Yangiliklar

16 avgust 2021, 15:22

Sud Jahongir Otajonovni ogohlantirish bilan kifoyalandi

Sud majlisida qo‘shiqchi Jahongir Otajonov IIB xodimlarini haqorat qilganini tan oldi va qilgan ishidan pushanmon ekanligini bildirdi. Shuni hisobga olgan holda sud uni javobgarlikdan ozod qilib, ogohlantirish bilan cheklandi.

16 avgust 2021, 14:32

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hududlarni rivojlantirishga ko‘maklashadi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hududlarni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha biznes-tahlil va tavsiyalar tayyorlaydi. Beshta viloyatda markaz filiallari ochiladi.

16 avgust 2021, 13:49

Prezident Usmonxon Alimov oilasiga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev 71 yoshida olamdan o‘tgan muftiy Usmonxon Alimovning xonadoniga tashrif buyurib, uning yaqinlariga ta’ziya izxor etdi. «Hammamiz uchun katta yo‘qotish bo‘ldi. Ulug‘ inson edilar», — dedi prezident.

16 avgust 2021, 13:12

Ertaga “Yangi O‘zbekiston” gazetasida Shavkat Mirziyoyevning intervyusi chop etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning mahalliy ommaviy axborot vositalariga bergan birinchi intervyusi 17 avgust kuni “Yangi O‘zbekiston” gazetasida e’lon qilinadi.

16 avgust 2021, 13:09

BMT muhtoj bo‘lgan barcha afg‘onlarga gumanitar yordam ko‘rsatishga tayyorligini ma’lum qildi

BMT bosh kotibi Antoniu Gutterish Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha munosabat bildirib, gumanitar yordam yetkazib berish imkoniyatini ta’minlash uchun tomonlarni «maksimal darajada bosiq bo‘lishga» chaqirdi. Shuningdek, bosh kotib ayollar va qizlarning kelajagidan xavotirda ekanligi ta’kidladi. Dushanba kuni Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha BMT Xavfsizlik Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi o‘tkaziladi.

16 avgust 2021, 12:57

Surxondaryoda Afg‘onistonning farqlash belgilari bo‘lgan samolyot qulab tushdi

Xabarlarga ko‘ra, Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida Afg‘oniston farqlash belgilari bo‘lgan samolyot qulab tushdi. Hozircha rasmiy izohlar bo‘lmadi.

16 avgust 2021, 12:42

Hafta davomida havo harorati ko‘tarilishi kutilmoqda

Hafta boshida respublika bo‘ylab salqin ob-havo saqlanib turadi. Chorshanba kuni Eron hududlaridan nisbatan issiq ob-havo kirib keladi. Havo harorati haftaning oxiriga kelib, kechalari +18…+20 darajagacha, kunduz kunlari +36…+38 darajagacha ko‘tariladi.

16 avgust 2021, 12:13

«Tolibon» mamlakatda «urush yakunlanganini» e’lon qildi

«Tolibon» harakati vakillari Al-Jazeera telekanali efirida «Afg‘onistonda urush tuguganligi» haqida e’lon qildi. Shuningdek, ular «harakat har bir qadamini mas’uliyat bilan bosishini va barcha tomonlar bilan tinch munosabatlarni saqlash niyatida» ekanligini ta’kidlashmoqda. Toliblar boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmasligini qayd etdi.

16 avgust 2021, 11:28

60 dan ortiq mamlakatlar Afg‘onistonni tark etmoqchi bo‘lganlarga imkon berishga chaqirdi

60 dan ortiq mamlakatlar qo‘shma bayonot bilan chiqib, chet elliklar va mamlakatni tark etmoqchi bo‘lgan afg‘on fuqarolarini xavfsiz chiqib ketishini ta’minlashga chaqirdi.

16 avgust 2021, 10:16

15 avgust kuni O‘zbekistonda 877 kishida koronavirus aniqlandi

Kecha kun davomida O‘zbekistonda 877 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 5 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, yakshanba kuni 479 kishida pnevmoniya qayd etildi, 3 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.

16 avgust 2021, 09:58

Olmaliqda 49 kishi muzqaymoqdan zaharlandi

Olmaliq shahrida 36 kishi muzqaymoqdan zaharlanib, shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Ulardan 31 nafariga ruhsat berilib, besh nafarining ahvoli o‘rtacha deb baholanmoqda. Bundan tashqari, huddi shu tashxis bilan yana 1Z nafar bemor tibbiyot birlashmasiga yotqizilgani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

16 avgust 2021, 08:42

Koson tumani hokimligi panjaralari viloyat hokimi tanqididan so‘ng olib tashlandi

Koson tumani hokimligi panjaralari Qashqardayo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tanqididan so‘ng olib tashlandi. Tuman ma’muriyati fuqarolar bilan ishlashda ochiqlik va oshkoralikka doim amal qilinishi, hokimlik xalq bilan o‘rtadagi har qanday to‘siqni olib tashlash tarafdori ekanini ma’lum qildi.

16 avgust 2021, 00:47

Ashraf G‘ani Afg‘onistonni tark etdi. Toliblar mamlakatda Islom amirligini tuzmoqchi

Ashraf G‘ani qon to‘kilishining oldini olish maqsadida Afg‘onistonni tark etdi. OAVlar xabariga ko‘ra, davlat rahbari Tojikiston orqali Ummonga yetib borgan. Biroq, New York Times u ayoli va ikki nafar yordamchisi bilan O‘zbekistonga yo‘l olganiga ishontirmoqda. Prezident saroyini qo‘lga kiritgan «Tolibon» harakati a’zolari esa Afg‘oniston Islom amirligi tuzilganini e’lon qilishni ko‘zlayapti.

15 avgust 2021, 21:43

Prezident Usmonxon Alimov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston prezidenti muftiy Usmonxon Alimov vafoti munosabati bilan ta’ziya izxor etdi. «Kamtarin va samimiy inson Usmonxon Alimovning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi», — deyiladi xabarda.

15 avgust 2021, 19:43

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildilar

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali muloqotda Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanish tafsilotlarini muhokama qildilar.

15 avgust 2021, 18:12

Toliblar Kobulga kirdi. Afg‘oniston prezidentining iste’fosi kutilmoqda

«Tolibon» harakati a’zolari Kobulga kirdi. OAV Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani iste’foga chiqishi ehtimoli haqida xabar qilmoqda. Afg‘oniston TIV rahbari hokimiyatning tinch yo‘l bilan o‘tishini ma’lum qildi.

15 avgust 2021, 13:22

O‘zbekistonning Kobuldagi elchixonasi va Mozori Sharifdagi konsulligi faoliyatini davom ettirmoqda — TIV

O‘zbekistonning Kobuldagi elchixonasi va Mozori Sharifdagi konsulligi faoliyatini davom ettirmoqda hamda xodimlar hali evakuatsiya qilingani yo‘q. “Termiz-Hayraton” ko‘prigi atrofidagi vaziyat esa butunlay barqarorlashgan.

15 avgust 2021, 12:43

Qanday holatlarda koronavirusga qarshi emlanish tavsiya etilmaydi?

Koronavirusga qarshi emlash jarayonida ayrim holatlarda vaksina olish bo‘yicha tibbiy cheklovlar bo‘lishi mumkin. Qaysi holatlarda koronavirusga qarshi vaksina olish tavsiya etilmaydi? Boshqa turdagi vaksina olganlar qancha vaqtdan keyin koronavirusga qarshi emlanishi mumkin? Ushbu savollarga Sanitariya-epidemiologik xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov javob berdi.

15 avgust 2021, 11:53

Muftiy Usmonxon Alimov vafot etdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov 71 yoshida vafot etdi. Avvalroq, uning Moskvada davolanayotgani ma’lum qilingan edi.

15 avgust 2021, 11:12

Termiz-Hayraton ko‘prigi hududida vaziyat yumshadi — TIV

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Termiz-Hayraton ko‘prigi hududida vaziyat yumshaganini ma’lum qildi. Ko‘prikning Afg‘oniston qismida to‘plangan Afg‘oniston fuqarolarining asosiy qismi ko‘prikni va unga tutash hududni mustaqil ravishda tark etgan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting