilarni aniqlash tadbirlari boshlanadi

Toshkentda YHQni buzgani uchun jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamagan haydovchilarni aniqlash va ularning avtomobillarini jarima maydonchasiga kiritish tadbirlari boshlanadi.

29 yanvar 2019, 20:48

Bank mablag‘larini o‘zlashtirilgan fermerga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Sayxunobod tumanidagi fermer xo‘jaligi rahbari T.O. byudjet mablag‘larini talon-taroj qilganligi aniqlandi.

29 yanvar 2019, 20:07

Prezident valyuta siyosati va tashqi savdo faoliyati sohasini takomillashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev valyuta siyosati va tashqi savdo faoliyati sohasini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

29 yanvar 2019, 19:10

BP va SOCAR Ustyurtda razvedka olib boradi

Britaniyaning BP va Ozarbayjonning SOCAR kompaniyalari Ustyurt hududida neft va gaz izlash bo‘yicha geologik razvedka ishlarini olib boradi.

29 yanvar 2019, 18:12

«Amir Temur xiyobonidagi daraxtlarning kesilishi qonuniy yoki noqonuniyligi to‘g‘risida sud organlari qaror chiqaradi»

Ekologik muhitni yaxshilash, atrof-muhitni muhofaza qilish mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Amir Temur xiyobonidagi daraxtlarning kesilishi masalasi ko‘tarildi.

29 yanvar 2019, 17:47

«BTA Bank» pullarini o‘g‘irlaganlikda gumon qilinayotgan shaxs O‘zbekistondan ekstraditsiya qilindi

Toshkentda qo‘lga olingan «Yevraziya Logistik» direktorlar kengashining sobiq raisi Artur Trofimov Qozog‘istonga ekstraditsiya qilindi.

29 yanvar 2019, 16:46

Yanvarning so‘nggi kunlari yomg‘irli bo‘ladi

Yaqin kunlarda O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, havo harorati 31 yanvarga qadar 6−8 darajaga pasayadi.

29 yanvar 2019, 16:31

Samarqandda psixotrop moddalarni yashirincha olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatildi

O‘zbekiston hududiga olib kirilishi taqiqlangan «Siklodol trigeksifenidil» psixotrop dori vositalarini olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatildi.

29 yanvar 2019, 15:41

Yana ikkita tashkilot xodimlarini Toshkentga doimiy propiska qilish huquqiga ega bo‘ldi

O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi hamda «O‘zagrokimyohimoya» AJ rahbarlari xodimlarini Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiska qilishi mumkin bo‘ldi.

29 yanvar 2019, 14:39

Farg‘ona vodiysida kuchsiz zilzila qayd etildi

Farg‘ona vodiysida qayd etilgan kuchsiz zilzila o‘chog‘i Qirg‘iziston hududida joylashgan.

29 yanvar 2019, 12:49

Toshkent viloyatida 2018 yilda 40 ta oilaviy mehmon uylari faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Toshkent viloyatida 2019 yilda mehmon uylari sonini 300 taga yetkazish rejalashtirilmoqda.

29 yanvar 2019, 12:14

Qirg‘izistondagi YTHda besh o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Qirg‘izistonning Batken viloyati hududidagi YTHda besh nafar O‘zbekiston fuqarosi hayotdan ko‘z yumdi.

29 yanvar 2019, 12:03

Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Kosonsoy tumaniga hokim bo‘ldi

Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimida ishlagan Bahodir Tursunovich Yusupov Kosonsoy tumani hokimi etib tayinlandi.