Yangiliklar

10 fevral 2021, 17:26

Bosim o‘tkazilganini aytgan Ekologiya qo‘mitasi matbuot kotibi bo‘shatilganligini ma’lum qildi

Ekologiya qo‘mitasida bir necha hodim lavozimidan ozod qilindi, ular orasida bosim o‘tkazilgani haqida ma’lum qilgan matbuot xizmati rahbari Bunyod Abdullayev ham bor. Qo‘mitaning o‘zi va AOKA rasman ushbu holatga izoh bermadi.

10 fevral 2021, 16:50

Coca-cola Uzbekistan’dagi davlat ulushini sotish jarayonining birinchi bosqichi yakunlandi

Coca-cola Uzbekistan’dagi davlat ulushini sotish jarayonining birinchi bosqichi yakunlandi. Unga ko‘ra, Osiyo, Yevropa, Amerika va Afrikadan bir qancha talabgorlar aniqlab olindi.

10 fevral 2021, 16:33

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida Innovatsiyalar markazi barpo etiladi

Prezident farmoni bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tashkil etildi. Markaz ilmiy ishlanmalar va raqamli texnologiyalarni joriy etish bilan shug‘ullanadi. 2021−2022 yillarda barcha hududlarda agroxizmatlar markazlari ochiladi.

10 fevral 2021, 15:45

Qorako‘lchilik klasterlariga ozuqa uchun yer maydonlari ajratiladi

2021 yil 1 martgacha qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan sug‘oriladigan yerlarni foydalanishga kiritish sharti bilan qorako‘lchilik klasterlariga ozuqa uchun yer maydonlari ajratiladi. «Qorako‘lchilik» uyushmasi a’zolariga 3 yil muddatgacha, shu jumladan 1 yillik imtiyozli davr bilan kreditlar taqdim etiladi.

10 fevral 2021, 15:41

Janubiy Koreya kompaniyasi O‘zbekistonda uchta yirik loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda

Janubiy Koreyaning Hanshin Engineering & Construction kompaniyasi O‘zbekistonda uchta loyihani amalga oshirish ustida ishlamoqda. Ularga qiymati 800 mln dollar bo‘lgan golf kompleksi, Kokan city majmuasi va qo‘shma loyiha instituti kiradi.

10 fevral 2021, 15:32

Qirg‘izistonda haydovchilik guvohnomasini olib yurmaslik mumkin bo‘ladi

Qirg‘iziston prezident mamlakatda elektron hujjatlarni rivojlantirish bo‘yicha farmonni qabul qildi. Unga ko‘ra, davlat idoralari qog‘oz shaklidagi hujjatlarni so‘rashni to‘xtatadi. Fuqarolar haydovchilik guvohnomasisiz harakatlanishlari mumkin bo‘ladi.

10 fevral 2021, 13:43

AQSH Senati Trampning impichmentini konstitutsiyaviy deb tan oldi

AQSH Senati Amerika hukumatiga qarshi isyon qo‘zg‘atishda ayblanayotgan sobiq prezident Donald Trampning impichment jarayoni konstitutsiyasiga muvofiqligini tan oldi.

10 fevral 2021, 13:12

Rossiya aholi jon boshiga koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda — Meduza

Rossiyada 2020 yilning aprelidan dekabrning ohiriga qadar o‘lim ko‘rsatkichi xaddan tashqari yuqori bo‘lib, 358 ming 257 kishini tashkil etdi. Mamlakat bo‘ylab 98−100% «ortiqcha o‘limlar» koronavirus bilan bog‘ligi aytilmoqda.

10 fevral 2021, 12:22

2021-yilda 31 ta yangi maktab quriladi, 320 tasi ta’mirlanadi

2021-yilgi davlat dasturida 31 ta yangi maktab qurish hamda 320 ta maktabni ta’mirlash ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, Andijon, Nurafshon, Guliston, Navoiy va Termiz shaharlarida Prezident maktablari qurilishi rejalashtirilgan.

10 fevral 2021, 11:59

Bojxona xodimiga 9400 dollar pora berishga uringan shaxs qo‘lga olindi

Bojxona xodimiga 4 mlrd so‘mlik tovarlarni noqonuniy olib kirish uchun 9400 AQSH dollari miqdorida pora berishga uringan shaxs fosh etildi. Hozirda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

10 fevral 2021, 11:42

O‘zbekistonda har yili bachadon bo‘yni saratoniga chalinganlarning 42 foizdan ortig‘i vafot etadi

O‘zbekistonda har yili 1800ga yaqin ayollar bachadon bo‘yni saratoniga chalinadi. Ularning 42 foizdan ortig‘i vafot etadi. O‘limlarning aksariyati tashxisni kech qo‘yish natijasida ro‘y beradi. Bachadon bo‘yni saratonini 99 foiz holatlarja odam papilloma virusi keltirib chiqaradi.

10 fevral 2021, 11:33

Navoiyda 3 oylik farzandini 25 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayolning ozodligi cheklandi

Navoiy viloyatida niqohsiz dunyoga kelgan 3 oylik bolasini 25 ming AQSH dollariga sotgan ayol ushlandi. Bolani sotib olmoqchi bo‘lgan fuqaro chaqaloq uchun shu narxga baholangan ikki xonali uy olib berishni taklif qilgan.

10 fevral 2021, 10:44

2020 yilning 10 ta yirik soliq to‘lovchilari e’lon qilindi

Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha inspeksiya 2020 yilda davlat byudjetiga eng ko‘p tushum keltirgan 10 ta yirik soliq to‘lovchilarni e’lon qildi. Umumiy soliqlarning 63,3%ni to‘lagan yirik kompaniyalar ichida «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» eng ko‘p soliq to‘lagan.

10 fevral 2021, 10:12

O‘zbekiston fuqarolari ham turistik yig‘im to‘laydi

1 martdan boshlab O‘zbekiston fuqarolari ham turistik yig‘im to‘lashni boshlaydi. Hozirda uni faqat xorijiy fuqarolar to‘laydi.

10 fevral 2021, 09:40

Qoraqalpog‘istonda davlat buyurtma qo‘riqxonasi tashkil etildi

Mo‘ynoqda alohida ekologik qimmatga ega bo‘lgan tabiiy ob’ektlar va majmualarni, hayvonlarning noyob turlarini saqlab qolish maqsadida «Sudoche-Akpetki» davlat buyurtma qo‘riqxonasi tashkil etildi.

9 fevral 2021, 23:28

O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishiga qarshi strategiya ishlab chiqiladi

2021-yilgi davlat dasturida O‘zbekistonning 2030-yilgacha bo‘lgan iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurash strategiyasi tasdiqlash ko‘zda tutilgan. Bu borada prezidentning tegishli qarori loyihasi 1-sentabrga qadar ishlab chiqiladi.

9 fevral 2021, 23:10

Urganchdan Qarshi va Termizga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Urganchdan Qarshi va Termizga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Oldinroq, Farg‘onaga ham reys ochilgan edi. Qolaversa, endi Termiz-Qarshi-Xiva, Xiva-Urganch-Nukus va Termiz-Qarshi-Samarqand yo‘nalishlari bo‘yicha doimiy temir yo‘l qatnovi ham amalga oshiriladi.

9 fevral 2021, 22:28

Bayramlar arafasida ishlanmaydigan kunlar kamida 3 kun bo‘ladi

Navro‘z, Mustaqillik kuni, Yangi yil, Ramazon hayiti va Qurbon hayiti diniy bayramlarini nishonlash davrida qo‘shimcha va ko‘chirish hisobiga ishlanmaydigan kunlar kamida 3 kun etib belgilanadi.

9 fevral 2021, 22:04

O‘zbekistonda martdan bir qancha davlatlar fuqarolariga vizasiz rejim joriy etiladi

Martdan boshlab Bahrayn Qirolligi, Qatar, Quvayt, Ummon Sultonligi va XXR, shu jumladan Xitoyning Gonkong va Makao maxsus ma’muriy hududlari fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etiladi.

9 fevral 2021, 21:12

«Bu majburiy mehnatning bir ko‘rinishi». OTM vaziri — mehmonlarni kutib olishga jalb qilinayotgan talaba-qizlar haqida

Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov xorijlik mehmonlarni kutib olishga jalb qilinayotgan talaba qizlar bo‘yicha munosabat bildirdi. «Nega mening gul qizlarim, gul ko‘tarib chiqishi kerak? U yerga ham o‘zingizni farzandingizni qo‘yib ko‘ring», — dedi vazir. U shuningdek, «bu majburiy mehnatning bir ko‘rinishi» ekanini aytgan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting