Yangiliklar

11 fevral 2021, 12:43

Qo‘rg‘ontepa tumaniga yangi hokim tayinlandi

Elyorbek Nabijonov Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi vazifasiga tayinlandi. Tayinlovdan avval u Qo‘rg‘ontepa tumani «Khantex Group» MCHJ kuzatuv Kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

11 fevral 2021, 12:38

«Hafta o‘rtasida birorta vazirni Toshkentda ko‘rsam, ishdan olaman» — prezident

Shavkat Mirziyoyev vazirlar ish kunlarini Toshkentda emas, viloyatlarda o‘tkazishi kerakligini ta’kidladi. Ular Toshkentda faqat shanba va yakshanba kunlari bo‘lishi mumkin. Prezident «vazir respublikaga xizmat qilishini, Toshkentni qorovullab o‘tirmasligini» aytdi.

11 fevral 2021, 12:35

Andijon viloyati IIB boshqarma boshlig‘i hokim o‘rinbosari bo‘ldi

Maxamadjon Nishonov Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bundan avval, u viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari-huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.

11 fevral 2021, 11:47

«Oliy ta’lim muassasasida hammasi isloh bo‘ladi, bizga atigi 3 oy kerak» — Abduqodir Toshqulov

Abduqodir Toshqulov oliy ta’lim muassasalari isloh qilinishi, buning uchun esa uch oy vaqt kerakligini ma’lum qildi. «Umuman oliy ta’lim muassasasida nima yoqmagan bo‘lsa hammasi isloh bo‘ladi», — dedi vazir.

11 fevral 2021, 11:45

Gelenjikdagi «Putin saroyi» ning qurilishida o‘zbeklar ham ishtirok etgan — BBC

BBC Muholifatchi Aleksey Navalnыy surishturividagi «Putin saroyi» qurilishida ishtirok etgan ishchilar bilan suhbat qildi. Saroyning qurilishi shoshilinch bo‘lganligi va unda harbiylar, o‘zbeklar, ruslar qatnashgani aytilmoqda.

11 fevral 2021, 10:33

Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Otabek Tursunov Andijon viloyati hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

11 fevral 2021, 10:16

Yanvarda naqd pul aylanmasi 32,1 trln so‘mni tashkil etdi

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, yanvarda naqd pul aylanmasi 32,1 trln so‘mni tashkil etdi. Bu oyda bank kartalariga jami 15,9 trln soʻmlik mablagʻlar kelib tushgan. Aholi bank kartalaridagi 5,2 trln soʻmlik mablagʻlarni naqdlashtirib olgan.

11 fevral 2021, 09:58

IIV bloger Otabek Sattoriy ishini muhokama qilishda javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirdi

IIV surxondaryolik bloger Otabek Sattoriyning jinoiy ishi bo‘yicha tergovga aralashganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida «ijtimoiy tarmoq faollarini» ogohlantirdi. «Qonun ustuvorligi haqida bong urayotgan ijtimoiy tarmoq faollaridan yurtimiz qonunchiligini hurmat qilishlarini talab qilamiz», dedi IIV matbuot kotibi Shoxrux G‘iyosov.

11 fevral 2021, 09:53

Zoyir Mirzayev Qashqadaryodagi hokimlarga yangi xizmat mashinasi sotib olishni taqiqladi

Zoyir Mirzayev Qashqadaryodagi 15 ta hokim va ularning o‘rinbosarlariga yangi xizmat mashinasi sotib olishni taqiqladi. U faqat yaqinda tayinlangan viloyat hokimi o‘rinbosari Bahrom Yusupovga ruxsat berilganini qo‘shimcha qilgan.

11 fevral 2021, 09:19

Prezident davlat aktivlarini xususiylashtirishni tezlashtirish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident videoselektor yig‘ilishida davlat aktivlarini xususiylashtirishni tezlashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. «Qo‘chqorov, Ortiqovning ish faoliyatiga davlat ulushi mavjud korxonalarni joriy yilda uch baravarga qisqartirish natijalari bo‘yicha baho beriladi», — dedi davlat rahbari.

10 fevral 2021, 22:06

Endilikda prezident topshiriqlarining ijrosi Ijro.gov.uz tizimi orqali nazorat qilinadi

Prezident farmoni bilan hujjatlar va topshiriqlar ijrosini nazorat qilishning yangi tizimi joriy etilmoqda.Adliya vazirligi topshiriqlar va ularning muddatlari, ijrochi mas’ullarni kiritib boradi. Har oyda prezident Administratsiyasi hamda Hukumatga hisobot taqdim etadi. Ijroni o‘z vaqtida ta’minlamagan mansabdorlar jazolanadi.

10 fevral 2021, 20:41

«Aholini koronavirusga qarshi emlash ishlarini boshlash zarur» — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholini koronavirusga qarshi emlash ishlarini boshlash hamda bir oy muddatda birinchi navbatda emlanishi zarur bo‘lgan aholi toifasini belgilab, ularning elektron ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha topshiriq berdi.

10 fevral 2021, 20:26

Jahon yangiliklari dayjesti

Shprits yetishmasligi sababli millionlab yaponiyaliklarning vaksinasiz qolishi mumkinligi, Turkiyaning ikki yil ichida Oyga kosmik kema yuborishi, Bangkokda Myanma xalqini qo‘llab-quvvatlash uchun namoyishlar va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

10 fevral 2021, 19:34 1

Viloyat rahbarlariga 2021 yilda 1,6 mlndan ortiq ish o‘rni yaratish topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston respublikasi va viloyatlar rahbarlariga 2021 yilda 1 million 659 ming kishini ish bilan ta’minlashni buyurdi. Hududlar bo‘yicha taqsimot.

10 fevral 2021, 19:05

Andijonda noqonuniy qurilish tadbirkorning o‘z hisobidan buzilmoqda

Andijon viloyatida 7 qavatli uy qurishga ruxsat olgan tadbirkor yana bir qavat qurib olgani aniqlandi. Noqonuniy qurilish tadbirkor hisobidan buzilmoqda. Bundan tashqari, qurilishdagi texnik nazoratchining qurilish bo‘yicha ma’lumot va tajribasi yo‘qligi, savdo yo‘nalishida faoliyat yuritishi ma’lum bo‘ldi.

10 fevral 2021, 18:52

Uchastka noziri va mahalla raislari majlisga chaqirilmaydi — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Davlat dasturi bo‘yicha yig‘ilishda yana majlisbozlik masalasiga to‘xtalib, hokimlar majlis o‘tkazish uchun bosh vazirdan ruxsat so‘rashi kerakligini qayd etdi. Davlat rahbari majlislarga profilaktika inspektorlari va mahalla raislarini chaqirmaslikni ta’kidladi.

10 fevral 2021, 18:37

Sport vazirligi Turizm qo‘mitasi bilan birlashtiriladi, Aziz Abduhakimov sohaga rahbar bo‘ladi

Prezident raisligidagi yig‘ilishda Sport vazirligi Turizm qo‘mitasi bilan birlashtirilish ma’lum qilindi. Bosh vazir o‘rinbosari, turizm qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov unga rahbar bo‘ladi.

10 fevral 2021, 18:21

MegaFon va USM Telecom O‘zbekiston bozoriga kirmoqda

«USM Telecom» va MegaFon O‘zbekiston hukumati bilan birgalikda Ucell va USM xoldingi o‘zbek aktivlari — CRPT Turon hamda ICS Holding Uzbekistan tarkibiga kiradigan Digital Holding qo‘shma korxonasini tashkil etmoqda.

10 fevral 2021, 17:57

«Davlat dasturini bajarmagan rahbarlar ishdan bo‘shatiladi» — prezident

Prezident Davlat dasturi bo‘yicha yig‘ilishda bosh vazirga topshiriq berib, «har oy davlat dasturini bajarmagan rahbarlarni ishdan bo‘shatishini» aytdi.

10 fevral 2021, 17:26

Bosim o‘tkazilganini aytgan Ekologiya qo‘mitasi matbuot kotibi bo‘shatilganligini ma’lum qildi

Ekologiya qo‘mitasida bir necha hodim lavozimidan ozod qilindi, ular orasida bosim o‘tkazilgani haqida ma’lum qilgan matbuot xizmati rahbari Bunyod Abdullayev ham bor. Qo‘mitaning o‘zi va AOKA rasman ushbu holatga izoh bermadi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting