Yangiliklar

13 yanvar 2021, 14:42 1

To‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzganlik uchun jarima kamaytirilishi mumkin

Avtomobil haydovchilari to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzganligi uchun jarima miqdorini qisqartirish taklif etilmoqda. Takroran sodir etilgan qoidabuzarliklar uchun jarima qo‘llash normalari ham o‘zgartirilishi mumkin.

13 yanvar 2021, 13:58

Telegram foydalanuvchilari soni 500 milliondan oshdi

Co‘nggi 3 kunning o‘zida Telegram orqali butun dunyo bo‘ylab 25 mln foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tdi va faol foydalanuvchilari soni 500 milliondan oshdi

13 yanvar 2021, 13:36

2020 yilda 246 mlrd so‘mlik byudjet kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlandi

Moliya vazirligiga ko‘ra, 2020 yilda 246 mlrd so‘mlik byudjet kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlangan va bu miqdorning 168,8 mlrd so‘mi byudjetga qaytarilgan.

13 yanvar 2021, 12:49

Ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlar endi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘riladi

Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan endilikda ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar ham ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni nazorat tartibida ko‘rish bekor qilinib, apellyatsiya instansiyasi joriy etildi.

13 yanvar 2021, 12:08

Jizzaxda qulagan bino yuzasidan jinoyat ishi ochildi

10 yanvar kuni Jizzax shahrida qulab tushgan bino yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra Jizzax viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

13 yanvar 2021, 10:31

Kattaqo‘rg‘onda uch bola zaharlanishdan vafot etdi (yangilandi)

Samarqand viloyatida bir oilaning barcha a’zolari zaharlandi. Hodisa oqibatida 3 nafar voyaga yetmagan bola vafot etdi.

13 yanvar 2021, 09:52

Nurafshonda harbiy va maxsus texnika ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda

Krantas Group va To‘ytepa metallokonstruksiyalar zavodi Toshkent viloyatida harbiy va maxsus texnika ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Jumladan, yengil zirxli avtomobillar, avtotsisterna, traktorlar, yuk va axlat tashuvchi, qor tozalovchi va boshqa mashinalarni ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Prezidentga taqdimot qilingan loyiha 55 mln dollarga baholanmoqda.

13 yanvar 2021, 09:42

OAV: O‘zbekiston elektr stansiyalaridagi muammolar tufayli Afg‘onistonda elektr taqchilligi yuz berdi

O‘zbekiston elektr stansiyalaridagi «texnik muammolar» tufayli Afg‘onistonga yetkazib berilayotgan energiya quvvati 450 MVtdan 300 MVtgacha tushib ketdi. Afg‘on OAVlari buning natijasida Qobulning katta qismida elektr taqchilligi yuzaga kelganini aytmoqda. Hozirda quvvat 400 MVtgacha tiklandi. Energetika vazirligi shartnomada kelishilgan quvvatning 85 foizi miqdorida yetkazilayotganini tasdiqladi.

13 yanvar 2021, 00:18

Bog‘cha yoshidagi 2,7 mln bolaning qariyb 61 foizi maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan

Respublikada mavjud bolalar bog‘chasiga 2,7 mln bolaning qariyb 61 foizi qatnaydi. 2017-yilda bu ko‘rsatkich 27,7 foiz bo‘lgan. Ular bilan esa jami 116 996 nafar pedagog shug‘ullanadi. Prezident 2023-yilda maktabgacha ta’lim qamrovini 75 foizga yetkazish topshirig‘ini bergan.

12 yanvar 2021, 22:49

O‘zbekistonda islom moliyasiga asoslangan nobank kredit tashkilotlari ochiladi

Markaziy bank islom moliyasi konsepsiyasini o‘z ichiga olgan nobank kredit tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunni qabul qilishni rejalashtirmoqda. Nobank tashkilotlarga ko‘proq xizmatlar ko‘rsatish huquqi beriladi.

12 yanvar 2021, 22:30

Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi

Prezident raisligida o‘tgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Qurolli Kuchlar va harbiy-ma’muriy sektorlar faoliyatining 2020 yilgi sarhisobi va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Oliy bosh qo‘mondon milliy harbiy san’at tarixini chuqur o‘rganib, qo‘shinlarning tayyorgarlik usul va uslublarini yanada takomillashtirish vazifasi qo‘ydi.

12 yanvar 2021, 21:33

Hududlarning huquq ustuvorligi indeksi joriy etiladi

Davlat rahbarining hududlarning huquq ustuvorligi indeksini joriy etishga oid qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, indeksni aks ettiruvchi 32 ta indikator hamda 182 ta mezon belgilab berilmoqda. Indeksni aniqlash natijalari har yili 1-mayga qadar aniqlanadi va OAVda e’lon qilinadi.

12 yanvar 2021, 17:55

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha agentlik tashkil etish taklif etildi

Qonunchilik palatasi tomonidan xotin-qizlar masalalari bo‘yicha agentlik tashkil etish bo‘yicha taklifi kiritildi. Shuningdek, davlat va jamoat tashkilotlarida salohiyatli ayollarni rahbarlik lavozimiga tayinlash buyicha kvotalash tartibi masalasi ham ko‘rib chikildi.

12 yanvar 2021, 17:54

O‘zbekistonda farzand asrab olishi mumkin bo‘lgan shaxslar ro‘yxati o‘zgartiriladi

Jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasiga ko‘ra, muqaddam qasddan jinoyat sodir etgan shaxslar tomonidan farzandlikka olishni taqiqlash tizimini ijtimoiy xavfliligiga qarab belgilash ko‘zda tutilmoqda.

12 yanvar 2021, 17:40

Abdukarim Mirzayev qo‘yib yuborildi

Turkiya politsiyasi tomonidan shubhali shaxslar bilan telefon orqali muloqotda bo‘lganlikda gumon qilinib qo‘lga olingan taniqli jurnalist Abdukarim Mirzayev qo‘yib yuborildi. Unga nisbatan ilgari surilgan barcha gumonlar tasdig‘ini topmadi.

12 yanvar 2021, 17:12

Eski namunadagi qog‘oz pul va tangalarni almashtirish muddati 2022 yil 1 yanvargacha uzaytirildi

Eski namudagi banktnotalar va tangalarni amaldagi pul belgilariga almashtirib berishning oxirgi muddati 2022 yil 1 yanvar etib belgilandi.

12 yanvar 2021, 17:11

«Mening umuman aloqam yo‘q» — «Barakali qorako‘l chorvador» rahbari Jizzaxdagi uy qulashi haqida

«Barakali qorako‘l chorvador» fermer xo‘jaligi rahbari Jizzaxda qulab tushgan 6 qavatli uyning egasi ekanligi haqidagi xabarlarni rad etdi. «Qurilish qilolmayman, deb ko‘chmas mulkni sotganman. Men uni begonalashtirdim, keyin umuman aralashmadim», — dedi fermer.

12 yanvar 2021, 16:07

Olis hududlardagi ishga jalb qilingan malakali mutaxassislarga qo‘shimcha to‘lovlar ajratiladi

Yetib olish qiyin bo‘lgan hududlarda joylashgan byudjet tashkilotlari va tibbiyot muassasalariga malakali mutaxassislarni jalb qilish uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi.

12 yanvar 2021, 14:58

IIV sobiq xodimasi oradan 8 yil o‘tib, lavozimiga tiklandi

IIV sobiq xodimasi Xurshida Djalilova 2012-yilda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansub emasligi xulosasi bilan ishdan bo‘shatilgan. Ombudsman Oliy sud ishga tiklash bo‘yicha ajrim chiqargan bo‘lsada, nima sababdan ijrosi ta’minlanmagani bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi. Uning natijasida IIV sobiq xodimasi 8 yil o‘tib, lavozimiga qayta tiklanishiga erishildi.

12 yanvar 2021, 14:23

Janubiy Koreya O‘zbekiston bilan Erkin savdo shartnomasini tuzishni tezlashtiradi

Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In mamlakat O‘zbekiston bilan Erkin savdo shartnomasini tuzishni tezlashtirishini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting