Yangiliklar

16 fevral 2021, 17:26

O‘zbekistonda FETO’ning ikki a’zosi turk razvedkasi tomonidan qo‘lga olindi

Muxolifatchi Fathulloh Gulen tashkilotining (FETO) ning ikki a’zosi O‘zbekiston hududida qo‘lga olindi. Ular Iroq va Suriyadagi terrorchi tashkilotlarga ko‘maklashib kelgani aytilmoqda.

16 fevral 2021, 17:14

Toshkent aholisining murojaatlarini qabul qiluvchi xizmat ishga tushirildi

Toshkent shahar hokimligi shahar infratuzilmasi, uy-joy kommunal xo‘jaligi va obodonlashtirish kabi bir qator muammolar bo‘yicha murojaatlarni qabul qiluvchi Xalq nazorati nomli xizmatni ishga tushirdi.

16 fevral 2021, 16:38

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 13 so‘mga arzonladi va jami 10 527 so‘m etib belgilandi. Rubl kursi ham biroz pasaydi, yevro esa ko‘tarildi.

16 fevral 2021, 16:13

Davron Hidoyatov — Toshkent viloyatida aniqlangan muammolar va vazifalar xaqida

Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov bir hafta ichida viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari elektron hujjat aylanish tizimiga to‘liq o‘tkazilishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, ikki yil ichida viloyatda bog‘cha yoshidagi bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi 100 foizga yetkazilishi rejalashtirilgan. Hokimlikdagi yig‘ilish davomida Davron Hidoyatov viloyatdagi muammolar va ularni yechish bo‘yicha vazifalarga batafsil to‘xtaldi.

16 fevral 2021, 16:09

Shotlandiya yana Buyuk Britaniya tarkibidan chiqish masalasini ko‘rib chiqmoqchi

Shotlandiya hukumati Buyuk Britaniya tarkibidan chiqish masalasi bo‘yicha so‘nggi yetti yil ichida ikkinchi bor referendum o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Mustaqillik uchun birinchi referendum 2014 yil o‘tkazilgan, unda 55% shotlandiyaliklar Buyuk Britaniya tarkibida qolish tarafdorlari sifatida ovoz berishgan.

16 fevral 2021, 15:46

Makro O‘zbekistonda elektromobillarning birinchi bekatlar tarmog‘ini qurishni boshladi

Makro AC, CCS va CHAdeMO larning 30 ta quvvatlantirish bekatlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bekatlar nafaqat poytaxtda, balki boshqa shaharlardagi supermarketlar oldida ham o‘rnatiladi.

16 fevral 2021, 14:59

Jalaquduq va Jondor tumanlarida yer olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Jalaquduqda o‘zini “kadastr” xodimi deb tanishtirgan shaxs mahalladan yer olib berishni, Jondorda esa kadastr mutaxassisi boshqa bir fuqaroga yer maydonini dehqon xo‘jaligi nomiga rasmiylashtirishni va’da qiladi. Ushbu shaxslar har ikki holatda ham o‘z xizmati evaziga kelishilgan mablag‘ni olayotganida qo‘lga tushadi.

16 fevral 2021, 13:09

Do‘stlik tumaniga yangi hokim tayinlandi

Shavkat Darvishev Do‘stlik tumani hokimi vazifasiga tayinlandi. Ushbu tayinlovdan avval, u Jizzax viloyati Moliya bosh boshqarmasi rahbari bo‘lgan.

16 fevral 2021, 12:57

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yana kamayishni boshladi

1 fevral holati bo‘yicha O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 34,3 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Xalqaro zaxiralarning kamayishiga xorijiy valyutadagi aktivlarning 700 mln dollar miqdorda kamayishi sabab bo‘lgan. Oltin zaxiralari 0,3 mln unsiyaga oshgan.

16 fevral 2021, 12:47

SpaceX kompaniyasi Starlink sun’iy yo‘ldoshlarining navbatdagi guruhini uchirdi

SpaceX Falcon 9 raketasi yordamida 60 ta ushbu turdagi sputniklarni fazoga uchirdi. Kompaniya Yer yuzini internet bilan ta’minlaydigan Starlink sun’iy yo‘ldoshlari tizimini yaratish maqsadini o‘z oldiga qo‘ygan.

16 fevral 2021, 12:32

Abdulaziz Kamilov Markaziy Osiyo mamlakatlariga amaliy tashrif bilan boradi

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Tojikiston, Turkmaniston va Qozog‘iston Respublikasiga tashrif buyurib, 3 mamlakatning tashqi siyosiy mahkamalari rahbarlari bilan uchrashadi.

16 fevral 2021, 12:22

Nukusda fuqaroni ichki ishlar tizimiga ishga kiritishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura, DXX va IIV tomonidan Nukusda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaroni ichki ishlar tizimiga ishga kiritishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi, 28-moddasi, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

16 fevral 2021, 11:38

Sardoba suv ombori qayta quriladi

Qurilish vazirligi boshqarma boshlig‘i Nasrullo Boboyevning xabar berishicha, Sardoba suv omborini qayta tiklash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining yopiq qarori qabul qilingan va izlanishlar yakunlangach, to‘g‘onni tiklash ishlarini ikki bosqichda amalga oshirish rejalashtirilgan.

16 fevral 2021, 11:34

Tadbirkorni o‘ldirib, uning murdasini maydalab ko‘mgan shaxs 25 yilga qamaldi

Toshkent shahrida 3 nafar fuqaro tadbirkorni aldov yo‘li bilan uyiga olib kelib, do‘pposlab, ma’lum bir vaqt ushlab turishgan. Tadbirkorni qo‘yib yuborish uchun uning yaqinlaridan 29 ming dollar pul olishiga qaramay, yana pul talab kilingan. Rad javobini olgan jinoyatchi tadbirkorni o‘ldirib, murdasini bo‘laklab ko‘mgan. Tadbirkorning qotili 25 yilga, uning jinoiy sheriklari esa 15 va 13 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

16 fevral 2021, 11:08

Aholining zaif qatlamlari koronavirusga qarshi bepul emlanadi

Xitoy vaksinasining O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan klinik sinovlarining dastlabki natijalariga ko‘ra, emlanganlar orasida 1-darajali nojo‘ya ta’sirlar 0,3% ni tashkil qildi. Vaksinadan favqulodda foydalanish uchun ruxsat berilsa, vaksina yaratilishida hamkor tomon sifatida O‘zbekistonga vaksina imtiyozli narxlarda yetkazib beriladi.

15 fevral 2021, 23:51

Prezidentga Jizzaxda amalga oshiriladigan 515 ta loyiha haqida ma’lumot berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilda Jizzax viloyatida amalga oshiriladigan 515 ta loyiha haqida ma’lumot taqdim etildi. Loyihalarning umumiy qiymati 35,5 trln so‘m bo‘lib, ular natijasida yiliga 25 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi aytildi.

15 fevral 2021, 20:42

Jahon yangiliklari dayjesti

Navbatdan oldin emlangan Peru tashqi ishlar vazirining iste’fosi, Qirg‘iziston prezidentining Rossiyaga tashrifi arafasida o‘z-o‘zini yakkalagani, Tesla’ning Hindistonda zavod ochayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

15 fevral 2021, 20:27

Namanganda fuqarolarni Rossiyaga soxta hujjatlar bilan jo‘natishga urinishdi

Bosh prokuratura va DXX Namanganda fuqarolarni Rossiyaga soxta hujjatlar bilan jo‘natishga uringan shaxslarni qo‘lga oldi. Ular karantin davrida Federatsiyaga kirish taqiqlanganidan foydalanib, ikki kishini davolanish uchun hujjatlarni soxtalashtirib, yubormoqchi bo‘lgan.

15 fevral 2021, 19:44

O‘zbekistonda mitinglar o‘tkazish SSSR qonunlari bilan tartibga solinmaydi — adliya vaziri

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov O‘zbekistonda yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari va namoyishlarni tashkil etish SSSR Oliy Kengashi Prezidiumi farmoni bilan tartibga solinishi haqidagi ma’lumotlarni rad etdi. Shunga qaramasdan u bu borada qonunbuzarlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik mavjud bo‘lsa-da, mitinglarni tashkil etish tartibi belgilanmaganini tan oldi.

15 fevral 2021, 19:32

Uzoq muddatga cho‘zilayotgan COVID-19 holatlari kuzatilmoqda va ularni o‘rganish lozim — JSST

JSST mutaxassislariga ko‘ra, COVID-19'ning og‘ir ko‘rinishini boshdan o‘tkazgan bemorlar 3−6 oygacha o‘zini yomon his qilishlari mumkin. Bunday uzoq muddatga cho‘zilgan kasallanish jarayoni holsizlikka, fikrlash qobiliyati, hotiraning susayishiga olib kelishi mumkinligi aytilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting