17 iyul, chorshanba

Yangiliklar

«Temurbeklar maktabi"da kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi 

Mudofaa vazirligiga qarashli barcha «Temurbeklar maktabi"da kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodida yangi korxonalar ishga tushiriladi 

Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi hududida beshta yangi korxona ishga tushiriladi. Prezident zavodga tashrif buyurib, u yerda amalga oshirilishi mo‘ljallangan loyihalar bilan tanishdi.

1-avgustdan ish haqi va pensiyalar hajmi oshiriladi 

1-avgustdan O‘zbekistonda eng kam ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori o‘rtacha 10 foizga oshiriladi.

«O‘zbekneftgaz» ilk bor gaz eksporti hajmini ma’lum qildi 

«O‘zbekneftgaz» ilk bor gaz eksporti tafsilotlarini e’lon qildi. Joriy yilda kompaniya xorijga yetkazib berilayotgan gaz hajmini 15 mlrd kub metrga oshirishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekiston zaxiralardagi oltin ulushini kamaytirib, obligatsiyalar sotib oladi  +1

Markaziy bank AQSH g‘aznachilik vekseli hamda boshqa davlatlar, jumladan Xitoyning qarz majburiyatlarini xarid qilishni rejalashtirmoqda, mamlakat zaxiralaridagi oltin ulushi esa qisqaradi.

Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasiga rahbar tayinlandi 

Rustam Toshpo‘latov Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekistonda har yili 600 ga yaqin ayol o‘z joniga qasd qilmoqda — Xotin-qizlar qo‘mitasi 

O‘zbekistonda har yili 700 dan ortiq erkak va 600 ga yaqin ayol o‘z joniga qasd qilmoqda. Suitsid bo‘yicha yiliga har 100 ming kishiga 5,2 ta holat to‘g‘ri kelmoqda.

Toshkentda avtokran haydovchisi tok urishidan halok bo‘ldi 

Poytaxtning Sergeli tumanida avtokranning yuqori voltli liniya bilan to‘qnashuvi natijasida haydovchi halok bo‘ldi.

Sirdaryo viloyatida avtobus ag‘darilib ketdi 

«Jizzax — Toshkent» trassasida avtobus ag‘darilib ketishi natijasida 20 kishi jarohatlandi. Haydovchi YTH avtobusni qizil Spark «siqib ketgani» sababli sodir bo‘lganini ma’lum qildi.

Oliy ta’lim muassasalari o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tadi 

2020-yildan O‘zbekiston universitet va institutlari bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tadi.

Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali tashkil etildi 

Hukumat qarori bilan Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali tashkil etildi.

Gaz va elektr uchun bazaviy normalar Toshkent va yana uchta shaharda joriy etiladi 

Yunusobod tumanida o‘tkazilgan gaz va elektr energiyasi uchun bazaviy normalarni belgilash tajribasi o‘zini oqladi, deb hisoblandi. Yil oxirigacha tajriba butun Toshkent hamda qisman Samarqand, Buxoro va Jizzax shaharlarida amalga oshiriladi.

reklama